Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana20.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18295
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33

 

111 
 
 
 
 
JAZONI IJRO ETISH 
MUASSASALARIDA REJIM 
 
 
 
Jazoni  ijro  etish  muassasalarida  rejim  tushunchasi  va  ahamiyati.  Rejimning 
asosiy  talablari.  Mahkumlarning  jazoni  ijro  etish  muassasalaridagi  kiyimi. 
Mahkumlarni  batamom  ajratib  qo’yish  va  qo’riqlash.  Mahkumlarni  nazorat  qilish  va 
tekshirishda texnikaviy vositalaridan foydalanish, tintuv o’tkazish va ko’zdan kechirish. 
Mahkumlarga  nisbatan  jismoniy  kuch  ishlatish,  tinchlantirish  ko’ylagini  va  maxsus 
vositalarni  ishlatish  tartibi  va  shartlari.  O’q-otar  qurollarni  qo’llash,  foydalanish 
asoslari tartibi va shartlari. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish. 
Mahkumlarning  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  eng  zarur  narsalarni  sotib  olishi. 
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish tartibi va shartlari. 
Mahkumlarning telefon orqali so’zlashuvi va yozishmalari. Mahkumlarning posilkalar, 
yo’qlovlar,  banderollar  va  pul  jo’natmalari  olishi  va  yuborishi.  Mahkumlarning 
adabiyot  va  yozuv  ashyolarini  sotib  olishlari  tartibi.  Mahkumlarning  kinofilmlar  va 
teleko’rsatuvlar  ko’rishi,  radio  eshitish  tartibi.  Mahkumlarning  alohida  hollarda 
muassasa  doirasidan  chetga  chiqishi.  Mahkumlarning  belgilangan  muddatda  joyiga 
qaytishdan bo’yin tovlaganlik oqibatlari. 
8-BOB 
 
 
 
 
 

112 
 
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim 
 tushunchasi va ahamiyati 
 
Mustaqillik  davrida  qonun  hujjatlarini  demokratiya  talablariga 
moslashtirish 
borasida 
ijobiy 
yutuqlarga 
erishildi. 
Bu 
borada 
Respublikamizda  erishilgan  yutuqlar  haqida  prezidentimiz  I.A.Karimov 
2005-yil  28-yanvardagi  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi  Qonunchilik 
palatasi  va  Senatining  qo’shma  majlisidagi  ma’ruzalarida  ham  alohida 
to’xtalib o’tganlar. Xususan, ushbu ma’ruzada prezidentimiz jinoiy jazolarni 
ijro  etishga  oid  quyidagi  fikrlarni  bildirganlar.  “Jinoyat-ijroiya  kodeksiga 
kiritilgan  o’zgartirishlar  jazoni  o’tash  sharoitlarini  ancha  yaxshilash, 
mahkumlarga muddatdan ilgari ozod bo’lish huquqini beradigan moddalarni 
ko’paytirish,  jazoni  o’tash  joylarida  yashash  tartibi  va  sharoitini  sezilarli 
darajada  yengillashtirish  imkonini  yaratadi.  Ya’ni  1990-yilda  manzil-
koloniyalarda  jazoni  o’tayotgan  mahbuslarning  umumiy  soniga  nisbatan  7 
foiz  bo’lgan  bo’lsa,  bugungi  kunda  bu  raqam  21  foizni  tashkil  etmoqda.[
 
Jinoyat-ijroiya  huquqi.  Darslik.  Mualliflar  jamoasi.  Mas`ul  muharrir: 
B.J.Axrorov. –T.: O’qituvchi, 2002. – 208 b.]  
O’zbekiston Respublikasi JIKning talablariga muvofiq jazoni ijro etish 
muassasalarida  saqlanayotgan  mahkumlarni  axloqan  tuzatish  maqsadida  har 
bir  muassasada  maxsus  rejim  tashkil  etiladi.  Ushbu  rejimni  qo’llashdan 
maqsad  mahkumlarni  qonunga  itoatkor  ruhda  tarbiyalash,  ularda  intizom 
xissini uyg’otish, shuningdek, ularning mas’uliyatini ortirishni ko’zda tutadi. 
mahkumlarning 
va muassasa 
xodimlarining 
xavfsizligini. 
 
muassasa turiga 
qarab 
mahkumlarni har 
xil sharoitda 
saqlashni; 
 
muayyan 
toifadagi 
mahkumlarni 
alohida-alohida 
saqlashni; 
 
mahkumlarning 
huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini 
ro’yobga chiqarish, 
o’z majburiyatlarini 
ado etishini; 
shuningdek ularning
 
mahkumlarni batamom 
ajratib qo’yish, ularni 
qo’riqlash va nazorat qilib 
turishni; 
 
 
Jazoni ijro etish 
muassasalarida 
rejim 
quyidagilarni 
ta’minlaydi: 
 

113 
 
Rejim  tushunchasi  va  uning  asosiy  talablari.  Jazoni  ijro  etish 
muassasalarida  rejim  jazodan  ko’zlangan  maqsadga  erishish  uchun 
belgilanadi.  
 
Rejim quyidagilarni ta’minlash maqsadida qo’llanadi: 
mahkumlarni  batamom  ajratib  qo’yish,  ularni  qo’riqlash  va  nazorat  qilib 
turishni; 
mahkumlarni  batamom  ajratib  qo’yish,  ularni  qo’riqlash  va  nazorat  qilib 
turishni; 
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; 
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni
mahkumlarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  ro’yobga  chiqarish, 
shuningdek ularning o’z majburiyatlarini ado etishini. 
 
Jazoni  ijro  etish  muassasalarida  rejim  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki 
ishlar  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  Ichki  tartib  qoidalar  va  boshqa 
normativ  hujjatlar  bilan  tartibga  solinadi.  Ichki  tartib  qoidalari  O’zbekiston 
Respublikasi  ichki  ishlar  vazirligining  barcha  jazoni  ijro  etish  muassasalari 
uchun majburiy.[
 
Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Mas’ul 
muharrir: B.J.Axrorov. –T.: O’qituvchi, 2002. – 208 b.]   
Jazoni  ijro  etish  muassasalarida  mahkumlar  kiyimi.  Jazoni  ijro 
etish  muaasasalarida,  manzil  koloniyalarini  istisno  etganda,  mahkumlar 
belgilangan  namunadagi  kiyimlar  kiyadilar.  Kiyimning  ko’rinishi 
O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  tomonidan  belgilanadi.[
 
O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining  2012-yil  29-dekabrdagi 
174-son  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar 
vazirligi 
ozodlikdan 
mahrum 
qilish 
turidagi 
jazoni 
ijro 
etish 
muassasalarining  ichki  tartib  qoidalari  (O’zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 
2495).] 
Ichki tartib qoidalarda nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik 
namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi.  
Ozodlikdan  mahrum  etish  jazosiga  hukm  qilingan  mahkumlarning 
barchasi  jazoni  ijro  etish  muassasalarida  davlat  hisobidan  kiyim-bosh  bilan 
ta’minlanadilar.  
Mahkumlarning  kiyim  bilan  ta’minlanishi  jazoni  ijro  etish 
muassasalarining  turi,  jazoni  o’tayotgan  shaxsning  yoshi  va  jinsiga  qarab 
belgilanadi.  Mahkumlarga  yuqoridagi  asoslarga  ko’ra  35  xil  kiyim  berilishi 

114 
 
mumkin.  Bular  jumlasiga  quloqli  telpak,  yozgi  bosh  kiyim,  etagi  tizzaga 
yetmaydigan  paxtali  kalta  palto,  kostyum,  shim,  ko’ylak,  tungi  ko’ylak, 
ichdan  kiyiladigan  erkaklar  kiyimi,  mayka,  trusik,  paytava,  paxtali  qo’lqop, 
rezina  taglikli  charm  poyabzal,  ta’ochka,  paypoq,  yarim  sherst  sochiq, 
uchburchak  ro’mol,  kurtka,  yengil  matodan  tikilgan  kofta,  xalat,  pantalon, 
chulki(uzun  paypoq),  tufli,  sharf,  paxtali  kurtka,  sport  oyoq  kiyimi,  ishchi 
kiyim kabilar beriladi.  
 
Agar jazoni ijro etish muassasasining ichki tartib-qoidalarida fuqarolik 
kiyimida  yurish  mumkinligi  belgilangan  bo’lsa,  mahkumlarga  shunday 
kiyimdan  foydalanishiga  ruxsat  beriladi.  Fuqarolik  namunasidagi  kiyimda 
yurishga  ruxsat  berilgan  hollarda  ham  gigiyena  qoidalariga  qattiq  rioya 
qilinishi lozim.  
 
Mahkumlarni  batamom  ajratib  qo’yish  va  qo’riqlash.  Ozodlikdan 
mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslarni  batamom  ajratib  qo’yish  va 
qo’riqlash,  shuningdek  ular  saqlanadigan  va  mehnat  qiladigan  obyektlarni 
qo’riqlash O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  tomonidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda har bir muassasada 
qat’iy  belgilab  qo’yilgan  kun  tartibi  tuziladi,  kun  tartibi  mahkumlarning  u 
yoki  bu  kontingenti  bilan  olib  boriladigan  ishlarning  xususiyatiga,  tezkor 
vaziyat  holatiga,  ishlab  chiqarish  sharoitiga,  yilning  fasliga,  mahalliy 
sharoitlar hamda boshqa aniq holatlarga bog’liq bo’ladi. Mahkumlarning kun 
tartibini  bajarishlarini  ta’minlash  uchun  muassasa  boshlig’ining  buyrug’i 
bilan signal va buyruq berish tizimi joriy etiladi. Muassasalarda har kuni ikki 
marotaba  mahkumlarni  bor-yo’qligi  umumiy  tekshirudan  o’tkaziladi.[
 
Jinoyat-ijroiya  kodeksiga  sharhlar.  /  M.H.Rustamboev,  B.J.Axrarov  va 
boshqalar.  /  Mas’ul  muharrir:  yu.f.d.,  prof.  M.H.Rustamboev.  –  T.:  TDYI, 
2007. – 574 b.]  
Mahkumlarni batamom ajratish bilan bog’liq rejim talabi mahkumlarni 
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida jazoni ijro etish muassasasiga 
joylashtirish bilan ta’minlanadi va ularni boshqa fuqarolardan farqli ravishda 
huquqlari  cheklangan  holda  ajratib  qo’yilishida  ifodalanadi.  Ajratib 
qo’yishning  jiddiyligi  jazoni  ijro  etish  muassasasi  turi  va  unda  belgilangan 
rejimga  bog’liq  bo’ladi.  Mahkumlarni  boshqalardan  ajratib  qo’yishga 
ko’proq  turmalarda,  maxsus  tartibli  koloniyalarda  erishiladi,  manzil-
koloniyalarida  qurollangan  soqchilarning  yo’qligi  tufayli  mahkumlarni 

115 
 
ajratib  qo’yish  tartibi  (imkoniyati)  turma  va  maxsus  tartibli  kolloniyalarga 
nisbatan kam. 
Jinoyat-ijroiya  kodeksiga  muvofiq,  jazoni  ijro  etish  muassasalari  bir-
biridan  jiddiy  ravishda  farq  qiladi.  Shuningdek  mahkumning  yoshi  (voyaga 
yetmaganlar tarbiya kolloniyalarida), jinsi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy 
xavflilik darajasi ham ularni ajratilgan holda saqlash darajasiga ta’sir qiladi.  
Mahkumlarni  doimiy  nazorat  qilish  rejimning  asosiy  talablaridan  biri 
bo’lib,  jazoni  o’tash  rejimini  ta’minlashning  vositasi  hisoblanadi.  Bu 
mahkumlarni  saqlash  va  mehnat  qilishi  jarayonida  ularning  yangi  jinoyatni 
yoki  boshqa  ijtimoiy  xavfli  qilmishlarni  sodir  etishining  oldini  oladi. 
Muassasa ma’muriyati va barcha xodimlari jinoyatlar sodir etilishi va rejim 
talablari buzilishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko’rishlari 
lozim.  
Mahkumlarni  nazorat  qilish  nazorat  xizmati  tomonidan  amalga 
oshiriladigan  vazifa  bo’lib,  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi 
tomonidan  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.  Jazoni  ijro  etish 
muassasasidagi  nazorat  xizmati  IIV  qorovul  qo’shinlarining  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi. 
Nazoratchilarning  rejimni  amalga  oshirishga  qaratilgan  faoliyati  ko’p 
tarmoqli  va  kengdir.  Ular  sutka  davomida  mahkumlarning  yashash  zonalari 
va  ishlab  chiqarish  obyektlaridagi  xulqlarini  nazorat  qiladilar,  kun  tartibiga 
oid  tadbirlarni  o’z  vaqtida  o’tkazish,  mahkumlarni  shaxsiy  tintuv  qilish, 
yashash  zonalarini  ko’zdan  kechirish  va  tintuv  qilish,  qarindoshlari  yoki 
boshqa  shaxslar  bilan  uchrashuvlarni  o’tkazish,  mahkumlarga  kelgan 
posilka,  yo’qlovlarni  qabul  qilish,  ko’zdan  kechirish  va  egasiga  to’shirish, 
mahkumlarni  intizomiy  bo’limga  o’tkazish  to’g’risidagi  qarorni  bajarish  va 
boshqa vazifalarni bajaradilar.  
Mahkumlarni nazorat qilish va tekshirishda texnika vositalaridan 
foydalanish,  tintuv  o’tkazish  va  ko’zdan  kechirish.  Ozodlikdan  mahrum 
etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlar, shuningdek, jazoni o’tashning 
belgilangan  tartibini  buzishning  oldini  olish,  mahkumlar  xulq-atvori 
to’g’risida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat 
qilish  va  tekshirish  uchun  audiovizual,  elektron  va  boshqa  texnika 
vositalaridan  foydalaniladi.  Muassasa  ma’muriyati  mahkumlarni  nazorat  va 
tekshirishning  texnikaviy  vositalari  qo’llanilayotganligidan  xabardor  etishi 
shart.[O’zbekiston  Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining  2012-yil  29-
dekabrdagi  174-son  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  O’zbekiston  Respublikasi 
Ichki  ishlar  vazirligi  ozodlikdan  mahrum  qilish  turidagi  jazoni  ijro  etish 

116 
 
muassasalarining  ichki  tartib  qoidalari  (O’zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 
2495).]   
Nazorat  va  tekshirishda  qo’llaniladigan  texnika  vositalari  ro’yxati, 
ulardan  foydalanish  tartibi,  ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan 
shaxslarga o’z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro’yxati 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.  
Mahkumlarning  yonidan  topilgan,  foydalanishga  ruxsat  etilmagan 
narsalar  va  buyumlar  muassasa  boshlig’i  qaroriga  binoan  olib  qo’yiladi 
hamda  mahkum ozod bo’lgunga qadar saqlash uchun to’shiriladi  yoki yo’q 
qilinadi yohud davlat foydasiga o’tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat (akt) 
tuziladi.  Narsalar  va  buyumlarni  davlat  foydasiga  o’tkazish  to’g’risidagi 
qaror  prokuror  tomonidan  tasdiqlanadi.  Olib  qo’yilgan  pul  va  qimmatli 
ashyolar ularni olib qo’ygan mansabdor shaxsning dalolatnomasi yoki raporti 
(bildirgisi)  bo’yicha  uzog’i  bilan  bir  sutkalik  muddat  ichida  muassasa 
boshlig’ining navbatchi yordamchisi tomonidan kassaga yoki buxgalteriyaga 
to’shiriladi.  Ularning  hisobini  yuritish  mahkumlardan  olib  qo’yilgan  pullar 
va  qimmatliklar  baho  buyumlar  kiritilgan  daftarda  qayd  etiladi,  daftar 
muassasaning  navbatchilik  xizmati  tomonidan  yuritiladi.  Mazkur  xizmatni 
o’tash  samaradorligi  ustidan  nazorat  qilish  maqsadida  bunday  daftarlar 
kontrolerlar va harbiy naryadlar boshliqlari tomonidan ham yuritiladi.  
Jazoni  ijro  etish  muassasalarida  foydalanishi  man  etilmagan,  lekin 
mahkumlarning  yonida  belgilangan  tur  va  miqdordagidan  ortiqcha  narsa  va 
ashyolar  ham  olib  qo’yiladi  hamda  saqlash  uchun  omborga  to’shirilib,  bu 
xususida tegishli dalolatnoma tuziladi. Agar omborda saqlanayotgan narsalar 
yoki  ashyolar  mahkumga  kerak  bo’lib  qolsa  va  ular  belgilangan  tur  va 
miqdordagidan  ortiqcha  bo’lmasa,  ular  berilgan  ariza  asosida  egalariga 
to’shiriladi.  
Mahkumlarning  saqlashi  man  etilgan,  ulardan  olib  qo’yilgan,  ammo 
qimmatli narsa va ashyolar jumlasiga kirmaydigan narsa va ashyolar (spirtli 
ichimliklar  va  h.k.),  shuningdek,  g’ayriqonuniy  olingan  oziq-ovqat 
mahsulotlari  mahkumlarning  hozirligida  yo’q  qilib  tashlanadi  yoki 
omborxonaga  to’shirilib,  bu  xususda  dalolatnoma  to’shiriladi.  [O’zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokuraturasi,  Oliy  sudi,  Milliy  xavfsizlik  xizmati,  Ichki 
ishlar  vazirligi,  Adliya  vazirligi,  Mudofaa  vazirligi  va  Davlat  bojxona 
qo’mitasining 2006-yil 8-avgustdagi 63, KGB-176-06, 3/2161, 9, 19, 12, 01-
02/22-19-son qarori bilan tasdiqlangan Tergov, surishtiruv va sud davomida 
jinoyat  ishlari  va  materiallari  bo’yicha  olib  qo’yilayotgan  ashyoviy  dalillar 
va  moddiy  boyliklarni  olib  qo’yish,  hisobga  olish,  saqlash,  berish  va  yo’q 

117 
 
qilib  tashlash  tartibi  to’g’risidagi  yo’riqnoma  (O’zbekiston  Respublikasi 
Adliya  vazirligi  tomonidan  2010-yil  29-dekabrda  ro’yxatdan  o’tkazildi, 
ro’yxat raqami 2174).]  
 
Mahkumlarning  yonidan  saqlashi  man  etilgan  narsa  va  ashyolar, 
shuningdek  qonunga  xilof  ravishda  olingan  oziq-ovqat  mahsulotlari 
topilganligi  va  olib  qo’yilganligi  yuzasidan  xizmat  tekshiruvi  o’tkazilib, 
ularning  natijalari  asosida  aybdor  shaxslarga  nisbatan  intizomiy  ta’sir 
choralari ko’riladi.  
 
Ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslar,  ularning 
buyumlari  va  kiyimlari,  shuningdek  jazoni  ijro  etish  muassasalarining 
obyektlari  va  xonalari  tintuv  qilinishi  hamda  ko’zdan  kechirilishi  mumkin. 
Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo’lgan shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladi.  Turar-joy  binolarini  ularda  mahkumlar  bo’lgan  chog’da  tintuv 
qilishga kechiktirib bo’lmaydigan hollardagina yo’l qo’yiladi.[
 
O’zbekiston 
Respublikasi  ichki  ishlar  vazirining  2012-yil  29-dekabrdagi  174-son 
buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi 
ozodlikdan  mahrum  qilish  turidagi  jazoni  ijro  etish  muassasalarining  ichki 
tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-
yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2495).]   
Jazoni  ijro  etish  muassasasi  ma’muriyati  ushbu  muassasaga  hamda 
mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning 
transport  vositalarini,  buyumlari  va  kiyimini  ko’zdan  kechirishga  haqli, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.  
Tintuv  qilish  va  ko’zdan  kechirish  tartibi  O’zbekiston  Respublikasi 
Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:  
1)
 
mahkumlar,  muassasa  xodimlari  va  boshqa  shaxslar  xavfsizligini 
ta’minlash; 
2)
 
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan 
jinoyatlarni aniqlash va fosh etish;  
3)
 
sodir  etilgan  jinoyatlar  va  saqlash  rejimi  buzilganligini  aniqlash 
va ularning oldini olish;  
4)
 
jazoni  ijro  etish  muassasalarida  sodir  etilgan  jinoyatlarni  fosh 
etish;  
5)
 
ozodlikdan  mahrum  etish  joylaridan  qochgan  mahkumlarni 
qidirish;  
6)
 
boshqa  jinoyatlarni  fosh  etishga  yordam  berish  maqsadida  olib 
boriladi.  

118 
 
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  jazoni  ijro  etish  muassasalarining  tezkor 
xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiradilar. 
 
Mahkumlarga  nisbatan  jismoniy  kuch  ishlatish,  tinchlantirish 
ko’ylagini va maxsus vositalarni ishlatish tartibi va shartlari. 
 Ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslar  tomonidan  sodir 
etilayotgan  jinoyatlar  va  huquqbuzarliklarni  to’xtatish  maqsadida, 
shuningdek  ularni  ushlash  chog’ida,  agar  boshqa  usullar  bilan  muassasa 
ma’muriyatining  qonuniy  talablarini  ta’minlashning  iloji  bo’lmasa, 
mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.  
Jismoniy  kuch  ishlatish  natijasida  mahkumlar  hayoti  va  sog’lig’iga 
zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi. 
Mahkumlarga  nisbatan,  agar  ular  jazavaga  tushsalar,  tinchlantirish 
ko’ylagi  qo’llanishiga  yo’l  qo’yiladi.  Tinchlantirish  ko’ylagi  tibbiy  xodim 
ishtirokida qo’llaniladi, uni qo’llash muddati ikki soatdan oshmasligi kerak. 
Tinchlantirish  ko’ylagi  voyaga  yetmagan  mahkumlarga  va  mahkuma 
ayollarga  nisbatan  qo’llanilmaydi.  Tinchlantirish  ko’ylagi  batamom  ajratib 
qo’yilgan  joyda  (intizomiy  bo’linmada  yoki  kontrolerning  xonasida)  faqat 
muassasa  boshlig’i  yoki  uning  o’rnini  bosuvchi  shaxs  ko’rsatmasi  asosida, 
tibbiyot  xodimining  ruxsati  bilan  va  uning  kuzatuvi  ostida  kiydirilishi 
mumkin.  Tibbiyot  xodimining  tibbiy  ko’rsatmalariga  asosan  tinchlantirish 
ko’ylagi  qo’llab  bo’lmasligi  yoki  bunday  qo’ylakni  qo’llashni  to’xtatish 
to’g’risidagi  talabi  darhol  bajarilishi  kerak.  Tinchlantirish  ko’ylagi 
qo’llanilgan  har  bir  hodisa  haqida  dalolatnoma  tuziladi,  dalolatnoma 
muassasa  boshlig’i  yoki  uning  o’rnini  bosuvchi  shaxs  tomonidan 
tasdiqlanadi.[  Jinoyat-ijroiya  kodeksiga  sharhlar.  /  M.H.Rustamboev, 
B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. 
– T.: TDYI, 2007. – 574 b.]   
Mahkumlarning 
g’ayriqonuniy 
xatti-harakatlarini 
to’xtatish, 
shuningdek,  o’ziga  o’zi  zarar  yetkazishining  oldini  olish  maqsadida  ularga 
nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi ham mumkin.  
Boshqa  usullar  bilan  muassasa  ma’muriyati  vakillarining  qonuniy 
talablari  mahkumlar  tomonidan  bajarilishini  ta’minlashning  iloji  bo’lmagan 
hollardagina jismoniy kuch va maxsus vositalar ishlatiladi.  
Maxsus  vositalar  jumlasiga  rezina  tayoqlar,  qo’lkishanlari  yoki 
boshqacha  bog’lash  vositalari,  xizmat  itlari,  ko’zdan  yosh  chiqaruvchi 
moddalar,  chalg’itma  ta’sir  ko’rsatuvchi  nur-tovush  moslamalari,  to’siq-

119 
 
g’ovlarni  bartaraf  etuvchi  vositalar,  suv  bilan  zarba  beruvchi  va  zirhli 
mashinalar,  inshootlarni  ochish,  transportni  majburiy  to’xtatish  moslamalari 
hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi.  
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
1)
 
mahkumlarning  muassasa  ma’muriyati  vakillariga,  boshqa 
mahkumlarga  va  o’zga  shaxslarga  hujumini,  mahkumlar  tomonidan  sodir 
etilgan  ommaviy  tartibsizliklarni,  jamoat  tartibini  guruh  bo’lib  buzishlarni 
to’xtatish,  muassasa  ma’muriyatiga  ashaddiy  bo’ysunmayotgan  yoki 
qarshilik ko’rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash vaqtida;  
2)
 
garovga  olinganlarni  ozod  qilish,  mahkumlar  egallab  olgan 
binolar, inshootlar, xonalar va transport vositalari egallash uchun;  
3)
 
mahkumlarni  qo’riqlab  borish  va  qo’riqlab  turish  vaqti  ularning 
qochishini oldini olish uchun;  
4)
 
jazoni  ijro  etish  muassasasidan  qochgan  mahkumlarni  ushlash 
vaqtida;  
5)
 
maxsus  vositalar  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  ham 
qo’llanilishi 
mumkin.[ 
Jinoyat-ijroiya 
kodeksiga 
sharhlar. 

M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. 
M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. – 574 b.]  
Maxsus  vositalarning  turlari,  ularni  ishlatish  jadal  yuzaga  kelgan 
vaziyat,  huquqbuzarlikning  xususiyati  va  huquqbuzarning  shaxsini  inobatga 
olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo’llash mahkumlarga va boshqa 
shaxslarga mumkin qadar kam zarar yetkazishi lozim.  
Homiladorlik  belgilari  sezilib  turgan  ayollarga,  nogironlik  belgilari 
aniq  ko’rinib  turgan  shaxslarga  hamda  yoshi  aniq  ko’rinib  turgan  yoki 
ma’lum bo’lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalarning 
ishlatilishi  taqiqlanadi,  ular  tomonidan  qurolli  qarshilik  ko’rsatilgan  yoki 
fuqarolar  hayoti  va  sog’lig’iga  tahdid  etib,  guruh  bo’lib  hujum  qilingan 
hollar bundan mustasno.  
Maxsus  vositalarni  qo’llash  natijasida  mahkumlar  va  boshqa  shaxslar 
hayoti  va  sog’lig’iga  zarar  yetkazilgan  har  bir  hodisa  haqida  prokurorga 
xabar qilinadi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling