Leksikologiya tushunchasi va unda so‘zning mohiyati


Download 147.54 Kb.
bet4/9
Sana07.03.2023
Hajmi147.54 Kb.
#1244773
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek va turkiy tillarda leksik xususiyatlari

Ozarbayjonlar – Kavkazda yashovchi turkiy xalqlarning biri bo‘lib, ular Ozarbayjon Respublikasining tub aholisini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Gruziya, Armaniston, Dog‘iston hamda 7 mln. ozarbayjon Eronning shimolida, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham istiqomat qiladilar. Ozarbayjonlarning umumiy soni 13 mln. Dini – musulmon (shiytlar).
Ozarbayjonlarning kelib chiqishida eramizgacha bo‘lgan IV asrdagi Janubiy Ozarbayjonda tuzilgan kichik Midiya yoki Atropatena mamlakati aholisi va Ozarbayjonning shimolida paydo bo‘lgan alban qabilasi urug‘i, keyinchalik esa Kavkaz Albaniyasining mahalliy aholisi tarkibiy qism rolini o‘tagan. So‘ngra bu yerlarga har xil eroniy (kimmeriylar, skiflar) va turkiy qabilalar (xunlar, bulg‘orlar, xazarlar, pecheneglar) kelib, mahalliy aholi bilan chatishadi. Shundan keyingi davrlarda (XI–XIII asrlar) turkiy qabilalar (ayniqsa, o‘g‘uz-saljuqlar) ko‘plab kelib, ular ozarbayjon xalqining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.


1.1. Leksikologiya tushunchasi va unda so‘zning mohiyati
Ma’lumki, yer yuzida yashovchi dunyo xalqlari xilma – xil tillarda gaplashishadi. Kurrai zaminimizda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva mavjud bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Mana shu o‘rganilgan tillarning barchasi leksikologik jihatdan ham o‘rganiladi. Leksikologiya nima? Leksikologiya (leksika va… logiya) – tilshunoslikning til lug‘at tarkibi, ya’ni muayyan bir tilning leksikasini o‘rganuvchi bo‘lim bo‘lib, uning fandagi vazifasi so‘zni yolg‘iz holda emas, balki boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Leksikologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya, yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda so‘z yasalishi haqidagi ta’limot kabi sohalari bilan chambarchas bog‘liq. Leksikologiyada so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro bog‘langan, ya’ni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, soz’ ma’nolarining erkin yoki bog‘liq holda bo‘lishi kabi masalalari ham o‘rganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida ko‘rilganda, so‘z ma’nolari va tushunchalarning o‘zaro bog‘liq holda bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Leksikologiya lug‘at tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, so‘zlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, “so‘zlashuv va adabiy tillarda foydalanish me’yorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan so‘z birikmalarini me’yorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi”.

Download 147.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling