Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o’tash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi va shartlari
- Qattiq tartibli koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar sharoitini yengillashtirish asoslari va tartibi.
- Maxsus tartibli koloniyalarda quyidagilar jazo o’taydilar
Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi va shartlari Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi JIKning 116 va 117-moddalarida o’z aksini to’gan. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari [O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-y., 31-son, 414- modda] 19-bandiga ko’ra, umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo’linadi: og’ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; o’ta og’ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, JIKning 48- moddasida ko’rsatilgan ayollar bundan mustasno. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; Umumiy tartibli koloniyalarda quyidagilar jazo o’taydilar: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; mahkumlar yigirma bir yoshga to’lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o’n sakkiz yoshga to’lganidan keyin jazo o’tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga o’tkaziladi. sud tomonidan manzil- koloniyalardan intizomiy jazo tarzida o’tkazilgan mahkumlar; ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan mahkumlar o’taydilar. 189 JIKning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan o’tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida o’tkazilgan mahkumlar; qasddan og’ir va o’ta og’ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; rag’batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o’taganidan keyin turmalardan o’tkazilgan mahkumlar o’taydi. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o’tkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga o’tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o’taydilar. Tarbiya koloniyasidan o’tkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o’taydilar. Koloniyalarda asosan, uch xil sharoitdagi saqlash joylari tashkil etilib, ular: oddiy, yengillashtirilgan va og’irlashtirilgan sharoitlarga bo’linishi mumkin. Bunday sharoitlarni tashkil etish mahkumlarni saqlash yotoqxonalarining alohida tashkil etilishi bilan tartibga solinadi. Oddiy sharoitdagi koloniyaga odatda, mahkum sudning hukmi bilan keltirilgandagina kiritib qo’yiladi. Keyinchalik bunday sharoitdagi koloniyaga yengillashtirilgan yoki og’irlashtirilgan sharoitdan o’tkazilgan mahkumlar ham kiritilishi mumkin. Bunday sharoitdan yengillashtirilgan sharoitga o’tkazish mahkumlarning JIK 104-moddasida belgilangan qismni o’tash mobaynidagi xulq-atvoriga qarab ma’muriyat tomonidan tashkil etilgan komissiyaning xulosasiga binoan o’tkaziladi. Bu komissiyaning mahkumga berilgan intizomiy yoki rag’batlantirish choralarini o’rganib chiqishga ko’ra hal qilinadi. Yengillashtirilgan sharoitga o’tkazish mahkum uchun ijobiy tarbiyalashning asosi bo’lib hisoblanadi va uning xulq-atvorining yaxshilanishi natijasida jazoni muddatidan avval bekor qilish yoki yengilrog’i bilan almashtirish haqida uqtiriladi. Odatda, mahkumni jazo muddati tugashiga yaqin qolganida ularni yengillashtirilgan sharoitga o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi va bunday sharoitda saqlanayotgan mahkum ozodlik belgilarini sezishi va unga ko’nikish imkoniyatiga ega bo’la oladi. 190 Mahkumni intizomiy jazolash turi sifatida huquqlari cheklangan sharoitga o’tkazib qo’yish mahkumlarni yana keyinchalik ijobiy xulqi, mehnatga halol munosabatini hisobga olib, bunday huquqiy cheklash yoki kartserda saqlash muddati tugashi bilan mahkumga belgilangan intizomiy chora bekor qilinib, mahkum yana ilgarigi huquqlarga ega bo’ladi. Bunday huquqiy cheklashlarni muddatidan oldin ham olib tashlash mumkin. Bu qoida mahkum jazoni o’tab bo’lganiga qadar tatbiq etiladi. Mahkumlarga belgilanadigan sharoitlar koloniyaning rejim turiga qarab bir-biridan farq qiladi. Umumiy rejimli koloniyalarda oddiy sharoitda saqlanayotgan mahkumlar umumiy yotoqxonalarda saqlanadi. Umumiy tartibli koloniyalarning kartserlarida bir kishilik kameralarida mahkumlarni saqlash tartibi haqida ham so’z yuritamiz. Mahkumlarga nisbatan boshqa ta’sir o’tkazish choralarini qo’llash ijobiy natija bermagan hollarda, ular umumiy koloniyalarning kartserlarida bir kishilik kameralariga o’tkaziladilar, bunda jazoni o’tash rejimi talablarini qasddan buzgan hollarda, saqlash muddati 6 (olti) oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarning kartserlarida esa 3 (uch) oygacha bo’lgan muddatda belgilanadi. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o’tash shartlari JIKning 117- moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra, umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravarigacha bo’lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: to’rt marta qisqa muddatli va to’rt marta uzoq muddatli uchrashuv; olti marta telefon orqali so’zlashuv; oltita posilka yoki yo’qlov; oltita banderol olish huquqiga ega. Mahkumlarga uchrashuvlar sonini belgilash JIKning 76-moddasi va umumiy tartibli muassasaning ichki nizomi asosida amalga oshiriladi. Masalan, ushbu moddada uzoq muddatli uchrashuv mahkumning iltimosiga ko’ra qisqa muddatli uchrashuv yoki telefon orqali so’zlashuv bilan almashtirilishi mumkin. Shuningdek, umumiy tartibli koloniyalarda ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. Ular kodeksning 113- 191 moddasiga ko’ra, belgilangan jazo muddatining qolgan qismini manzil- koloniyalarda o’tashadi. Shuningdek, o’zining xulq-atvori bilan namuna bo’ladigan mahkumlar qo’shimcha ravishda yil davomida belgilangan huquqlarga bitta uchrashuv, bitta telefon orqali so’zlashuv, bitta posilka yoki yo’qlov olishlari mumkin. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi JIKning 48-moddasiga ko’ra, qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo’linadi: – ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; – ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan va o’ta og’ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o’ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. Mahkumlarni differensiatsiya qilish maqsadida qonun chiqaruvchi qattiq tartibli koloniyalarning ham ikki turini belgilaydi. Birinchi turdagi qattiq tartibli koloniyalarda ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan va qasddan jinoyat Qattiq tartibli koloniyalarda quyidagilar jazo o’taydilar: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag’batlantirish tarzida o’tkazilgan mahkumlar; sud tayinlagan turma qamog’i muddatini o’taganidan so’ng turmalardan o’tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil- koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar. 192 sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadi. Ikkinchi turida esa, ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan va o’ta og’ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o’ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadi. Mahkumlarni bu kabi tabaqalashtirish o’zini oqlagan bo’lib, jinoiy tajribaga ega bo’lgan mahkumlarni o’z tajribalarini boshqalarga o’rgatishlarini oldini oladi. Turli kategoriyadagi mahkumlarni alohida saqlash JIKning – jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish prinsipini o’zida mujassamlashtiradi. Bu kabi jazoni ijro etish muassasalari mahkumning harakteri va ijtimoiy xavflilik darajasi, uning shaxsi, xulqini hisobga olib axloq tuzatish vositalarini qo’llaydi. Sharhlanayotgan modda jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatiga sud tomonidan bir turdagi rejim belgilangan mahkumlarni bir-biridan alohida saqlash majburiyatini yuklaydi. JIKning 118-moddasida qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi belgilab qo’yilgan bo’lib, qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag’batlantirish tarzida o’tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o’taganidan so’ng turmalardan o’tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o’tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar o’taydi. Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o’tkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga o’tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o’taydilar. Ta’kidlaganimizdek, qattiq tartibli koloniyalarda o’ta og’ir jinoyati uchun birinchi marotaba ozodlikdan mahrum qilingan va xavfli retsidivist 193 deb topilgan ayollar ham saqlanadilar. Qattiq tartibli koloniyalarda ham umumiy yengillashtirilgan og’ir sharoit qoidalari joriy etiladi, lekin qattiq tartibli koloniyalardagi sharoitlar ham umumiy rejim koloniyalarning sharoitlaridan qattiqlashtirilganligi bilan farqlanadi. Mahkumlarni axloqan tuzatish va halol mehnatga o’rgatish uchun uni yengil sharoitga o’tkazish va muassasada o’rnatilgan tartib-qoidalarni buzuvchi ashadiy tartibsiz deb topilganida esa, og’irlashtirilgan sharoitga o’tkazish masalasi ko’rib chiqiladi va shu qoidaga rioya qilinadi. JIKning 109-moddasining to’rtinichi qismiga muvofiq, qattiq tartibli koloniyaning kartserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa, uch oygacha bo’lgan muddatga o’tkazib qo’yiladi. Odatda, koloniyalarga kelib tushgan mahkum JIKning 104-moddasining 1-qismida belgilangan muddat o’tgunga qadar sharoitini o’zgartirish qoidasi tatbiq etilmaydi. Bu muddat o’tganidan so’ng yengillashtirilgan sharoitga o’tkazish masalasi ko’rib chiqilishi mumkin. Mahkum yengillashtirilgan sharoitga o’tkazilganda, o’tkazish muddati belgilanmaydi. Faqat mahkumning xulqi yomonligi va tartibbuzarligi natijasida uni oddiy sharoitga yoki og’irlashtirilgan sharoitga o’tkazish muddati belgilanadi va mahkum ko’pi bilan olti oyga og’irlashtirilgan sharoitga o’tkazilishi mumkin. Yengillashtirilgan yoki huquqlari cheklangan sharoitlarda ham maxsus ichki tartib qoidalar mahkumni majburiy mehnatga jalb qilish tartibi, ularga huquq va majburiyatlarini belgilash qoidalari joriy etiladi. Shuningdek, koloniyalarning hibsxonasida va turmalarining kartserida jazoni o’tash tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan JIKda nazarda tutilgan barcha jazo choralari, shu jumladan, hibsxona yoki kartserga takroran kiritib qo’yish chorasi qo’llaniladi. Bunday hollarda jazo muddatining yani hisobi avvalgi qaror bo’yicha belgilangan jazo muddati tugagan zahotiyoq boshlanadi. Qattiq tartibli koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar sharoitini yengillashtirish asoslari va tartibi. JIKning 119-moddasiga ko’ra, qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravarigacha bo’lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: – uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv; – to’rt marta telefon orqali so’zlashuv; – to’rtta posilka yoki yo’qlov; 194 – to’rtta banderol olish huquqiga ega hisoblanadilar. Qattiq tartibli koloniyalarda chekish, stolda o’ynaladigan o’yinlar o’ynash, ko’r’a-to’shaklardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Beriladigan ovqat ham kamaytirilgan normada, ularga bir sutkada bir soatgacha ochiq havoda sayr qilishga ruxsat beriladi. Qattiq tartibli koloniyalar kartserlarining bir kishilik kameralarida saqlanayotgan mahkumlar oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 30 foizigacha pul sarflash hamda har kuni muddati bir yarim soatlik sayr qilish huquqiga ega. Qattiq tartibli koloniyalarning hibsxonalariga yoki tergov hibsxonalari va turmalarining kartserlariga kiritib qo’yilgan mahkumlarga kamaytirilgan normalar bo’yicha beriladi. Mahkumlar hibsxona va kartserlarda bo’lgan paytlarida muassasa ma’muriyati ularning shaxsiy buyumlari to’la-to’kis saqlanishini ta’minlaydi. Intizomiy bo’limga kiritib qo’yilgan mahkumning oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy ashyolari omborxonaga to’shiriladi va jazo chorasi tugagandan keyin unga qaytarib beriladi. Bunda uzoq saqlash oqibatida oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy sabablarga ko’ra buzilib, iste’mol uchun yaramay qolsa, komissiya tuzilib, ushbu komissiya dalolatnoma tuzadi va mahkumning roziligi bilan ular yo’q qilinadi. Mahkumlarning ko’pi bilan uch mart qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv, to’rt marta telefon orqali so’zlashuv, to’rtta posilka yoki yo’qlov, to’rtta banderol olish huquqiga ega ekanligi haqida ham so’z yuritiladi. Bu imtiyozlar mahkum sharoitining o’zgartirilishi bilan o’zgarishi mumkin. Bu hol unga berilgan barcha imtiyozlarning bekor bulishi bilan namoyon bo’ladi va JIK 109-moddasining to’rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida belgilangan huquqiy cheklash turlari va qo’shimcha huquqlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Jumladan, yengillashtirilgan sharoitdagi qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar eng kam oylik ish haqining o’n foizigacha qiymatda pul sarflash, qo’shimcha posilka, banderol yoki yo’qlov olish huquqlari, telefon orqali so’zlashuv huquqlari bilan ta’minlanishi mumkin. Qattiq tartibli koloniyadagi intizomiy bo’limlarida kartserlarda jazoni o’tayotgan mahkumlar esa chekish, stolda o’ynaladigan o’yinlardan, kitob, gazeta-jurnal va boshqa adabiyotlardan, o’rin-ko’r’a buyumlardan, telefon orqali so’zlashuv va uchrashuvlardan foydalanish, oziq-ovqat mahsuloti va eng zarur narsalarni sotib olish, yo’qlov, posilka hamda banderollarni olish 195 va jo’natish, xat va boshqa jo’natmalarni yuborish man etiladi. Ularga o’zlari bilan birga oziq-ovqat va shaxsiy buyumlarni olib kirish taqiqlanadi, yuvinish paytida foydalanish uchun beriladigan narsalar bundan mustasno. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi va shartlari Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o’tash tartibi JIKning 120- moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra, maxsus tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar o’taydilar. ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. Maxsus tartibli koloniyalarda quyidagilar jazo o’taydilar: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar. 196 Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o’tkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga o’tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o’taydilar. Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar sharoiti og’irlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Umumiy sharoitdagi maxsus rejimli koloniyalarda ham mahkum sharoitining alohida og’irlashtirilganligini ko’rish mumkin. Shuning uchun xam maxsus rejimli koloniyalarda faqat o’ta xavfli retsidivistlar yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi avf etilib, ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlargina saqlanishi mumkin. Maxsus tartibli koloniyalarga ayollar yuborilmaydi. Maxsus tartibli koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar ham jazoning uchdan bir qismni o’tab bo’lgandan so’ng yengillashtirilgan sharoitga o’tkazilishi mumkin. Yengillashtirilgan sharoitga o’tkazilgan mahkumlarga JIKning 104-moddasi talablariga binoan qo’shimcha imtiyozlar beriladi. Mahkum qanday shartlarga ko’ra yengillashtiriladigan sharoitlarga o’tkazilgan bo’lsa, xuddi shu tartibda kartserlarga kiritib qo’yilishlari mumkin. Kartserga kiritib qo’yishga o’n besh sutkagacha ruxsat beriladi. Jumladan, mahkumlar turmalardan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarimini o’taganlaridan keyin, JPK 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi. Jumladan, ushbu moddada ta’kidlanishicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga o’tkazish jazoni ijro etish muassasi ma’muriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek, mahkum yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko’ra, sudya tomonidan amalga oshiriladi. Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga o’tkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o’tgach, qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar odatda alohida kameralarda saqlanadilar. Kameralarda saqlanayotgan mahkumlar mehnati ham kamera sharoitlariga mos ravishda tashkil etiladi. Maxsus tartibli koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlar har kuni bir yarim soatgacha, yengillashtirilgan sharoitga o’tkazilgach esa ikki soatgacha sayrga olib chiqilishlari mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling