Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
28 
library.ziyonet.uz/ 
 
Gulsari xoʻjayinining kayfi shunday chogʻ boʻlishini sevar, bu juvonni ham oʻzicha 
yaxshi koʻrar edi. U juvonni qaddi-qomatidan, qadam tashlashidan tanirdi, hatto undan 
tarqaluvchi notanish oʻtning qandaydir gʻalati hidini sezgirlik bilan payqab olardi. Bu – 
qalampir munchoq edi. U qalampir munchoqdan marjon taqib yurardi. 
 
– Koʻryapsanmi, u seni naqadar yaxshi koʻradi, Bibijon, – derdi juvonga Tanaboy. – 
Qani, silab-siypachi, yana bir silab-siypa. Ho, quloqlarini solintirib yubordi-yu! 
Buzoqning xuddi oʻzginasi-ya. Yilqilarga esa uning dastidan kun yoʻq. Erkiga qoʻyib 
bersang bas. Aygʻirlar bilan xuddi itday tishlashadi. Shuning uchun ham uni minib 
yuribman, mayib qilib qoʻyishmasin, deb qoʻrqaman. Hali yosh. 
 
– U-ku sevadi-ya, – xayolini band qilgan bir nima haqda oʻylab turib javob berdi juvon. 
 
– Boshqalar sevmaydi, demoqchimisan? 
 
– Men boshqa narsani gapiryapman. Bizning sevishadigan vaqtimiz oʻtib ketdi. Senga 
achinaman. 
 
– Nega endi? 
 
– Sen unaqa odam emassan, keyin qiyin boʻladi senga. 
 
– Senga-chi? 
 
– Menga nima? Men bevaman, soldat xotiniman. Sen boʻlsang... 
 
– Men boʻlsam taftish komissiyasining a’zosiman. Mana, seni uchratib qoldimu, u-bu 
faktlarni surishtirib olyapman, – hazil qilishga urinib koʻrdi Tanaboy. 
 
– Negadir sen faktlarni tez-tez surishtiradigan boʻlib qolding. Hushyor boʻl. 
 
– Men nima qilibman? Men ham yoʻlimda ketayotgandim, sen ham... 
 
– Men oʻz yoʻlim bilan ketayapman. Bizning yoʻlimiz bir emas. Xoʻsh, xayr. Vaqtim 
yoʻq. 
 
– Quloq sol, Bibijon! 
 
– Xoʻsh, nima? Kerakmas, Tanaboy. Nima keragi bor? Aqlli odamsan-ku, axir. Sensiz 
ham yuragim siqilib yuribdi. 
 
– Nima, men senga dushmanmanmi? – Sen oʻzingga dushmansan. 
 
– Bu nima deganing? 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling