Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/33
Sana20.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#18295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33

 
 
 
 

50 
 
 
 
 
 
JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TA’SIR 
ChORALARNI IJRO ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR 
 
ULAR FAOLIYATINI TEKSHIRISH VA NAZORAT QILISH
 
 
 
 
 Jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarni  ijro  etuvchi  organ  va 
muassasalar  tushunchasi.  Jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarni  ijro 
etuvchi  organ  va  muassasalar  tizimi.  Jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir 
choralarni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyatini tekshirish hamda nazorat qilish. 
prokuror  nazorati.  Davlat  xokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tomonidan  tekshirish. 
Jazoni o’tash joylariga kirish. 
 
 
Jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarni  ijro 
etuvchi organ va muassasalar tushunchasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-BOB  
 
1. Jarima  
2. Muayyan huquqdan muhrum qilish 
3. Ahloq tuzatish ishlari  
 
5. Ozodlikdan mahrum qilish 
6.Umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
Xarbiy xizmatchilarga nisbatan: 
1. Xizmat bo’yicha cheklash  
 
3. 
Intizomiy qismga jo’natish 
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum 
qilish tariqasidagi qo’shimcha jazo 
Jazo turi: 
 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro 
etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash 
departamenti 
Ichki  ishlar  organlari.  Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  to’g’risidagi 
hukm talabi mahkumning ish joyidagi ma’muriyat tomonidan, shuningdek 
tegishli faoliyat turlari bilan shug’ullanishga berilgan ruxsatnomani bekor 
qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi. 
mazkur unvonni bergan organ 
harbiy xizmatchi xizmatni o’tayotgan joydagi harbiy qismlarning 
(muassasalarning) qo’mondonligi 
garnizon gauptvaxtalari 
maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar  
 
Ichki ishlar organlari. 

51 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasida jinoiy jazolarni va boshqa jinoiy-huquqiy 
ta’sir choralarini ijro etish turli xil organlarga yuklatilgan.  
 
 
Jarima  tariqasidagi  jazo  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 
huzuridagi  sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini  moddiy-texnika 
jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ijro etiladi. 
Jinoiy jazolarning va ayrim jinoiy-huquqiy ta’sir chorasining ijro etilishi 
O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  Ishlar  Vazirligiga  yuklangan.  Jumladan, 
muayyan  huquqdan  mahrum  qilish,  axloq  tuzatish  ishlari,  ozodlikdan 
mahrum qilish (muddatli, uzoq muddatli va umrbod) jazolari va shartli hukm 
qilingan  shaxslarning  xulq-atvori  ustidan  nazorat  ichki  ishlar  organlari
 
tomonidan ijro etiladi. 
Ichki Ishlar organlari va muassasalari (manzil-koloniyalar, jazolarni ijro 
etish  koloniyalari,  tarbiya  koloniyalari  va  turmalar  jazoni  ijro  etish 
koloniyalari  qoshidagi  davolash  muassasalari)    ozodlikdan  mahrum  qilish 
tariqasidagi jazolarni ijro etadilar. 
Axloq  tuzatish  ishlari  tariqasidagi  jazo  ijrosi  mahkumning  yashash 
joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan 
amalga  oshiriladi

Axloq  tuzatish  ishlari  korxonalarda,  muassasalarda  va 
tashkilotlarda  ham  o’talishi  mumkin.  Bu  holda  jazo  ijrosini  ta’minlash 
korxona  rahbari  zimmasiga  yuklatiladi.  Korxona  rahbari  ijro  organi 
bo’lmasada,  sudning  ushbu  jazoni  o’talishi  xaqidagi  hukmini  bajarilishini 
ta’minlaydi. 
Shartli  hukm  qilinganlar  ustidan  nazorat  qilish  ham  ichki  ishlar 
organlariga yuklatilgan. 
Harbiy  xizmatchilarga  nisbatan  jinoyat  sodir  etib  jazo  tayinlanganida: 
xizmat bo’yicha cheklash va muayyan huquqdan maxrum qilish tariqasidagi 
jazo, shuningdek shartli hukm qilingan harbiy xizmatchi xizmatni o’tayotgan 
joydagi  harbiy  qismlarning  (muassasalarning)  qo’mondonligi  tomonidan
intizomiy  qismga  jo’natish  tariqasidagi  jazo  -  maxsus  tashkil  etilgan  harbiy 
qismlar tomonidan ijro etiladi.  
Harbiy  yoki  maxsus  unvondan  mahrum  qilish  tariqasidagi  qo’shimcha 
jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi. 
Tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralari:  ijtimoiy  xavfli  qilmish  sodir 
etgan  ruhiy  kasallarga  nisbatan  -  sog’liqni  saqlash  organlarining  tibbiy 
muassasalari  tomonidan;  alkogolizm,  giyohvandlik  yoki  zaharvandlikka 
yo’liqqan  mahkumlarga  nisbatan  -  sog’liqni  saqlash  organlarining  tibbiy 

52 
 
muassasalari  tomonidan,  ular  ozodlikdan  mahrum  etish  jazosiga  hukm 
qilingan  taqdirda  esa  -  ichki  ishlar  organlarining  tibbiy  muassasalari 
tomonidan ijro etiladi. 
Voyaga  yetmaganlarga  nisbatan  majburlov  choralari:  jabrlanuvchidan 
uzr  so’rash,  yetkazilgan  zararni  to’lash  yoki  bartaraf  etish  majburiyatini 
yuklash - sud tomonidan; maxsus o’quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish - 
xalq ta’limi organlari tomonidan ijro etiladi. 
Jinoiy  jazolarni  va  boshqa  jinoiy-huquqiy  ta’sir  choralarini  ijro  etish  u 
yoki  boshqa  organlarga  yuklatilgan  bo’lishiga  qaramay  ijro  etishning 
qonuniyligi yuzasidan albatta prokuror nazorati ham o’rnatiladi. Bu jazolarni 
va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlarning ustidan 
ham nazorat o’rnatilganligini anglatadi. 
 
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarni ijro etuvchi 
organ va muassasalar tizimi 
 
O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  jazolarni  o’rganish  va  ularni 
talqin qilishni osonlashtirish maqsadida jazolar ma’lum bir tizimga solingan. 
O’zbekiston  Respublikasida  jazolarni  va  boshqa  jinoiy-huquqiy  ta’sir 
choralarni  turli  xil  ijroiya  va  sud  xokimiyatiga  kiruvchi  organlar  va 
muassasalar ijro etadi. Jinoyat-ijroiya huquqi jazolarni ijro etuvchi organ va 
muassasalarning  har  xil  ekanligini  hisobga  olib,  alohida  institut  sifatida 
o’rganiladi. Jinoyat-ijroiya kodeksining  14-moddasiga 2003-yil 30-avgustda 
o’zgartirish kiritildi:  
«Jarima  tariqasidagi  jazo  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 
huzuridagi  sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini  moddiy-texnika 
jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ijro etiladi. 
Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish,  axloq  tuzatish  ishlari,  ozodlikdan 
mahrum  qilish  Ichki  ishlar  organlari  tomonidan  ijro  etiladi.  Muayyan 
huquqdan mahrum qilish to’g’risidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi 
ma’muriyat  tomonidan,  shuningdek  tegishli  faoliyat  turlari  bilan 
shug’ullanishga  berilgan  ruxsatnomani  bekor  qilishga  vakolatli  organlar 
tomonidan ijro etiladi. 
Harbiy xizmatchilarga nisbatan:  
-  xizmat  bo’yicha  cheklash  tariqasidagi  jazo  –  harbiy  xizmatchi 
xizmatini  o’tayotgan  joydagi  harbiy  qismlarning  (muassasalarning) 
qo’mondonligi tomonidan; 
-  intizomiy  qismga  jo’natish  to’g’risidagi  jazo  –  maxsus  tashkil  etilgan 
harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi; 

53 
 
Harbiy  yoki  maxsus  unvondan  mahrum  qilish  tariqasidagi  qo’shimcha 
jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi». 
Jazolarni  ijro  etuvchi  organ  va  muassasalar  turli  vazifalarni  bajaradilar. 
Davlatning jazolarni ijro etish funktsiyasini amalga oshiruvchi organlar, eng 
avvalo, ixtisosligiga qarab ajratilgan. Bular: 
 a) ichki ishlar organlari;  
 b) sud organlari;   
 s) harbiy qism qo’mondonliklari.  
Bu  masala  bevosita  ularning  ichki  tartib  qoidalariga  bog’liq  bo’lib 
hisoblanadi. Jumladan, Ichki ishlar organlari zimmasiga muayyan huquqdan 
mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, ozodlikdan  mahrum qilish va  umrbod 
ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosini  ijro  etish  yuklatilgan.  Bu  organ  asosiy 
jazolarni  ijro  etish  organi  bo’lib  hisoblanadi.  Chunki  bu  organga  jazo 
tizimidagi jazolarning ko’pchilik qismini ijro etish vakolati berilgan. Xorijiy 
mamlakatlarda  bo’lsa  Ichki  ishlar  organlari  zimmasiga  qo’shimcha 
vakolatlar  ham  yuklatilgan.  Shartli  hukm  qilingan  shaxslarning  xulq-atvori 
ustidan nazorat Ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.  
Sudlarga,  Jinoyat-ijroiya  kodeksi  bo’yicha  jarima  va  mol-mulkni 
musodara  qilish  jazosini  ijro  etish  yuklatilgan  edi.  Shuningdek,  harbiy  yoki 
boshqa  maxsus  unvonlardan  mahrum  qilish  sudlar  tomonidan  ijro  etilishi 
nazorat qilinardi.   
2003-yil 
30-avgustda 
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-ijroiya 
kodeksiga kiritilgan o’zgartirish natijasida O’zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi  huzuridagi  sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini  moddiy-
texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti zimmasiga faqatgina 
jarima tariqasidagi jazoni ijro etish yuklatilgan. 
Harbiy  xizmatchilarga  nisbatan  tayinanadigan  jazolardan  –  xizmat 
bo’yicha  bo’yicha  cheklash  jazosini  harbiy  xizmatchi  xizmatni  o’tayotgan 
joydagi  harbiy  qismlarning  qo’mondonligi  tomonidan,  intizomiy  qismga 
jo’natish  tariqasidagi  jazo  esa  maxsus  tashkil  etilgan  harbiy  qismlar 
tomonidan tashkil etiladi. Yangi kiritilgan o’zgartirishga asosan harbiy yoki 
maxsus  unvondan  mahrum  qilish  tariqasidagi  qo’shimcha  jazo  mazkur 
unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi.   
Yuqorida  ta’kidlanganlardan  tashqari,  jazoni  ijro  etish  muassasalari 
ozodlikdan 
mahrum 
etilgan 
jazosiga 
hukm 
qilingan 
alkogolizm, 
giyohvandlik  yoki  zaharvandalikka  yo’liqqan  mahkumlarning  jinoyat-
huquqiy ta’sir choralarini ham ijro etadilar.  
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  –  ijroiya  kodeksining  15-moddasida 
boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarni  ijro  etuvchi  muassasa  va  organlar 
ko’rsatib utilgan. Bunday jinoyat-huquqiy ta’sir choralar ikki turga bo’linadi:  

54 
 
A) shartli hukm qilish 
B) tibbiy yo’sindagi majburlov choralari; 
V) voyaga yetmaganlarga nisbitan majburlov choralari. 
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari: 
- ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy kasallarga – Sog’liqni saqlash 
organlari tibbiy muassasalari tomonidan; 

alkogolizm, 
giyohvandlik 
yoki 
zaharvandalikka 
yo’liqqan 
mahkumlarga  nisbatan  -  Sog’liqni  saqlash  organlari  tibbiy  muassasalari 
tomonidan; 
- ular ozodlikdan mahrum etishga hukm  qilingan taqdirda – Ichki ishlar 
organlarining tibbiy muassasalari tomonidan ijro etiladi; 
Sudning qaroriga kura tanosil yoki OITS kasalligiga, shuningdek, ochik 
shakldagi  sil  kasallligiga  chalingan  mahkumlarga  majburiy  da’volvnish 
shart.   
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  VII  bo’lim,  XVII  bob, 
91-96 
moddalari 
aynan 
tibbiy  yo’sindagi  majburlov  choralariga 
bag’ishlangan. 
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi: 
A)  Majburiy  ambulatoriya  kuzatuvida  bo’lish  va  ruhiy  kasallik 
mutaxassisida davolanish
B) Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; 
S)  Umumiy  tartibli  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasining  sog’liqni  tiklash 
maxsus bo’limida majburiy davolanish; 
D)  Kuzatuv  kuchaytirilgan  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasida  yoki 
bo’linmasida majburiy davolanish; (JK 93-modda) 
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari: 
-  jabrlanuvchidan  uzr  so’rash,  yetkazilgan  zararni  to’lash  yoki  bartaraf 
etish majburiyatini yuklash – sud tomonidan; 
-  maxsus  o’quv-tarbiya  muassasasiga  joylashtirish  –  Xalq  ta’limi 
organlari tomonidan ijro etiladi.  
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari sud tomonidan ijro 
etiladi.  Voyaga  yetmaganlarning  jabrlanuvchidan  uzr  so’rashi  og’zaki  yoki 
yozma,  omma  oldida  yoki  alohida  so’rash  tartibi  mavjud.  Shuningdek,  uzr 
so’ralish vaqti, joyi va tartibi sud tomonidan belgilab beriladi.  
 
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarni ijro etuvchi 
muassasa va organlar faoliyatini tekshirish hamda nazorat qilish 
 
Jinoyat  –  ijroiya  kodeksi  16-18  moddalarida  jazo  va  boshqa  jinoyat-
huquqiy  ta’sir  choralarni  ijro  etuvchi  organ  va  muassasalarni  davlat 

55 
 
xokimiyati  va  boshqaruv  organlari  tomonidan    jazolarni  ijro  etishni 
tekshirish belgilangan.  
 
 
Jinoyat-huquqiy 
ta’sir  choralarni  ijro  etuvchi  organ  va 
muassasalarni  tekshirish  davlat  xokimiyati  organlari  va  boshqaruv 
organlari tomonidan amalga oshiriladi.  
 
 
 
Tekshiruv  keng  doirada  amalga  oshiriladi  va  bir  qator  masasalalar 
yuzasidan muhokama qilinadi. Bunday masasalalar sirasiga mahkumlarni bir 
koloniya  turidan  boshqa  turdagi  koloniyaga  o’tkazishdan  komissiya 
faoliyatigacha  qamrab  oladi.  O’zbekiston  Rec’ublikasi  Konstitutsiyasiga 
ko’ra  hokimiyatlar  bo’linishi  prinsipi,  ya’ni  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi 
va  sud  hokimiyati  mavjud.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari 
jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarini,  ijro  etuvchi 
muassasalar  va  organlar  faoliyatini  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda 
va tartibda tekshiradilar, deyiladi.  
 
Prokuror nazorati 
 
Bunday  tekshiruvlar  bevosita  prokurorni  jalb  qilgan  holda  ham  bo’lishi 
mumkin.  Mazkur  holat  Jinoyat-ijroiya  kodeksining    17-moddasida 
mustahkamlab qo’yilgan.  
 
Jazolarni  va  boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarini    ijro  etish 
chog’ida  qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni  Uzbekston 
Respublikasi  Bosh  prokurori  va  unga  buysinuvchi  prokurorlar  qonunda 
belgilangan tartibda amalga oshradilar. 
 
Asosiy  Komusimiz  -  Kostitutsiya  va  «prokuratura  to’g’risida»gi 
qonunga  ko’ra  Respublikamiz  hududida  qonunlar  ijrosi  ustidan  nazoratni 
O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  va  unga  buysinuvchi  prokurorlar 
amalga oshiradi. Jazolarni ijro etish chogida qonunlarga rioya etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi prokuror quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-  mahkumlarning  belgilangan  qonuniy  huquq  va  majburiyatlari 
buzilmayotganligi; 
-  jazolarning qonuniy tarzda ijro etilayotganligi; 

56 
 
prokuror tomonidan e’tibor beriladigan eng muxim jihat bu jazolarni ijro 
etish  bo’yicha  huquqiy  hujjatlar  bo’lib  hisoblanadi,  unda  mahkumlarning 
huquqiy holati, moddiy jihatdan ta’minlanishi va tibbiy xizmat ko’rsatish joy 
olgan. 
Qonunlarni  bir  xilda  ijro  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish 
maqsadida  prokuror  tizimlashtirilgan  tartibda  jazoni  ijro  etuvchi 
muassasalarni  tekshirib  turishi  shart.  Shu  sababli  prokuror  bir  qator 
huquqlarga («prokuratura to’g’risida» gi qonun 24-modda) ega: 
-  xohlagan  paytda  jazoni  ijro  etuvchi  muassasaga,  xohlagan  xonaga 
ruxsatsiz kirishi, 
-  xohlagan  mahkum    yoki  boshqa  shaxs  bilan    suhbatlashishi  va 
ma’lumotlar olishi; 
-  bu  joylarda  mahkumlarning  mavjudligini  qonunga  muvofiqligini 
tekshirish,  agar  qonunga  xilof  tarzda  saqlanayotgan  mahkumni  aniqlasa, 
darhol chiqarib yuborish huquqiga ega.   
-  g’ayriqonuniy  holat  bo’yicha,  ma’muriyat  boshqarmasiga  nisbatan 
chora ko’rish.  
 
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan  
tekshirish. Jazoni o’tash joylariga kirish. 
 
Jinoyat-ijroiya  kodeksining  18-moddasiga  ko’ra  jazoni  o’tash  joylariga 
davlat hokimiyati organlari va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, 
ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  va  boshqa  shaxslar  jazoni  ijro  etuvchi 
muassasalar  va  organlarga  kirish  huquqiga  egaligi  va  bu  qonun  hujjatlari 
bilan  belgilab  qo’yilganligi  yozilgan.  Jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlarida  bu 
turdagi shaxslarga jazoni o’tash joylariga kirishga ruxsat etilgan. 
 
 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining  mansabdor  shaxslari, 
ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi 
muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega. 
 
 
Davlat  xokimiyatining  boshqaruv  organlari  sirasiga  O’zbekiston  
Respublikasi prezidenti, Vazirlar Maxkamasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlis de’utatlarini kiritishimiz mumkin. 
Davlat  hokimiyatining  boshqaruv  organlari  esa  O’zbekiston  
Respublikasi prezidenti, Vazirlar Maxkamasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlis de’utatlari  hisoblanadi. 

57 
 
Boshqa  shaxslar  sirasiga  ommaviy  axborot  vositalari,  din  vakillari, 
mahkumning qarindoshlari, advokatlari kiradi. 
Jinoyat-ijroiya  kodeksining  18-moddasining  3-qismida  mahkumlarning 
kino-,  foto-,  vidotasvirga  tushirish  va  ulardan  intervyu  olishga  ularning 
yozma  roziligi bo’lgan taqdirda, mahkumlar xavfsizligini va qo’riqlanishini 
ta’minlovchi  obyektlarni  tasvirga  olishga  esa,  jazoni  ijro  etuvchi  muassasa 
yoki organ ruxsati bo’lgan taqdirda yo’l qo’yiladi deb bayon qilingan. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
 
1.  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  jazolarni  va  boshqa 
jinoyat-huquqiy  ta’sir  choralarini  ijro  etuvchi  muassasalar  va  organlar 
faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar.
 
Tegishli  normativ  hujjatlarga  asoslangan  holda  ushbu  tartibni 
muhokama eting. 
 
2.  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlariga  asosan 
O’zbekiston Respublikasida jazolarni ijro etish organlarini tegishli vazirliklar 
tomonidan tashkil etiladi. 
Ushbu  holatni  muxokama  qiling  va  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat-
ijroiya qonun hujjatlariga asosan O’zbekiston Respublikasida jazolarni ijro 
etish organlarini tashkil etish tartibini tushuntirib bering. 
 
3.  O’zbekiston  Re’sublikasida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 
organlarining  mansabdor  shaxslari,  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  va 
boshqa  shaxslar  jazoni  ijro  etuvchi  muassasalar  va  organlarga  kirish 
huquqiga egadirlar.
 
O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlariga  asosan 
ushbu holatni taxlil eting. 
 
4.  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlariga  asosan 
harbiy xizmatchilarga tayinlangan xizmat bo’yicha cheklash tariqasidagi jazo 
-  harbiy  xizmatchi  xizmatni  o’tayotgan  joydagi  harbiy  qismlarning 
(muassasalarning)  qo’mondonligi  tomonidan;  intizomiy  qismga  jo’natish 
tariqasidagi  jazo  -  maxsus  tashkil  etilgan  harbiy  qismlar  tomonidan  ijro 
etiladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat-ijroiya  qonun  hujjatlariga  asosan 
xizmat bo’yicha cheklash, intizomiy qismga jo’natish tariqasidagi jazolarni 
ijro etish organlari va ularning vazifalaini muxokama qiling. 

58 
 
 
 
 
JARIMA, MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH VA AXLOQ 
TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH  
 
 
 
 
Jarima  jazosini  ijro  etish  tartibi.  Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish 
tariqasidagi  jazosini  ijro  etish  tartibi.  Axloq  tuzatish  ishlari  tariqasidagi  jazosini  ijro 
etish tartibi. 
 
 
Jarima jazosini ijro etish tartibi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’zbekiston Respublikasi JKning 44-moddasiga muvofiq, jarima jazosi 
aybdordan  davlat  daromadiga  Jinoyat  kodeksida  belgilangan  miqdorda  pul 
undirilishida ifodalanadi. 
Jarima  alohida  hujjat  bilan  ijro  etiladigan  jazo  turi  bo’lib,  hukm 
qonuniy  kuchga  kirishi  bilan  jarimaning  ijro  etilish  vaqti  boshlanadi  va  sud 
4-BOB  
Jarima tariqasidagi 
jazoni ijro etish 
Jarima miqdori: 
Ixtiyoriy ravishda 
to’lash muddati: 
jarimani to’lashdan bo’yin 
tovlansa, quyidagi jazolar 
bilan almashtiriladi: 
Eng kam 
oylik ish 
haqining 
besh 
barovaridan  
olti yuz 
baravarigach

Voyaga 
etganlar
ga 
nisbatan 
Voyaga 
etmagan
ga 
nisbatan 
 
Bir oy 
Olti oy 
ahloq tuzatish ishlari 
yoki xizmat bo’yicha 
cheklash yohud 
ozodlikdan mahrum 
qilishning har bir oyi 
eng kam oylik ish 
haqining o’n olti 
baravari miqdoridagi 
jarimaga 
tenglashtirilib, uch 
yildan ko’p 
bo’lmagan muddatga 
tayinlanadi. 
Voyaga 
yetmaganl
arga 
nisbatan  
eng kam 
oylik ish 
haqining 
ikki  
barovarida
n  yigirma 
baravariga
cha 
 

59 
 
hukmida  tayinlangan  jarima  miqdori  davlat  daromadi  hisobiga  to’lanalishi 
lozim.  
Mazkur  jazo  eng  avvalo  aybdor  shaxsning  moddiy  ahvoliga  ta’sir 
ko’rsatadi.  Ayni  shu  sababli  u  eng  samarali  jazo  hisoblanadi  va  muayyan 
hollarda aybdorni jamiyatdan ajratmaslik imkoniyatini beradi. 
 
O’zbekiston  Respublikasi  JKning  44-moddasiga  muvofiq,  jarima  eng 
kam oylik ish haqining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda va 
faqat asosiy jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. 
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  plenumining  “Sudlar  tomonidan 
jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti  to’g’risida”  2006-yil  3  fevraldagi  1-
son  qarorida  jarima  tariqasidagi  jazoni  qo’llash bo’yicha  tavsiyalar  berilgan 
bo’lib,  jumladan,  jarima  tariqasidagi  jazo  tayinlanganda  hukmning  qaror 
qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi 
eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdoridan  kelib  chiqib  hisoblangan,  pul  birligida 
ifodalangan jami summasi ham ko’rsatilishi lozim. 
E’tiblorli  tomoni  jarima  tariqasidagi  jazoni  tayinlash  va  miqdorini 
belgilashda  sud,  odatda,  uning  amalda  to’lana  olinishi  imkoniyatidan  kelib 
chiqishi  lozim.  Bunda,  chunonchi,  sudlanuvchining  moddiy  ahvoli, 
shuningdek  qaramog’ida  voyaga  yetmaganlar  farzandlari,  keksa  ota-onasi 
borligi va hokazolar inobatga olinishi lozim [O’zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi  plenumi  qarorlari  to’plami.  1991-2006.  T.2.  –  T.:  Adolat,  2006.  –  B. 
227].
 
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga yetgan shaxs jarimani 
hukm  qonuniy  kuchga  kirgan  kundan  boshlab  bir  oylik  muddat  ichida, 
voyaga  yetmagan  shaxs  esa  olti  oy  ichida  ixtiyoriy  ravishda  to’lashi  shart. 
Jarima  jazosini  ijro  etishda  sud  mahkumni  jarimani  to’lash  tartib-qoidalari 
bilan  tanishtiradi,  to’lash  muddatlarini  tushuntiradi,  to’lov  shakli  va 
to’lashdan  bo’yin  tovlaganlik  oqibatlarini  to’g’risida  ogohlantiradi.  Agarda 
mahkum qonunda belgilangan muddat mobaynida jarimani ixtiyoriy ravishda 
to’lamasa,  unda  jarima  sud  ijrochisi  tomonidan  majburiy  tartibda  undirib 
olinadi.  
 
O’zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustda  qabul  qilingan  va 
2002-yil  1-yanvardan  kuchga  kirgan  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar 
hujjatlarini  ijro  etish to’g’risida”gi qonunining 30-moddasiga  muvofiq “ijro 
harakatlari  va  ijro  hujjatining  talablari  ijro  hujjatining  ixtiyoriy  ijro  etilishi 
uchun  belgilangan  muddat  tugagan  kundan  e’tiboran  ko’pi  bilan  ikki  oy 
muddat  ichida  sud  ijrochisi  tomonidan  amalga  oshirilishi  va  ijro  etilishi 

60 
 
kerak”.  Demak,  mazkur  normaga  ko’ra  jarima  jazosini  majburiy  ijro  etish 
muddati ikki oydan oshmasligi lozim.  
 
E’tiborli tomoni shundaki, yuqoridagi ikki oylik  muddatga ijro  hujjati 
ijrosini  kechiktirish  yoki  bo’lib-bo’lib  ijro  qilish,  ijro  harakatlarini  keyinga 
qoldirish,  ijro  ishi  yuritishni  to’xtatib  turish,  mutaxassis  tayinlash  haqidagi 
qaror  mutaxassisga  yuborilgan  kundan  to  uning  xulosasi  yoki  ish  natijalari 
to’g’risidagi  boshqa  hujjat  sud  ijrochisiga  kelib  tushgunigacha  bo’lgan  va 
mol-mulk  realizatsiya  qilishga  to’shirilgan  kundan  to  bu  mol-mulkni 
realizatsiya  qilishdan  tushgan  pul  mablag’lari  Sud  departamenti  organining 
de’ozit hisobvarag’iga kelib tushgunigacha bo’lgan vaqt kirmaydi. 
O’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi 
jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ushbu jazo majburiy undirilmaydi.  
JIKning  19-moddasi  3-qismiga  muvofiq,  agar  belgilangan  muddatda 
jarimani to’liq miqdorda to’lashga mahkumning imkoni bo’lmasa, sud uning 
iltimosnomasiga  ko’ra  hukmning  ijrosini  Jinoyat-protsessual  kodeksining 
533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo’lib-bo’lib 
to’lashga ruxsat berishi mumkin. 
JPKning  533-moddasi  2-qismiga  muvofiq,  “hukmning  jarima  solish, 
fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qo’lash qismining 
ijro  etilishini olti  oygacha  kechiktirish yoki to’lovlarni  bo’lib-bo’lib  to’lash 
masalasini  sudya  ishning  muayyan  holatlarini  va  mahkumning  moddiy 
ahvolini e’tiborga olib hal qiladi”. 
O’zbekiston  Respublikasining  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar 
hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi qonunining 32
1
-moddasiga muvofiq, agar 
hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish 
uchun  belgilangan  muddatlarda  to’lashdan  bo’yin  tovlasa  yoxud  qarzdorda 
undiruv  qaratilishi  mumkin  bo’lgan  mol-mulk  mavjud  emasligi  tufayli 
majburiy  ijro  etish  uchun  belgilangan  muddat  mobaynida  jarimani 
undirishning  imkoni  bo’lmasa,  xuddi  shuningdek  kechiktirish  muddati 
tugaganidan  keyin  jarima  to’lanmagan  yoki  jarimani  bo’lib-bo’lib  to’lash 
shartlari  buzilgan  taqdirda,  sud  ijrochisi  jarima  tariqasidagi  jazoni  jazoning 
boshqa  turi  bilan  almashtirish  to’g’risidagi  taqdimnoma  bilan  sudga  o’n 
kunlik muddat ichida murojaat qiladi. 
JIKning  20-moddasiga  muvofiq,  mahkumning  jarimani  to’lashdan 
bo’yin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda 
tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab bo’ladi. 
 
JKning  44-moddasiga  ko’ra,  agar  hukm  qilingan  shaxs  jazo  tariqasida 
tayinlangan  jarimani  majburiy  ijro  etish  uchun  belgilangan  muddatlarda 
to’lashdan  bo’yin  tovlasa  yoxud  qarzdorda  undiruv  qaratilishi  mumkin 

61 
 
bo’lgan  mol-mulk  mavjud  emasligi  tufayli  majburiy  ijro  etish  uchun 
belgilangan  muddat  mobaynida  jarimani  undirishning  imkoni  bo’lmasa, 
xuddi  shuningdek  kechiktirish  muddati  tugaganidan  keyin  jarima 
to’lanmagan  yoki  jarimani  bo’lib-bo’lib  to’lash  shartlari  buzilgan  taqdirda, 
sud jarimaning to’lanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari, xizmat bo’yicha 
cheklash,  ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo  bilan  almashtiradi. 
Bunday  holda  axloq  tuzatish  ishlari  yoki  xizmat  bo’yicha  cheklash  yoxud 
ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi eng kam oylik ish haqining o’n olti 
baravari  miqdoridagi  jarimaga  tenglashtirilib,  uch  yildan  ko’p  bo’lmagan 
muddatga tayinlanadi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling