Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Glossariy: Adolat prinsipi - jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, har qanday mahkum garchand jinoyatchi bo’lishiga qaramay, adolat prinsipi asosida jazodan ozod qilinish imkoniyatiga ega bo’la oladi. Amnistiya (yunoncha – “amnestia”) – kechirish, xotirdan chiqarishni bildiruvchi xalqaro atamaga aylangan. Odatda ko’p mamlakatlarda umumiy va xususiy amnistiya iboralari qo’llanadi. Umumiy amnistiya (ba’zan “afvi umumiy” deb nomlanadi) huquqbuzarlik sodir etgan muayyan toifadagi shaxslarga nisbatan qo’llanadi. Xususiy afv bevosita muayyan shaxsni kechirish, uning qismatini yengillashtirishdan iborat. Afv ham, gunohni kechirish ham shaxsni reabilitatsiya qilishni anglatmaydi. Uni jinoyat protsessining barcha bosqichlarida afv etilishi, hatto unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilishi afv akti asosida rad qilinmog’i mumkin. Afv etish akti sudlangan shaxsni to’liq yoki qisman jazodan ozod qilish yoxud tayinlangan jazoni yengilrog’i bilan almashtirish to’g’risidagi hujjat. Afv etish tartibi – O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1997-yil 17-iyuldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom bilan belgilangan. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2009-yil 13-martdagi Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Nizom tasdiqlangan. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida afv etish, qoida tariqasida, Respublika hududida joylashgan sudlar va harbiy sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarga nisbatan ularning afv etishni so’rab yozgan iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Axloq tuzatish ishlari - axloq tuzatish ishlari bu sud hukmi asosida shaxs ish xaqqining o’n foizida o’ttiz foizgacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan xolda uni mexnatga majburan jalb qilishdan iborat bo’lgan faoliyat tushuniladi. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini ijro yetish tartibi - axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy yashash joyiga ega bo’lmagan taqdirda hukm- ning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi zimmasiga yuklanadi. Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda o’taladi. 13 Axloq tuzatish ishlarida muddatni hisoblash - axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Axloq tuzatish ishlarida tayinlanadigan muddat - sudning qonuniy kuchga kirgan hukmida belgilab qo’yilgan davrga aytiladi. Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatda tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlarini o’tashdan bo’yin tovlash oqibatlari - agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo’lib o’ndan bir qismidan ko’prog’ini o’tashdan bo’yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o’talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bemorlarni yashash joyiga yuborish tartibi - shifoxonadan chiqarilgan bemorlar ahvoliga bog’liq holda mustaqil yoki qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki tibbiy xodimlarning kuzatuvida yashash joyiga yuboriladi. Boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralari – jinoyat qonunida nazarda tutilgan - shartli hukm qilish, tibbiy yo’sindagi majburlov choralari hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan majburlov choralari. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo’llash – uzr so’rash, yetkazilgan zararni qo’llash va maxsus o’quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tarzidagi majburlov choralarini ijro etishga qaratilgan vakolatli davlat organi faoliyati. Gauptvaxta – huquqbuzarlik sodir etgan oddiy tarkibdagi harbiy xizmatchilar jazoni o’taydigan joy. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat- huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar. Demokratizm prinsipi – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq ravishda jinoyat-ijroiya tizimida davlat hokimiyati, boshqaruv va o’zini-o’zi boshqarish organlarining ishtiroki demokratizm prinsipining yaqqol misolidir. Demokratizm prinsipi quyidagilarda namoyon bo’ladi: Yengillashtirilgan saqlash sharoiti muddatning kamida o’n besh yilini o’tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o’taydigan maxsus tartibli koloniya tartibi. Jazo ijrosini tugatish – sud tomonidan tayinlangan jazoning JIK 167- moddasiga ko’ra tamomlanishi. Jazo ijrosini tugatish asoslari – quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos bo’ladi: mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini o’tab bo’lishi; JIK 14 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni o’tashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi; sud hukmining bekor bo’lishi va ish yuritishning tugatilishi; hukmning nazorat tartibida o’zgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi; mahkumning vafoti. Jazodan amnistiya yoki afv akti asosida ozod qilish tartibi va shartlari – jazodan amnistiya yoki afv akti asosida ozod qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Jazodan ozod qilish – sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsni: sodir etgan jinoyat uchun tayinlangan jazodan; ushbu jazo turini haqiqatda o’tashdan; jazoni o’tashni davom ettirishdan ozod qilishga aytiladi. Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish – ozodlikdan mahrum etilgan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan, ushbu jazo turlari uchun o’rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo’lgan mahkumga nisbatan sud jazoning o’talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni ijro etish koloniyalari – O’zbekiston Respublikasi JIKga muvofiq voyaga yetgan mahkumlarni ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish uchun mo’ljallangan jazoni ijro etish uchun mo’ljallangan muassasalardan biri. Jazoni ijro etish muassasalari – jarima, muayyan huquqdan maxrum qilish, ahloq tuzatish ishlari, ozodlikdan maxrum qilish va umrbod ozodlikdan maxrum qilish jazolarini ijro etuvchi organ va muassasalarni o’z ichiga oladi. Jazoni ijro etish muassasalari – jinoyat-ijroiya tizimining fundamental bazasining tarkibiy qismi hisoblanib, jazoni ijro etishning maqsad va vazifalari, shakli, mahkumlar bilan ishlash usullari, mahkumga bo’lgan talab, boshqaruv apparatining tarkibiy tuzilmasini belgilaydi Jazoni ijro etish muassasalarida rejim tushunchasi – O’zbekiston Respublikasi JIKning talablariga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarni axloqan tuzatish maqsadida har bir muassasada maxsus rejim tashkil etiladi. Ushbu rejimni qo’llashdan maqsad mahkumlarni qonunga itoatkor ruhda tarbiyalash, ularda intizom xissini uyg’otish, shuningdek, ularning mas’uliyatini ortirishni ko’zda tutadi. Jazoni ijro etish muassasalaridagi rejimning asosiy talablari – mahkumlarni batamom ajratib qo’yish, ularni qo’riqlash va nazorat qilib turishni, mahkumlarni batamom ajratib qo’yish, ularni qo’riqlash va nazorat qilib turishni, muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni, muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni, mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarish, 15 shuningdek ularning o’z majburiyatlarini ado etishini ta’minlovchi choralarni ko’zda tutadi. Jazoni o’tash tartibini qo’pol tarzda buzish – ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda ko’rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etish, shuningdek ichki tartib qoidalarida taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, iste’mol qilish va ulardan foydalanish. Jarima jazosi - mahkumdan sud hukmi asosida davlat daromadiga JKda belgilangan miqdorda pul summasini undirishdir. Jarima eng kam oylik ish xaqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorida belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga esa eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Jarima jazosini ijro etish asosi - jarima jazosini ijro etish asosi bo’lib sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hisoblanadi. Jarima jazosini ijro etish tartibi – jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga yetgan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida, voyaga yetmagan esa olti oy ichida ixtiyoriy ravishda to’lashi shart. Jarima jazosini ijro etish sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kunning ertasi kunidan boshlanadi. Bunda sud mahkumni jarimani to’lash tartib-qoidalari bilan tanishtiradi, to’lash muddatlarini tushuntiradi, to’lov shakli va to’lashdan bosh tortganlik oqibatlarini eslatib o’tadi. Agarda mahkum mana shu muddat mobaynida jarimani ixtiyoriy ravishda to’lamasa unda jarima jazosini ijro etish majburiy ijroga yuboriladi. Jarima jazosini ijro etuvchi organ - jarima jazosini ijro etish O’zR Adliya vazirligi huzuridagi sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish,sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy taminlash departamentiga yuklangan. Jarimani to’lashdan bo’yin tovlash - Jarimani to’lashdan bo’yin tovlash deganda mahkumning qonunda belgilangan yoki sud tomonidan belgilangan tartibda uzaytirilgan vaqt mobaynida jarimani sababsiz to’lamasligi va turli xildagi asosiz bahonalar keltirishi tushuniladi. Jarimani to’lashdan bo’yin tovlash oqibatlari - agar mahkum sud hukmi bilan belgilangan jarimani to’lashdan bo’yin tovlasa mazkur jazo quyidagi jazo turlari bilan almashtiriladi: ahloq tuzatish ishlari, xizmat bo’yicha cheklash, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Ilmiy daraja va unvon deganda – professor, dotsent, fan nomzodi, fan doktori kabilarni tushunish mumkin. Sud mahkumni ilmiy daraja va ilmiy unvondan mahrum qilishi mumkin emas. 16 Insonparvarlik prinsipi – jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining umumiy prinsiplaridan biri sifatida turli xil shakl va yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Jumladan, amaldagi jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida avvalgi qonunchilikdan farqli ravishda, mahkumlarning jazoni o’tash sharoitlariga nisbatan Insonparvarlik keng doirada qonuniylashtirilgan. Bu masalalar xalqaro hujjatlarda ham o’z aksini to’gan. Intizomiy jazo choralari – mahkumlarni axloqan tuzalishi, uni halol mehnatga o’rgatish va jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib- intizomiga bo’ysunishini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Intizomiy qism – ichki tartibi bir muncha qattiqroq bo’lgan harbiy qism Intizomiy qismga jo’natish – muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo’lgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etish Kartser – bu bir kishilik kamera hisoblanib, mahkumga nisbatan boshqa ta’sir choralarini qo’llash ijobiy natija bermagan hollarda, uni umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning kartserlaridagi bir kishilik kameraga o’tkazish joyi hisoblanadi. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganligi oqibatida jazodan ozod qilish – shaxs hukm chiqarilganidan keyin o’z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek jazoni o’tashga to’sqinlik qiladigan surunkali ruhiy kasallikka yoki boshqacha og’ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni o’tashdan ozod qilinishi lozim. Koloniya va turmalarda jazoni o’tash – sud tomonidan jazo tayinlangan shaxsni JIKda belgilangan tartib qoidalarga muvofiq, jazoni ijro etishning maqsad va vazifalari, shakli, mahkumlar bilan ishlash usullari, mahkumga bo’lgan talabni belgilaydigan, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tegishli koloniya va turmada o’tash tartibi; Komandir – qurolli kuchlardagi harbiy qismlarda, bo’linmalarda, rotalarda, shuningdek harbiy dengiz kemalarda rahbarlikni amalga oshiruvchi harbiy mansabdor shaxs Kontrakt bo’yicha harbiy xizmat – Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir. Qattiq saqlash sharoiti – umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar tomonidan tayinlangan jazoning dastlabki 10 yilini o’taydigan maxsus tartibli koloniya tartibi. 17 Qattiq tartibli koloniyalar – ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar, shuningdek ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan va o’ta og’ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o’ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. Qonuniylik prinsipi – jinoyat-ijroiya sohasidagi barcha munosabatlar qonun asosida tartibga solinishini nazarda tutib, huquq sohalarining bevosita asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham xalqaro hujjatlarda va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham bu prinsip mustahkamlangan. Manzil-koloniyalar – ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, shuningdek umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan hamda tarbiya koloniyalaridan o’tkazilgan mahkumlarni saqlash uchun mo’ljallangan koloniyalar. Respublikamizda manzil-koloniyalar 1963 yildan boshlab tashkil etila boshlangan bo’lib, unda saqlanayotgan mahkumlarning sharoiti ozod shaxslarning hayotiga juda yaqin bo’lib, mahkumlarga ko’plab qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan. Maxsus tartibli koloniyalar – o’ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklarni saqlash uchun mo’ljallangan koloniyalar. Maxsus unvonlar bunday unvonlarni berish mumkinligi nazarda tutilgan davlat organlarida, xususan adliya organlari va muassasalari, sud va prokuratura xodimlariga beriladigan mansab-martaba darajalaridan iborat unvonlar hisoblanadi. Mahkumlar huquqiy holati – bu jazoni ijro etishda vujudga keladigan jazoning turi, maqsadi va mahkumning xulqi bilan bog’liq bo’lgan asosiy huquq va majburiyatlar yig’indisidan iboratdir. Mahkumlarning mehnati – mahkumlarning intizomiy qism hududi va uning tashqarisidagi ishlab chiqarish korxonalari, intizomiy qism ustaxonalari, qurilish va O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boshqa obyektlarida mehnatga jalb qilinishi. Mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti – mahkumlarning askarlar payogi bo’yicha oziq-ovqat bilan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan norma bo’yicha sovun bilan ta’minlanishi. 18 Mahkumlarning yuridik yordam olish huquqi: yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga ko’ra beriladi. Mahkumni axloqan tuzatish - unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. Mahkumni muddatidan ilgari shartli ozod qilish – ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo’llanilishi mumkin. Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni keyingi qismini o’tashdan ozod qilishda ifodalanadi. Muayyan huquqdan mahrum qilish - shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muasassalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug’ullanishni taqiqlashdan iboratdir. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi qo’shimcha jazo sifatida qo’llanilganda asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish - muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Muayyan huquqdan mahrum qilishda muddat o’tishi - muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi asosiy jazo tariqasida tayinlanganda uni o’tash muddati yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanib sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab muddatning o’tishi boshlanadi. Odatdagi saqlash sharoiti muddatning kamida o’n yilini o’tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazolar olmagan shaxs tomonidan jazoni o’taydigan maxsus tartibli koloniya tartibi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ta’limi va kasb tayyorgarligi - jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarning umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limi hamda ularning ishlab chiqarishdagi kasb tayyorgarligi tashkil etiladi. O’quv jarayoni va kasbga o’rgatishni tashkil etish ta’limi organlarining normativ hujjatlari talablariga muvofiq ravishda hamda saqlash rejimi, kun tartibi va turli toifadagi mahkumlarni batamom ajratib qo’yish qoidlariga rioya etilishini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Prokuror nazorati – jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish chog’ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni 19 O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan faoliyati. Pul ta’minotidan ushlab qolish – sud hukmida ko’rsatilgan muddatga xizmat bo’yicha cheklash jazosi tayinlangan harbiy xizmatchi pul ta’minotining o’n foizidan o’ttiz foizigacha bo’lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish. Rag’batlantirish choralari – xulq-atvori tuzalayotgan, mehnatga va harbiy xizmatga munosabatda bo’lgan mahkumlarga nisbatan qo’llaniladigan choralar Rag’batlantirish choralari – mahkumlarning xulqi, mehnat va ta’limga vijdonan munosabati, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda faol ishtiroki boshqa ishchanlik obro’si inobatga olinib beriladigan yengillik hisoblanadi. Ruhiy kasallarni ko’chirish - bemorlar ko’chirilishi uchun tegishli qaror yoki ajrim chiqargan organlar xabardor qilinadilar. Mazkur organlar bemorlarni ko’chirish uchun transport va qo’riqchilarni ajratadilar. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolash o’tkazilishi ustidan nazorat - ruhiy kasalliklar shifoxonalarida (bo’limlarida) majburiy davolashni o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirilishini nazorat qilish sog’liqni saqlash organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Sog’liqni saqlash to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi - Jazoni o’tash tartibini kamida ikki marta qo’pol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy bo’linmaga kiritib qo’yish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor bo’lmagan bo’lsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi. Tarbiya koloniyalari – voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo’ljallangan jazoni ijro etish muassasalari. Umumiy qoida bo’yicha tarbiya koloniyalarida 18 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan mahkumlar saqlanadi, ammo ularning bu muassasada jazoni o’tash bilan bog’liq holda 21 yoshgacha saqlab turish mumkin. Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari - davlat nomidan sud ajrimi bilan, ijtimoiy xavfli qilmish yoki jinoyat sodir etgan ruhiy kasallarga, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo’liqqan shaxslarga qo’llaniladigan choralar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling