Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 77 library.ziyonet.uz/ uni soʻkkanlaridandir. Epchillik, ustalik qilishga oʻrganib qolganga oʻxshaydi... «Hap sanimi, toʻxtab tur, doʻstim, bir kunmas bir kun yuzma-yuz kelganda eslatib qoʻyaman men senga...» – oʻylardi Tanaboy poʻstiniga yaxshiroq oʻralar ekan. Sovuq shamol urib turibdi, uygacha hali uzoq. U yoqda nimalar kutayotganikin uni?.. * * * Choro yoʻrgʻa otda yolgʻiz joʻnadi. Hamrohlarini kutib oʻtirmadi. Uyga tezroq yetib olgisi kelar, yuragi ogʻriy boshlagandi. Otni oʻz holiga qoʻyib berdi, u kun boʻyi dam olganidan endi bir tekis yelib borardi. Yurgizilgan mashina singari bir maromda tuyoqlarini taqillatib ketayotgandi. Avvalgi hamma narsasidan unda faqat chopish ishtiyoqigina qolgandi. Boshqa hamma narsa unda allaqachon oʻlgan edi. U faqat egaru yoʻlnigina bilsin uchun qolgan hamma fazilatlarini yoʻqotishgandi. Gulsari chopish bilan tirik edi. Goʻyo odamlar tortib olgan narsalarga yetib olmoqchiday, vijdonan, hormay- tolmay chopardi. Chopardi-yu, lekin yetib ololmasdi. Shamolda Choro bir oz yengil tortdi. Yuragidagi ogʻriq oʻtib ketdi. U kengashdan umuman mamnun edi, ayniqsa, obkom sekretarining chiqishi juda yoqdi, u haqda koʻp eshitgan boʻlsa ham birinchi marta koʻrishi edi. Shunday boʻlsa ham partorg oʻzini noqulay sezardi. Koʻngli gʻash edi. Axir u Tanaboyga yaxshilik qilmoqchi edi. Axir u bunday kengashlar, majlislar va yigʻilishlarda qatnashaverib pixi qayrilgan qayerda nima gapirish keragu, nima kerak emasligini bilardi. Tajribasi bor edi. Tanaboy esa garchand quloq solgan boʻlsa ham, buni tushunishni xohlamadi. Kengashdan soʻng unga bir ogʻiz ham soʻz aytmadi. Mashinaga oʻtirdi-yu, teskari oʻgirilib oldi. Xafa boʻlibdi. Eh, Tanaboy, Tanaboy! Soddasan, hayot seni hech narsaga oʻrgatmabdi. Sen hech narsani bilmaysan ham, payqamaysan ham. Yoshligingda qanday boʻlsang, shundayligingcha qolibsan. Hamma narsani shartta-shartta qilsang. Zamon hozir boshqacha. Endi hammasidan muhimi, qanday gapirishni, kimning oldida nima gapirishni bilish, soʻzing barcha odamlarniki singari zamon ruhida jaranglashi, ajralib turmasligi, yozilganday silliq boʻlishi kerak. Shunda hamma narsa joyida boʻladi. Seni, Tanaboy, koʻnglingning koʻchasiga qoʻyib yuborsang bormi, hamma narsani agʻdar-toʻntar qilib tashlaysan, yana javob berishga ham toʻgʻri keladi. «Oʻz tashkilotingiz a’zolarini siz qanday tarbiyalamoqdasiz? Bu qanaqa tartib-intizom? Bu qanaqa boshboshdoqlik?» Eh, Tanaboy, Tanaboy... XIV Hamon oʻsha tun, ular ikkisi yoʻlda. Qari odam va qari ot. Jarlik yoqasida gulxan yonmoqda. Tanaboy oʻrnidan turadi, jon berayotgan Gulsari ustiga yopgan poʻstinini nechanchi bor toʻgʻrilab qoʻyadi. Yana uning bosh tomoniga oʻtiradi. U xayolan butun umrini birma-bir nazardan oʻtkazadi. Saman otning chopishidek tez oʻtgan yillar, yillar, yillar. Oʻshanda u qoʻylarga choʻpon boʻlib borgan oʻsha yili, oʻsha kech kuzda, oʻsha erta qishda nima boʻlgandi?.. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling