Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53

2-kazus 

Sudda  jabrlanuvchi  Kimsanov  shaxsiy  hayotiga  oid  ma’lumotlarni, 

sha’ni, qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar oshkor bo‘lmasligi uchun 

ishni  yopiq  sud  majlisida  ko‘rib  chiqishni  so‘rab  sudga  murojaat  qiladi. 

Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  tuman  sudi  jabrlanuvchining  iltimosini 

qanoatlantirmaydi.  

Sudning harakatlari to‘g‘rimi? Tegishli qonun normalariga havola 

qilib muhokama qiling. 


79 

 

   



MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

1.  MDH  davlatlarida  va  boshqa  xorijiy  davlatlarda  jinoyat  protsessi 

asosiy prinsiplarini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2.  Xorijiy  davlatlarda  odil  sudlovni  amalga  oshirishda  jamoatchilik 

ishtirokining shakllarini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

3.  Turli  davlatlarda  sudyalar  mustaqilligining  kafolatlarini  ko‘rib 

chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 


80 

 

III BOB. JINOYAT PROTSESSINING ISHTIROKCHILARI 



 

(Mualliflar – –yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.Tulaganova, yuridik 

fanlar nomzodi, dotsent Sh.F.Fayziev, yuridik fanlar nomzodi, dotsent D.B. 

Bazarova) 

 

Annotatsiya:  Talabalar  uchun  mazkur  mavzu  o‘rganilishi  jinoyat 

protsessi  ishtirokchilari  tushunchasi  va  ularning  klassifikatsiyasi;  jinoyat 

ishlari yurituvida mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar; 

jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar va 

ularning vakillari, jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan 

shaxslarning  huquqiy  holati;  shuningdek  jinoyat  protsessida  ishtirok 

etayotgan  boshqa  shaxslarning  protsessual  maqomi  haqida  ma’lumot 

olishga imkon beradi. 

3.1. Jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi 

 va ularning tasniflanishi 

Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya’ni o‘z 

faoliyat  yo‘nalishini  ifoda  etuvchi  xizmat  burchini  o‘taydi.  Ushbu 

funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan 

vazifalarga va ularning muhofaza qilinadigan manfaatlariga bog‘liq holda 

belgilanadi.  



 

 

 

 

 

 

 

 

Amaldagi  jinoyat  protsessual  qonunchilikka  ko‘ra  jinoyat  sudlov 

ishlarini yuritish ishtirokchilarini quyidagicha tasniflanadi. 

1.  Jinoyat  ishini  yuritishga  mas’ul  bo‘lgan  davlat  organlari  va 

mansabdor  shaxslar:  a)  sud  (28-modda);  b)  prokuror  (33-modda);  v) 

tergovchi (35-modda); g) tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi 

boshlig‘i  va  uning  o‘rinbosari  (37-modda);  d)  surishtiruv  organlari  (38-

modda); 


2. Jinoyat protsessida o‘z moddiy,  ma’naviy va shaxsiy manfaatlarini 

himoya  qiladigan  ishtirokchilar:  a)  ayblanuvchi  (45-modda);  b)  gumon 

qilinuvchi (46-modda); v) jabrlanuvchi (54-modda); g) fuqaroviy da’vogar 

Jinoyat  protsessi  ishtirokchilari  deb,  jinoyat  sudlov  ishlarini 

yuritishda  qonun  bilan  belgilangan  tartibda  muayyan  bir  funksiyani 

bajarishga  yo‘naltirilgan  va  qonun  bilan  tegishli  huquq  va 

majburiyatlarga  ega  bo‘lgan  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar  va 

fuqarolarga aytiladi. 

 


81 

 

(56-modda); d) fuqaroviy javobgar (58-modda); 



3.  O‘zgalar  manfaatini  himoya  qiladigan  ishtirokchilar:  a)  himoyachi 

(49-modda); b) guvoh advokati (66

1

-modda); v) qonuniy vakil (60-modda); 



g) vakillar (62-modda).  

4.  Jamoatchilik  nomidan  ishtirok  etuvchi:  a)  jamoat  birlashmalari, 

jamoalar  va  ularning  vakillari  (40-41-moddalar);  b)  jamoat  ayblovchilari 

(43-modda); v) jamoat himoyachilari (44-modda).  

5. Jinoyat sudlov ishlarini samaradorligini oshirishga yordam beruvchi 

ishtirokchilar:  a)  guvoh  (65-modda);  b)  ekspert  (67-modda);  v)  tarjimon 

(71-modda); g) xolis (73-modda); d) mutaxassis (69-modda); ye) sud kotibi 

(32-modda). 

Umuman  olganda,  jinoyat  protsessi  ishtirokchilari  o‘z  vakolat 

doiralarida  jinoyat  ishlari  yurituvi  faoliyatini  aniq  va  o‘z  vaqtida 

bajarilishiga xizmat qiladilar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Jinoyat  protsessining  ishtirokchilari  ularga  qo‘yilgan 

vazifalarga,  muhofaza  qiladigan 

yoki  qilinadigan 

manfaatlariga  ko‘ra  quyidagi  guruhlarga  bo‘lib, 

tasniflanadi. 

 

TASNIFI 



Jinoyat ishini 

yuritishga mas'ul 

bo‘lgan davlat 

organlari va 

mansabdor shaxslar 

Jinoyat ishini 

yuritishda 

ishtirok 

etuvchi 

jamoat 

birlashmalari, 

jamoalar va 

ularning 

vakillari 

Jinoyat protsessida 

o‘z manfaatlarini 

himoya qiladigan 

shaxsla

Jinoyat 

protsessida 

ishtirok 

etuvchi 

boshqa

 

 Sudya 


 Xalq maslahatchilari 

 Sud majlisi kotibi 

 Prokuror 

 Tergovchi 

 Tergov  boshqarmasi 

bo’limi, 

bo’linmasi, 

guruhning  boshlig‘i  va 

uning o’rinbosari: 

 Surishtiruv organlari 

 Surishtiruv  organi 

boshlig‘i 

va 

surishtiruvchi 



 Jamoat 

ayblovchisi 

 Jamoat 

himoyachisi 

 Аyblanuvchi 

 Gumon qilinuvchi 

 Sudlanuvchi 

 Jabrlanuvchi 

 Fuqaroviy 

da’vogar 

 Fuqaroviy 

javobgar 

 Guvoh 

 Ekspert 

 Mutaxassis 

 Tarjimon 

Xolis


 

Jinoyat 

protsessida 

o‘zgalar 

manfaatlarini 

himoya 

qiladigan 

shaxslar 

 Himoyachi 

 Qonuniy vakil 

 Vakil 


82 

 

3.2. Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan  



davlat organlari va mansabdor shaxslar 

 

Jinoyat ishlari yurituviga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor 



shaxslar ichida sud markaziy o‘ringa ega subyektdir. Zero, aynan sud odil 

sudlov  funksiyasini  amalga  oshirib,  jinoyat  hodisasi  yuzasidan  yakuniy 

qarorni qabul qiladi. 

Bugungi  kunda  sud-huquq  islohotlari  jarayonida  ishlarni  sudda 

ko‘rishning  bir  muncha  takomillashtirilgan  protsessual  tartibi  joriy  etildi, 

sud  kadrlarini  tanlash  va  lavozimga  tayinlash  borasida  ancha  samarali 

tizimga asos solindi, sud oldida protsess ishtirokchilarining tengligi qonun 

bilan mustahkamlandi.  

O‘zbekiston  Respublikasida  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  odil  sudlovni 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat 

ishlari  bo‘yicha  Oliy  sudi,  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  viloyatlar,  Toshkent 

shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi. 

Sudlarda  ishlar  hay’at  hamda  yakka  tartibda  ko‘riladi.  Jinoyat  ishini 

ko‘rib  chiqishda  sudning  tarkibida  saylangan  va  tayinlangan  sudyalar  va 

xalq maslahatchilari ishtirok etadilar. 

Birinchi  instansiya  sudi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  hukm  yoki  ajrim  chiqarish 

huquqiga  ega.  Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  birinchi  instansiya  sudining 

qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat 

va  protestlar  bo‘yicha  ishlarni  ko‘rib,  ajrim  chiqaradi.  Kassatsiya 

instansiyasi  sudi  birinchi  instansiya  sudining  qonuniy  kuchga  kirgan 

hukmlari  va  ajrimlari  ustidan  berilgan  shikoyat  va  protestlar  bo‘yicha 

ishlarni ko‘rib, ajrim chiqaradi. Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya 

sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlar bo‘yicha ishlarni 

ular apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilganidan keyin ko‘rib, 

qaror  (ajrim)  chiqaradi.  Bundan  tashqari,  yuqori  sudlar  o‘z  vakolatlari 

doirasida  quyi  sudlarning  sudlov  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga 

oshiradilar. 

 

Sudyalar  mustaqildirlar,  faqat 



qonunga 

bo‘ysunadilar. 

Sudyalarning daxlsizligi qonun 

bilan kafolatlanadi. 



 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 112-moddasi). 

 

 

Mustaqil  sud  to‘g‘risidagi 



talab - har bir insonning huquqi 

demakdir. 



(Inson 

huquqlari 

umumjahon 

Deklaratsiyasining 10-moddasi) 

 

83 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Sud  faoliyati  mustaqil  va  faqat  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasiga hamda uning asosida qabul qilingan qonunlarga asosan, 

oshkoralik, taraflar tortishuvi va aybsizlik prezumpsiyasi kabi prinsiplarga 

va jinoyat protsessining boshqa demokratik asoslariga tayanadi. 



 

Sud tarkibi 

 

Sud yakka yoki 



hay'at tartibida 

ish yuritishi 

mumkin 

faoliyati ustidan 



nazoratni 

amalga 


oshiradilar. 

 

Hay'at – sudya 



va ikkita xalq 

maslahatchilari

dan iborat 

 

Oliy sud 



ishlarni uchta 

mutaxassis 

sudyalar 

tarkibida 

ko‘radi 

Oliy sud 

ishlarni uchta 

mutaxassis 

sudyalar 

tarkibida 

ko‘radi 

 

Sud  hokimiyati  o‘z  vakolatini  jinoyat  protsessida  ishni  mazmunan  ko‘rish,  hal 

qilish  va  hukm,  ajrim  va  qarorlarning  umumiyligi,  asosliligi  va  adolatliligini 

tekshirish

 

ishlarini yuritish orqali amalga oshiradi. 



 

Sudning vakolatlari 

 qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash 

 qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq 

iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim 

chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; 

 ayblanuvchini  lavozimidan  chetlashtirish  to‘g‘risidagi,  shaxsni  tibbiy 

muassasaga  joylashtirish  haqidagi  yoki  ayblanuvchining  tibbiy  muassasada 

bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; 

 prokurorning  amnistiya  aktiga  asosan  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishni  rad  qilish 

to‘g‘risidagi  yoki  jinoyat  ishini  tugatish  haqidagi  yoxud  mahkumni  jazodan 

ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; 

 jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; 

 ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish

 ishni apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ko‘rib chiqish; 

 hukmni ijro ettirish kiradi.  

 yuqori sudlar, bundan tashqari, o‘z vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov 



84 

 

Sud muhokamasiga tuman (shahar) sudining raisi shaxsan o‘zi raislik 



qiladi  yoki  raislik  qilish  uchun  sudyani  tayinlaydi.  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  Oliy  sudi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar  sudlarining  sud 

majlislarida  sud  raisi  yoki  uning  tanlovi  bo‘yicha  rais  o‘rinbosari,  sud 

hay’atining  raisi  yoki  uning  tayinlovi  bo‘yicha  tegishli  sudning  sudyasi 

raislik qiladi. Sud majlisida raislik qiluvchining rahbarligi sud protsessining 

tarbiyaviy  ahamiyatini  ta’minlab,  ish  holatlarini  tartibli  ravishda  ko‘rib 

chiqishga imkoniyat yaratadi. Sud muhokamasida raislik qiluvchining aniq 

harakatlari,  xalq  maslahatchilari  va  taraflar  bilan  fikrlashuvi  protsessual 

qonun talablariga qat’iy rioya qilgan holda ish olib borishi, qonunga e'tiqod 

va  e’tirof  bilan  yondashuvi  protsess  ishtirokchilaridan  ham  shuni  talab 

qilish uchun zamin hozirlaydi. Sud ishni ko‘rishda uni har tomonlama, to‘la 

va xolisona tekshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi, sudlanuvchining 

aybini  yengillashtiruvchi  va  og‘irlashtiruvchi  holatlarni  aniqlashi, 

shuningdek  ish  yuzasidan  haqiqatni aniqlash  uchun  faqatgina  jinoyat  ishi 

materiallari va dalillar bilangina chegaralanib qolmay o‘z tashabbusi bilan 

dalillar to‘plashi va tekshirishi lozim. 

Sud  tarkibi  ishni  to‘la  tekshirish  uchun  qo‘shimcha  dalillar  to‘plash, 

hujjatlarni talab qilib olish, ish yuzasidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, 

mutaxassis  va  ekspertni  so‘roq  qilish,  ariza  va  iltimoslarni  qabul  qilish, 

tanaffus  e’lon  qilish,  qidiruv  e’lon  qilish,  ish  yuzasidan  kelmagan 

jabrlanuvchi  va  guvohlarni  majburiy  keltirish,  sud  muhokamasi  paytida 

tartibni  buzganlarga  va  sudga  hurmatsizlik  qilganlarga  nisbatan  choralar 

ko‘rish huquqiga ega. 

Sud tarkibiga sud muhokamasida bo‘lgan ishning barcha holatlarini har 

tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish, iltimos va arizalarni ko‘rib chiqib, 

sudning  qarorini  e’lon  qilish,  ishtirokchilarni  tarjimon  bilan  ta’minlash, 

qonunga  so‘zsiz  bo‘ysunish,  obyektiv  haqiqatni  aniqlash,  sudlanuvchi 

shaxsni qonun asosida aybdor deb topib, unga nisbatan jazo belgilash, sud 

muhokamasida  tilga  e’tibor  berish,  sud  muhokamasining  bevositaligi, 

og‘zakiligi  va  oshkoraligini  ta’minlash,  zarur  hollarda  yopiq  sud  majlisi 

o‘tkazish,  sud  muhokamasining  tarbiyaviy  ta’sirini  kuchaytirish  va  sud 

ishtirokchilarining  sudga  bo‘lgan  hurmatini  oshirish  majburiyatlari 

yuklatiladi. 

Sud (sudya va xalq maslahatchilari) ning jinoyat ishlarini hay’atda va 

yakka  tartibda  ko‘rib  chiqish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 13-moddasida batafsil o‘z ifodasini topgan. Ushbu 

moddada  ish  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan  hay’atda  ko‘rilganda  sud 

tarkibiga  sudya  va  ikki  nafar  xalq  maslahatchisi  kiradi.  O‘zbekiston 



85 

 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, jinoyat 



ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va 

xalq  maslahatchilari  qatnashadilar.  Sud  hay’atida  ikki  nafar  xalq 

maslahatchilarining ishtirok etishi aholini odil sudlovga jalb etish vositasi 

sifatida tan olinadi. Sud maslahatchilari birinchi instansiya sudi tomonidan 

jinoyat ishi ko‘rilganda bevosita ishtirok etadilar. Ular sud muhokamasida 

kelib chiqadigan muammolar, turli protsessual va hukmga oid masalalarni 

hal  etishda  bevosita  sudya  bilan  birgalikda  ishtirok  etadilar  va  o‘z  fikr-

mulohazalarini  sudyaga  yetkazadilar.  Agar  xalq  maslahatchisining  fikri 

raislik  qiluvchi  sudyaning  fikriga  mos  kelmasa,  raislik  qiluvchi  ushbu 

fikrining noto‘g‘riligini tushuntirib berishi shart. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Xalq  maslahatchilari  sudlardagi  vazifalarni  bajarish  uchun  yiliga 

ko‘pi  bilan  ikki  haftaga  navbatma-navbat  chaqiriladi,  ularning  ishtirokida 

boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni 

taqozo  etgan  hollar  bundan  mustasno.  Shu  davrda  ularning  ish  joyidagi 

o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 

15-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar 

to‘g‘risidagi  ishlardan  tashqari  ishlar  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan 

ko‘rilayotganda xalq maslahatchilari ishtirok etadilar va ular odil sudlovni 

amalga  oshirishda  sudyaning  barcha  huquqlaridan  foydalanadilar.  Sud 

majlisida  ishni  ko‘rib  chiqish  jarayonida  kelib  chiqadigan  hamma 

masalalarni  hal  qilishda  va  hukm  chiqarishda  raislik  qiluvchi  bilan  teng 

huquqqa  egadirlar.  Shuningdek,  ularga  sudya  bilan  teng  majburiyatlar 

yuklangan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  bundan  mustasno  tarzida 

birinchi  instansiyada  ishlarni  uch  nafar  sudyadan  iborat  tarkibda  ko‘rib 

chiqadi.  

Sudya  yakka  o‘zi  yoki  sud  tarkibida  ish  yuritib,  ishni  sud 

muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida 

raislik  qiladi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi. Jinoyat 

ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va 

xalq maslahatchilari qatnashadilar. 

Xalq maslahatchisi etib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yigirma 

besh  yoshdan  kichik  bo‘lmaganda  yashash  yoki  ish  joyidagi 

yig‘ilishlarda ikki yarim yilga, harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lib, saylov 

kuniga  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lgan  bo‘lsa  bir  yarim  yil  muddatga 

saylanishi mumkin. 

 


86 

 

Prokuror  O‘zbekiston  Respublikasi  «Prokuratura  to‘g‘risida»gi 

Qonunining 3-bobida ko‘rsatilgan qoidalarga binoan jinoyatchilikka qarshi 

kurash  olib  boruvchi  organlar  ustidan  prokuror  nazorati  va  ularning 

faoliyatini  muvofiqlashtirish  amalga  oshiriladi.  Ushbu  vazifa  prokuratura 

faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  382-

moddasiga  muvofiq,  prokuror  surishtiruv,  dastlabki  tergov  organlari 

tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, o‘z 

vakolati  doirasida:  surishtiruv  va  dastlabki  tergov  organlaridan  ishlarni 

tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, surishtiruv, 

dastlabki  tergov  ishlarini  olib  borilishiga  doir  hujjatlarni,  materiallarni  va 

boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan 

jinoyatlar haqidagi ariza va ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish 

va hal etish to‘g‘risidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini 

har oyda kamida bir marta tekshiradi; tergovchilarning qonunga xilof hamda 

asossiz  qarorlarini  bekor  qiladi;  jinoyatlarni  tergov  qilish,  qamoq  yoki  uy 

qamog‘i  ehtiyot  chorasi  hamda  lavozimdan  chetlashtirish,  tibbiy 

muassasaga  joylashtirish  kabi  protsessual  majburlov  choralarini  qo‘llash 

yuzasidan  iltimosnoma  qo‘zg‘atish,  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilish,  jinoyat 

tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, 

ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish 

to‘g‘risida  yozma  ko‘rsatmalar  beradi;  shaxslarni  ushlash,  majburiy 

keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, boshqa tergov harakatlarini 

bajarish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishni topshiradi, shuningdek prokuror 

yoki prokuratura tergovchisi qo‘lidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish 

va  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarni  aniqlash  uchun  zarur  choralar  ko‘rish 

to‘g‘risida  ko‘rsatmalar  beradi;  dastlabki  tergovda  ishtirok  etadi  hamda 

zarur hollarda har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan 

bajaradi yoki tergovni to‘liq amalga oshiradi; jinoyat-protsessual qonunda 

belgilangan tartibda tergov yuritish muddatini uzaytiradi; ishlarni dastlabki 

tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risida o‘z ko‘rsatmalari 

bilan qaytaradi; har qanday ishni surishtiruv organlaridan olib tergovchiga 

beradi,  shuningdek  uni  bir  dastlabki  tergov  organidan  boshqasiga,  bir 

tergovchidan  boshqasiga  o‘tkazadi;  tergovchini,  agar  u  ishning  tergov 

chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, dastlabki tergov ishlarini 

davom  ettirishdan  chetlatadi.  Prokurorning  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan  tartibga  muvofiq  dastlabki 

tergov organlariga tergovga qadar tekshirish o‘tkazish, ishlarni qo‘zg‘atish 

va  tergov  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  ko‘rsatmalarini  bajarish 



87 

 

majburiydir. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Protsessual  va  tergov  harakatlari  ustidan  prokurorlik  nazoratining 



vazifalarini quyidagi qoidalardan kelib chiqqan holda tahlil qilish mumkin: 

jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilingan  shaxslar  faqat  qonunda  ko‘rsatilgan 

tartib  va  asoslardagina  ushlanishi  lozim;  hech  kim  noqonuniy  va 

asoslanmagan  ravishda  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi  va  huquqlari 

cheklanmasligi  kerak;  hech  bir  shaxs  sudning  ajrimisiz  qamoqqa  olinishi 

mumkin  emas;  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atishning  va  tergov  olib  borishning 

qonunda ko‘rsatilgan tartibiga, uning muddatlariga rioya etish va protsess 

ishtirokchilari  huquqlarining  himoyasiga  e’tibor  qaratishi  shart;  har  bir 

jinoyat  ishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

ko‘rsatilgan  me'yorlarga  asosan  barcha  sharoitlar  hisobga  olinib,  har 

tomonlama,  to‘la  va  xolisona,  ayblanuvchining  aybliligi  va  aybsizligini 

isbot  qiladigan,  aybni  og‘irlashtiradigan  va  yengillashtiradigan  barcha 

holatlar aniqlanib, tergov qilinishi shart; sodir etilgan jinoyatning sabablari, 

uni sodir etishga zamin tayyorlagan sharoitlar aniqlanib, ularni bartaraf etish 

choralari ko‘rilishi kerak.  

Bundan tashqari, prokuror yoki uning o‘rinbosari ko‘p voqeali jinoyat 

ishlari  bo‘yicha  ayblovni  ayrim  voqealari  yuzasidan  muayyan  shaxsga 

nisbatan to‘plagan dalillarni ayblov xulosasi tuzish uchun yetarli deb e’tirof 

etsa,  shu  voqealar  bo‘yicha  tergovni  tamomlash  va  ishni  sudga  yuborish 

haqida yozma ko‘rsatma berishga haqli (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  383-moddasi).  Bir  mansabdor  shaxsga  turli 

shakldagi  bunday  vakolatlarning  berilishi  prokurorning  dastlabki  tergov 

bosqichidagi  protsessual  holatining  o‘ta  murakkab  ekanligini  ko‘rsatadi, 

tergov natijalari uchun javobgarlik uning zimmasiga yuklatilgan.  

 

 

 



Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarni ijro 

etilishi  ustidan  prokuror  nazorati  -  bu  qonunlarning aniq  va  bir  xilda 

bajarilishi ustidan nazoratning bir qismi bo‘lib, jinoyat sodir etilganligi 

to‘g‘risidagi  ariza  va  xabarlarni  ko‘rish  hamda  hal  qilish,  tekshirishni 

amalga oshirishning JPKda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning 

qonuniyligi  dastlabki  tergov  organlari  tomonidan  qonunlar  ijro  etilishi 

ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir. 

 


88 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Prokurorning suddagi ishtiroki sudga dalillarni har tomonlama, to‘la va 



xolisona  tahlil  etishga,  jinoiy  javobgarlikka  tortilayotgan  shaxsning  aybli 

yoki  aybsiz  ekanligini  isbotlashga,  sodir  etilgan  jinoyatning  to‘g‘ri 

malakalanishiga,  shaxsga  nisbatan  adolatli  jazo  tayinlanishi  yoki  uni 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling