Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o’tash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/33
Sana20.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18295
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33

Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o’tash  
tartibi va shartlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Umumiy 
tartibli 
koloniyalarda 
jazoni 
o’tash 
tartibi  
va 
shartlari 
O’zbekiston 
Respublikasi 
JIKning  
116 va 117-moddalarida o’z aksini to’gan.  
O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  ozodlikdan  mahrum 
qilish  turidagi  jazoni  ijro  etish  muassasalarining  ichki  tartib  qoidalari 
[O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to’plami,  2013-y.,  31-son,  414-
modda]  19-bandiga  ko’ra,  umumiy  tartibli  koloniyalar  quyidagilarga 
bo’linadi:  

 
og’ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum 
etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; 

 
o’ta  og’ir  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  birinchi  marta  ozodlikdan 
mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; 

 
og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum 
etishga  hukm  qilingan  ayollar  saqlanadigan  koloniyalar,  JIKning  48-
moddasida ko’rsatilgan ayollar bundan mustasno. 
Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: 

 
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar
Umumiy tartibli  
koloniyalarda 
quyidagilar jazo 
o’taydilar:  
 
mazkur  
muassasaga sud 
hukmiga binoan 
kelgan mahkumlar; 
 
mahkumlar 
yigirma 
bir 
yoshga 
to’lganidan, 
salbiy 
tavsifga 
ega 
mahkumlar  esa  o’n 
sakkiz 
yoshga 
to’lganidan keyin jazo 
o’tashni 
davom 
ettirish  uchun  tarbiya 
koloniyasidan umumiy 
tartibli 
koloniyaga 
o’tkaziladi. 
sud tomonidan 
manzil-
koloniyalardan 
intizomiy jazo 
tarzida o’tkazilgan 
mahkumlar; 
ozodlikdan 
mahrum 
qilish 
bilan 
bog’liq 
bo’lmagan jazo sud 
tomonidan 
ozodlikdan  mahrum 
qilish  jazosi  bilan 
almashtirilgan 
mahkumlar 
o’taydilar. 
 

189 
 

 
JIKning 
129-moddasida 
nazarda 
tutilgan 
hollarda 
tarbiya 
koloniyalaridan o’tkazilgan mahkumlar; 

 
sud  tomonidan  manzil-koloniyalardan  intizomiy  jazo  tarzida 
o’tkazilgan mahkumlar; 

 
qasddan  og’ir  va  o’ta  og’ir  jinoyat  sodir  etganligi  uchun  birinchi 
marta  hukm  qilingan,  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  bog’liq  bo’lmagan 
jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida 
sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;  

 
rag’batlantirish  tarzida  yoki  sud  tomonidan  tayinlangan  turmaga 
qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o’taganidan keyin 
turmalardan o’tkazilgan mahkumlar o’taydi. 
Ijobiy  tavsifga  ega  mahkumlar  JIKning  104-moddasida  nazarda 
tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. 
Umumiy  tartibli  bir  koloniyadan  ikkinchisiga  o’tkazilgan  mahkumlar 
jazoni  bu  yerga  o’tkazilgunga  qadar  belgilangan  saqlash  sharoitida 
o’taydilar. 
Tarbiya koloniyasidan o’tkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan 
saqlash sharoitida o’taydilar. 
Koloniyalarda asosan, uch xil sharoitdagi saqlash joylari tashkil etilib, 
ular:  oddiy,  yengillashtirilgan  va  og’irlashtirilgan  sharoitlarga  bo’linishi 
mumkin. 
Bunday 
sharoitlarni 
tashkil 
etish 
mahkumlarni 
saqlash 
yotoqxonalarining  alohida  tashkil  etilishi  bilan  tartibga  solinadi.  Oddiy 
sharoitdagi 
koloniyaga 
odatda, 
mahkum 
sudning 
hukmi 
bilan 
keltirilgandagina kiritib qo’yiladi. 
Keyinchalik  bunday  sharoitdagi  koloniyaga  yengillashtirilgan  yoki 
og’irlashtirilgan  sharoitdan  o’tkazilgan  mahkumlar  ham  kiritilishi  mumkin. 
Bunday sharoitdan yengillashtirilgan sharoitga o’tkazish mahkumlarning JIK 
104-moddasida  belgilangan  qismni  o’tash  mobaynidagi  xulq-atvoriga  qarab 
ma’muriyat  tomonidan  tashkil  etilgan  komissiyaning  xulosasiga  binoan 
o’tkaziladi.  Bu  komissiyaning  mahkumga  berilgan  intizomiy  yoki 
rag’batlantirish  choralarini  o’rganib  chiqishga  ko’ra  hal  qilinadi. 
Yengillashtirilgan sharoitga o’tkazish mahkum uchun ijobiy tarbiyalashning 
asosi  bo’lib  hisoblanadi  va  uning  xulq-atvorining  yaxshilanishi  natijasida 
jazoni  muddatidan  avval  bekor  qilish  yoki  yengilrog’i  bilan  almashtirish 
haqida uqtiriladi. 
Odatda,  mahkumni  jazo  muddati  tugashiga  yaqin  qolganida  ularni 
yengillashtirilgan  sharoitga  o’tkazish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi  va 
bunday sharoitda saqlanayotgan mahkum ozodlik belgilarini sezishi va unga 
ko’nikish imkoniyatiga ega bo’la oladi.  

190 
 
Mahkumni  intizomiy  jazolash  turi  sifatida  huquqlari  cheklangan 
sharoitga  o’tkazib  qo’yish  mahkumlarni  yana  keyinchalik  ijobiy  xulqi, 
mehnatga  halol  munosabatini  hisobga  olib,  bunday  huquqiy  cheklash  yoki 
kartserda  saqlash  muddati  tugashi  bilan  mahkumga  belgilangan  intizomiy 
chora  bekor  qilinib,  mahkum  yana  ilgarigi  huquqlarga  ega  bo’ladi.  Bunday 
huquqiy  cheklashlarni  muddatidan  oldin  ham  olib  tashlash  mumkin.  Bu 
qoida mahkum jazoni o’tab bo’lganiga qadar tatbiq etiladi. 
Mahkumlarga belgilanadigan sharoitlar koloniyaning rejim turiga qarab 
bir-biridan  farq  qiladi.  Umumiy  rejimli  koloniyalarda  oddiy  sharoitda 
saqlanayotgan mahkumlar umumiy yotoqxonalarda saqlanadi.  
Umumiy tartibli koloniyalarning kartserlarida bir kishilik kameralarida 
mahkumlarni  saqlash  tartibi  haqida  ham  so’z  yuritamiz.  Mahkumlarga 
nisbatan  boshqa  ta’sir  o’tkazish  choralarini  qo’llash  ijobiy  natija  bermagan 
hollarda, ular umumiy koloniyalarning kartserlarida bir kishilik kameralariga 
o’tkaziladilar,  bunda  jazoni  o’tash  rejimi  talablarini  qasddan  buzgan 
hollarda,  saqlash  muddati  6  (olti)  oygacha,  ayollar  saqlanadigan 
koloniyalarning  kartserlarida  esa  3  (uch)  oygacha  bo’lgan  muddatda 
belgilanadi. 
Umumiy  tartibli  koloniyalarda  jazoni  o’tash  shartlari  JIKning  117-
moddasida  belgilab  qo’yilgan  bo’lib,  unga  ko’ra,  umumiy  tartibli 
koloniyalarda  mahkumlar  umumiy  turar  joylarda  yashaydilar.  Mahkumlar 
belgilangan  eng  kam  ish  haqi  miqdorining  ikki  baravarigacha  bo’lgan 
summaga  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  eng  zarur  narsalar  sotib  olishlari 
mumkin.  
 
Mahkumlar yil mobaynida: 

 
to’rt marta qisqa muddatli va to’rt marta uzoq muddatli uchrashuv; 

 
olti marta telefon orqali so’zlashuv; 

 
oltita posilka yoki yo’qlov; 

 
oltita banderol olish huquqiga ega.  
 
Mahkumlarga 
uchrashuvlar 
sonini 
belgilash 
JIKning  
76-moddasi  va  umumiy  tartibli  muassasaning  ichki  nizomi  asosida  amalga 
oshiriladi.  Masalan,  ushbu  moddada  uzoq  muddatli  uchrashuv  mahkumning 
iltimosiga  ko’ra  qisqa  muddatli  uchrashuv  yoki  telefon  orqali  so’zlashuv 
bilan almashtirilishi mumkin.  
Shuningdek,  umumiy  tartibli  koloniyalarda  ijobiy  tavsifga  ega 
mahkumlar 
JIKning 
104-moddalarida 
nazarda 
tutilgan 
tartibda 
yengillashtirilgan  saqlash  sharoitiga  o’tkaziladi.  Ular  kodeksning  113-

191 
 
moddasiga  ko’ra,  belgilangan  jazo  muddatining  qolgan  qismini  manzil-
koloniyalarda  o’tashadi.  Shuningdek,  o’zining  xulq-atvori  bilan  namuna 
bo’ladigan  mahkumlar  qo’shimcha  ravishda  yil  davomida  belgilangan 
huquqlarga bitta uchrashuv, bitta telefon orqali so’zlashuv, bitta posilka yoki 
yo’qlov olishlari mumkin. 
 
Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o’tash  
tartibi va shartlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasi JIKning 48-moddasiga ko’ra, qattiq tartibli 
koloniyalar quyidagilarga bo’linadi: 
– ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi  jazoni  o’tagan  va  qasddan  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  yana 
sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; 
– ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi  jazoni  o’tagan  va  o’ta  og’ir  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  yana 
sudlangan  ayollar,  shuningdek  o’ta  xavfli  retsidivist  deb  topilgan  ayollar 
saqlanadigan koloniyalar. 
Mahkumlarni  differensiatsiya  qilish  maqsadida  qonun  chiqaruvchi 
qattiq  tartibli  koloniyalarning  ham  ikki  turini  belgilaydi.  Birinchi  turdagi 
qattiq  tartibli  koloniyalarda  ilgari  qasddan  sodir  etilgan  jinoyat  uchun 
ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazoni  o’tagan  va  qasddan  jinoyat 
 
Qattiq tartibli  
koloniyalarda quyidagilar 
jazo o’taydilar:  
 
mazkur 
muassasaga sud 
hukmiga binoan 
kelgan 
mahkumlar; 
 
turmalar va 
maxsus tartibli 
koloniyalardan 
rag’batlantirish 
tarzida 
o’tkazilgan 
mahkumlar; 
 
sud tayinlagan 
turma qamog’i 
muddatini 
o’taganidan 
so’ng 
turmalardan 
o’tkazilgan 
mahkumlar; 
 
sud tomonidan 
manzil-
koloniyalardan 
intizomiy jazo 
tarzida 
qaytarilgan 
mahkumlar. 
 

192 
 
sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadi. Ikkinchi turida esa, 
ilgari  qasddan  sodir  etilgan  jinoyat  uchun  ozodlikdan  mahrum  qilish 
tariqasidagi  jazoni  o’tagan  va  o’ta  og’ir  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  yana 
sudlangan  ayollar,  shuningdek  o’ta  xavfli  retsidivist  deb  topilgan  ayollar 
saqlanadi. 
Mahkumlarni  bu  kabi  tabaqalashtirish  o’zini  oqlagan  bo’lib,  jinoiy 
tajribaga  ega  bo’lgan  mahkumlarni  o’z  tajribalarini  boshqalarga 
o’rgatishlarini oldini oladi. 
Turli kategoriyadagi mahkumlarni alohida saqlash JIKning – jazoni ijro 
etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish prinsipini o’zida 
mujassamlashtiradi.  Bu  kabi  jazoni  ijro  etish  muassasalari  mahkumning 
harakteri  va  ijtimoiy  xavflilik  darajasi,  uning  shaxsi,  xulqini  hisobga  olib 
axloq tuzatish vositalarini qo’llaydi.  
Sharhlanayotgan  modda  jazoni  ijro  etish  muassasasi  rahbariyatiga  sud 
tomonidan  bir  turdagi  rejim  belgilangan  mahkumlarni  bir-biridan  alohida 
saqlash majburiyatini yuklaydi.  
JIKning  118-moddasida  qattiq  tartibli  koloniyalarda  jazoni  o’tash 
tartibi belgilab qo’yilgan bo’lib, qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: 

 
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar

 
turmalar  va  maxsus  tartibli  koloniyalardan  rag’batlantirish  tarzida 
o’tkazilgan mahkumlar; 

 
sud  tomonidan  tayinlangan  turmaga  qamash  tariqasidagi  ozodlikdan 
mahrum  qilish  muddatini  o’taganidan  so’ng  turmalardan  o’tkazilgan 
mahkumlar;  

 
sud  tomonidan  manzil-koloniyalardan  intizomiy  jazo  tarzida 
qaytarilgan mahkumlar;  

 
qasddan  sodir  etgan  jinoyati  uchun  ozodlikdan  mahrum  qilish 
tariqasidagi  jazoni  ilgari  o’tagan  va  qasddan  jinoyat  sodir  etganligi  uchun 
ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  bog’liq  bo’lmagan  jazoga  qayta  hukm 
qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazoni ozodlikdan 
mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo  bilan  almashtirish  tartibida  sudning  ajrimi 
asosida yuborilgan mahkumlar o’taydi. 
Ijobiy  tavsifga  ega  mahkumlar  JIKning  104-moddasida  nazarda 
tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. 
Qattiq  tartibli  bir  koloniyadan  ikkinchisiga  o’tkazilgan  mahkumlar 
jazoni  bu  yerga  o’tkazilgunga  qadar  belgilangan  saqlash  sharoitida 
o’taydilar. 
Ta’kidlaganimizdek,  qattiq  tartibli  koloniyalarda  o’ta  og’ir  jinoyati 
uchun  birinchi  marotaba  ozodlikdan  mahrum  qilingan  va  xavfli  retsidivist 

193 
 
deb  topilgan  ayollar  ham  saqlanadilar.  Qattiq  tartibli  koloniyalarda  ham 
umumiy  yengillashtirilgan  og’ir  sharoit  qoidalari  joriy  etiladi,  lekin  qattiq 
tartibli  koloniyalardagi  sharoitlar  ham  umumiy  rejim  koloniyalarning 
sharoitlaridan qattiqlashtirilganligi bilan farqlanadi. 
Mahkumlarni  axloqan  tuzatish  va  halol  mehnatga  o’rgatish  uchun  uni 
yengil  sharoitga  o’tkazish  va  muassasada  o’rnatilgan  tartib-qoidalarni 
buzuvchi  ashadiy  tartibsiz  deb  topilganida  esa,  og’irlashtirilgan  sharoitga 
o’tkazish masalasi ko’rib chiqiladi va shu qoidaga rioya qilinadi.  
JIKning  109-moddasining  to’rtinichi  qismiga  muvofiq,  qattiq  tartibli 
koloniyaning  kartserlariga  olti  oygacha,  ayollar  saqlanadigan  koloniyalarda 
esa, uch oygacha bo’lgan muddatga o’tkazib qo’yiladi.  
Odatda, 
koloniyalarga 
kelib 
tushgan 
mahkum 
JIKning  
104-moddasining  1-qismida  belgilangan  muddat  o’tgunga  qadar  sharoitini 
o’zgartirish  qoidasi  tatbiq  etilmaydi.  Bu  muddat  o’tganidan  so’ng 
yengillashtirilgan  sharoitga  o’tkazish  masalasi  ko’rib  chiqilishi  mumkin. 
Mahkum  yengillashtirilgan  sharoitga  o’tkazilganda,  o’tkazish  muddati 
belgilanmaydi.  Faqat  mahkumning  xulqi  yomonligi  va  tartibbuzarligi 
natijasida  uni  oddiy  sharoitga  yoki  og’irlashtirilgan  sharoitga  o’tkazish 
muddati  belgilanadi  va  mahkum  ko’pi  bilan  olti  oyga  og’irlashtirilgan 
sharoitga o’tkazilishi mumkin. Yengillashtirilgan yoki huquqlari cheklangan 
sharoitlarda ham maxsus ichki tartib qoidalar mahkumni majburiy mehnatga 
jalb  qilish  tartibi,  ularga  huquq  va  majburiyatlarini  belgilash  qoidalari  joriy 
etiladi. 
Shuningdek,  koloniyalarning  hibsxonasida  va  turmalarining  kartserida 
jazoni 
o’tash 
tartibini 
buzuvchi 
shaxslarga 
nisbatan  
JIKda  nazarda  tutilgan  barcha  jazo  choralari,  shu  jumladan,  hibsxona  yoki 
kartserga takroran kiritib qo’yish chorasi qo’llaniladi. Bunday hollarda jazo 
muddatining  yani  hisobi  avvalgi  qaror  bo’yicha  belgilangan  jazo  muddati 
tugagan zahotiyoq boshlanadi. 
Qattiq  tartibli  koloniyalarda  saqlanayotgan  mahkumlar  sharoitini 
yengillashtirish  asoslari  va  tartibi.  JIKning  119-moddasiga  ko’ra,
 
qattiq 
tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. 
Mahkumlar  belgilangan  eng  kam  ish  haqi  miqdorining  bir  yarim 
baravarigacha  bo’lgan  summaga  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  eng  zarur 
narsalar sotib olishlari mumkin.   
 
Mahkumlar yil mobaynida: 
– uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv; 
– to’rt marta telefon orqali so’zlashuv; 
– to’rtta posilka yoki yo’qlov; 

194 
 
– to’rtta banderol olish huquqiga ega hisoblanadilar.  
 
Qattiq  tartibli  koloniyalarda  chekish,  stolda  o’ynaladigan  o’yinlar 
o’ynash,  ko’r’a-to’shaklardan  foydalanishga  ruxsat  etilmaydi.  Beriladigan 
ovqat  ham  kamaytirilgan  normada,  ularga  bir  sutkada  bir  soatgacha  ochiq 
havoda sayr qilishga ruxsat beriladi. 
Qattiq  tartibli  koloniyalar  kartserlarining  bir  kishilik  kameralarida 
saqlanayotgan  mahkumlar  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  eng  zarur  narsalar 
sotib  olish  uchun  belgilangan  eng  kam  ish  haqi  miqdorining  30  foizigacha 
pul  sarflash  hamda  har  kuni  muddati  bir  yarim  soatlik  sayr  qilish  huquqiga 
ega. 
 
Qattiq  tartibli  koloniyalarning  hibsxonalariga  yoki  tergov  hibsxonalari 
va  turmalarining  kartserlariga  kiritib  qo’yilgan  mahkumlarga  kamaytirilgan 
normalar bo’yicha beriladi.  
 
Mahkumlar  hibsxona  va  kartserlarda  bo’lgan  paytlarida  muassasa 
ma’muriyati ularning shaxsiy buyumlari to’la-to’kis saqlanishini ta’minlaydi. 
Intizomiy  bo’limga  kiritib  qo’yilgan  mahkumning  oziq-ovqat  mahsulotlari 
va  shaxsiy  ashyolari  omborxonaga  to’shiriladi  va  jazo  chorasi  tugagandan 
keyin  unga  qaytarib  beriladi.  Bunda  uzoq  saqlash  oqibatida  oziq-ovqat 
mahsulotlari  tabiiy  sabablarga  ko’ra  buzilib,  iste’mol  uchun  yaramay  qolsa, 
komissiya  tuzilib,  ushbu  komissiya  dalolatnoma  tuzadi  va  mahkumning 
roziligi bilan ular yo’q qilinadi. 
Mahkumlarning ko’pi bilan uch mart qisqa muddatli va uch marta uzoq 
muddatli uchrashuv, to’rt marta telefon orqali so’zlashuv, to’rtta posilka yoki 
yo’qlov,  to’rtta  banderol  olish  huquqiga  ega  ekanligi  haqida  ham  so’z 
yuritiladi. Bu imtiyozlar mahkum sharoitining o’zgartirilishi bilan o’zgarishi 
mumkin.  Bu  hol  unga  berilgan  barcha  imtiyozlarning  bekor  bulishi  bilan 
namoyon  bo’ladi  va  JIK  109-moddasining  to’rtinchi,  beshinchi  va  oltinchi 
qismlarida belgilangan huquqiy cheklash turlari va qo’shimcha huquqlardan 
foydalanishga  ruxsat  etiladi.  Jumladan,  yengillashtirilgan  sharoitdagi  qattiq 
tartibli koloniyalarda mahkumlar eng kam oylik ish haqining o’n foizigacha 
qiymatda  pul  sarflash,  qo’shimcha  posilka,  banderol  yoki  yo’qlov  olish 
huquqlari, telefon orqali so’zlashuv huquqlari bilan ta’minlanishi mumkin. 
Qattiq  tartibli  koloniyadagi  intizomiy  bo’limlarida  kartserlarda  jazoni 
o’tayotgan  mahkumlar  esa  chekish,  stolda  o’ynaladigan  o’yinlardan,  kitob, 
gazeta-jurnal  va  boshqa  adabiyotlardan,  o’rin-ko’r’a  buyumlardan,  telefon 
orqali  so’zlashuv  va  uchrashuvlardan  foydalanish,  oziq-ovqat  mahsuloti  va 
eng zarur narsalarni sotib olish, yo’qlov, posilka hamda banderollarni  olish 

195 
 
va jo’natish, xat va boshqa jo’natmalarni yuborish man etiladi. Ularga o’zlari 
bilan  birga  oziq-ovqat  va  shaxsiy  buyumlarni  olib  kirish  taqiqlanadi, 
yuvinish paytida foydalanish uchun beriladigan narsalar bundan mustasno.  
 
Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o’tash  
tartibi va shartlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Maxsus  tartibli  koloniyalarda  jazoni  o’tash  tartibi  JIKning  120-
moddasida  belgilab  qo’yilgan  bo’lib,  unga  ko’ra,  maxsus  tartibli 
koloniyalarda jazoni: 

 
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; 

 
umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilinganlar,  shuningdek  umrbod 
ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  afv  etish  tartibida  ozodlikdan  mahrum 
qilish bilan almashtirilgan shaxslar;  

 
sud  tomonidan  qattiq  tartibli  koloniyalardan  intizomiy  jazo  tarzida 
qaytarilgan mahkumlar o’taydilar. 

 
ijobiy  tavsifga  ega  mahkumlar  JIKning  104-moddasida  nazarda 
tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi. 
Maxsus tartibli  koloniyalarda 
quyidagilar jazo o’taydilar:  
mazkur 
muassasaga 
sud  hukmiga  binoan 
kelgan mahkumlar; 
 
umrbod 
ozodlikdan 
mahrum  qilinganlar, 
shuningdek 
umrbod 
ozodlikdan 
mahrum 
qilish  jazosi  afv  etish 
tartibida 
ozodlikdan 
mahrum  qilish  bilan 
almashtirilgan 
shaxslar; 
sud  tomonidan  qattiq 
tartibli  koloniyalardan 
intizomiy  jazo  tarzida 
qaytarilgan 
mahkumlar. 
 

196 
 
Maxsus  tartibli  bir  koloniyadan  ikkinchisiga  o’tkazilgan  mahkumlar 
jazoni  bu  yerga  o’tkazilgunga  qadar  belgilangan  saqlash  sharoitida 
o’taydilar. 
Maxsus  tartibli  koloniyalarda  mahkumlar  sharoiti  og’irlashtirilganligi 
bilan  ajralib  turadi.  Umumiy  sharoitdagi  maxsus  rejimli  koloniyalarda  ham 
mahkum  sharoitining  alohida  og’irlashtirilganligini  ko’rish  mumkin. 
Shuning  uchun  xam  maxsus  rejimli  koloniyalarda  faqat  o’ta  xavfli 
retsidivistlar  yoki  umrbod  ozodlikdan  mahrum  etish  jazosi  avf  etilib, 
ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  almashtirilgan  mahkumlargina  saqlanishi 
mumkin. Maxsus tartibli koloniyalarga ayollar yuborilmaydi.  
Maxsus  tartibli  koloniyalarda  saqlanayotgan  mahkumlar  ham  jazoning 
uchdan  bir  qismni  o’tab  bo’lgandan  so’ng  yengillashtirilgan  sharoitga 
o’tkazilishi  mumkin.  Yengillashtirilgan  sharoitga  o’tkazilgan  mahkumlarga 
JIKning  104-moddasi  talablariga  binoan  qo’shimcha  imtiyozlar  beriladi. 
Mahkum  qanday  shartlarga  ko’ra  yengillashtiriladigan  sharoitlarga 
o’tkazilgan  bo’lsa,  xuddi  shu  tartibda  kartserlarga  kiritib  qo’yilishlari 
mumkin.  Kartserga  kiritib  qo’yishga  o’n  besh  sutkagacha  ruxsat  beriladi. 
Jumladan,  mahkumlar  turmalardan  jazoni  ijro  etish  koloniyasiga  va  maxsus 
tartibli  koloniyadan  qattiq  tartibli  koloniyaga  sud  tayinlagan  jazo 
muddatining  kamida  yarimini  o’taganlaridan  keyin,  JPK  537-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi. 
Jumladan, ushbu moddada ta’kidlanishicha qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan  asoslarga  muvofiq  mahkumni  jazoni  ijro  etishning  bir  tartibli 
koloniyasidan  boshqa  tartibli  koloniyasiga,  turmadan  koloniyaga  va 
koloniyadan  turmaga  o’tkazish  jazoni  ijro  etish  muassasi  ma’muriyatining 
taqdimnomasiga  binoan,  shuningdek,  mahkum  yoki  uning  himoyachisining 
iltimosnomasiga ko’ra, sudya tomonidan amalga oshiriladi. 
Sudya  jazoni  ijro  etishning  bir  tartibli  koloniyasidan  boshqa  tartibli 
koloniyasiga,  turmadan  koloniyaga,  koloniyadan  turmaga  o’tkazishni  rad 
etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish 
haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o’tgach, qayta ko’rib 
chiqilishi mumkin. 
Umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  ozodlikdan  mahrum  qilish 
bilan almashtirilgan mahkumlar odatda alohida kameralarda saqlanadilar. 
Kameralarda  saqlanayotgan  mahkumlar  mehnati  ham  kamera 
sharoitlariga  mos  ravishda  tashkil  etiladi.  Maxsus  tartibli  koloniyalarda 
saqlanayotgan  mahkumlar  har  kuni  bir  yarim  soatgacha,  yengillashtirilgan 
sharoitga o’tkazilgach esa ikki soatgacha sayrga olib chiqilishlari mumkin. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling