Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Yakkasaroy tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 1992-yil 17-aprelda
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror qiladi
396
Yakkasaroy tuman 1-sonli davlat notarial idorasi tomonidan 1992-yil 17-aprelda rasmiylashtirilgan 1-1892-raqam bilan ro‘yxatga olingan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, (F.I.O.)ga o‘tganligini o‘sha vaqtda bilganligi, 1992-yildan boshlab (F.I.O.) hayotlik vaqtida ham vorislik haqidagi guvohnomani nizolashmaganligi, ulushi va butun uy (F.I.O.)ga o‘tganligini bilganligi, lekin sudga va boshqa joyga murojaat qilmaganligi haqida sud majlisida bergan ko‘rsatmasi bilan ham o‘z tasdig‘ini topdi. Men hozirgi kunda vorislik haqidagi guvohnomaga asosan, uyga egalik qilaman. Shu sababli (F.I.O.) da’vo muddatini uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb hisoblayman, chunki ushbu muddatni uzrsiz sabablarga o‘tkazib yuborganligini tasdiqlovchi dalilni sudga taqdim qilmadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 153-moddasining 2-qismi talabiga ko‘ra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. Mazkur moddaning 3-qismi talabiga ko‘ra, qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi. FPKning 57-moddasi 1-qismi talabiga ko‘ra, har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Qayd etilgan qonun talabini hamda ish holatlaridan kelib chiqib, suddan da’vo muddatini qo‘llab da’vogarning da’vosini rad qilishingizni va qarshi da’voni qanoatlantirishingizni so‘rayman. Yuqoridagilarni inobatga olib va FPKning 150–153-moddalariga asosan, suddan
(F.I.O.)ning da’vo arizasida ko‘rsatilgan talablari bo‘yicha da’vo muddatini qo‘llab, da’vo muddatini uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborganligi va uzrli deb topish uchun dalil va asos taqdim qilmaganligi sababli uzrsiz deb topib, da’vo muddatini qo‘llab, da’vo talablarini rad qilishingizni.
Da’vogar:
Ishonchli vakili – advokat:
imzo
(F.I.O.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 397
HAL QILUV QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
2014-yil avgust oyining 19-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan uyga kiritish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1- 3597/14 sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.) ga nisbatan uyga kiritish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, javobgar (F.I.O.) bilan 2000-yil 26-aprelda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurishganini, birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar – 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3- fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini, javobgar bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyda istiqomat qilganini, javobgar bilan boshida yaxshi yashaganini, lekin keyinchalik o‘rtalarida kelishmovchiliklar yuzaga kelganini, u bir necha bor oilani saqlab qolish uchun harakat qilganini, lekin javobgar oxirgi vaqtlarda qattiq o‘zgarganini, javobgar (F.I.O.) 2008-yil 20-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasining 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan
sudlanib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinganini, javobgarlar uni haydagani uchun da’vogar farzandlarini olib uydan chiqib ketishga majbur bo‘lganini, 2014-yil mart oyidan beri ota-onasining uyida, ya’ni, Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi 356-uyda ikki nafar farzandi bilan yashab kelayotganini, nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda turishini bayon qilib, suddan da’vogarni ikki nafar voyaga yetmagan (F.I.O.) va (F.I.O.) bilan birgalikda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kiritib qo‘yishni so‘radi. Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talabini tan olmay, sudga o‘z e’tiroznomasini taqdim qilib, unda da’vogar bilan 2000-yilda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganini, o‘rtalarida ikki nafar – 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari borligini, da’vogar bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyda istiqomat qilganini, da’vogar bilan bir oila bo‘lib yashayotgan davrda jinoiy jazoga tortilganini, 2014-yil 6- fevralda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqanidan keyin o‘z uyi – Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kelganini, shundan keyin da’vogar bilan biroz muddat birga yashashganini, lekin da’vogar javobgar va uning oila
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 398
a’zolari bilan urushib, janjal ko‘tarib uydan chiqib ketganini, oxirgi marta 2014-yil 1- mart kuni uydan ketganini, hozirgi kunda da’vogar ikki nafar farzandini javobgarlarga ko‘rsatmasdan uning otalik huquqini cheklayotganini, shuningdek, uy-joy talab qilayotganini, lekin javobgar (F.I.O.)ning hozirgi kunda yashayotgan uy o‘zining mulki emas, balki ota-onasining mulki ekanligini bayon qilib, da’vogarning da’vo talablarini rad qilishni so‘radi. Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, nizoli uyga da’vogar 2000- yilda kelin bo‘lib tushganini, o‘g‘li bilan da’vogarning birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar farzandlari borligini, da’vogar bilan 2011-yil dekabr oyigacha yashaganini, 2014-yil 6-fevral kuni jazodan ozod bo‘lib, uyga qaytganini, shundan so‘ng da’vogar bilan 3 kun birga yashaganini, ishga ketdim deb qaytib kelmaganini, fevral oyining oxirlarida yana qaytib kelganini, janjal-to‘polon qilganini, 2014-yil 1-mart kuni kasalxonaga yotganini, uning kasalxona xarajatlarini o‘zlari to‘laganliklarini, da’vogarning nizoli uyga kirishiga qarshi ekanligini, da’vogar uyga yashash uchun kirsa, ularga tuhmat qilishdan qaytmasligini, lekin nabiralarining uyga kirishiga qarshi emasligini ta’kidlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. Sud majlisiga uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan (F.I.O.) da’vo arizani tan olmay, da’vogar uning kelini ekanligini, uydan ketganiga 3 yil bo‘lganini, o‘g‘li qamoqdan qaytganidan keyin da’vogar ham kelganini, ular 3 kun birga yashaganini, keyin uydan chiqib ketganini, uni hech kim haydamaganini, o‘z xohishi bilan chiqib ketganini, yana qaytib kelib biroz muddat yashaganini, 2014-yil 1-mart kuni kasalxonaga yotganidan keyin nizoli uyda yashamayotganini, oxirgi marta uyda janjal bo‘lganida eridan taloq so‘raganini, uning janjalda uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganini, da’vogarning nizoli uyga kirishiga qarshi ekanligini, chunki u bilan yashashning umuman imkoni yo‘qligini, nabiralarining kirishiga esa qarshi emasligini bildirib, da’vo talablarini rad qilishni so‘radi. Sud majlisida uchinchi shaxs (F.I.O.) bu oilaning kelini ekanligini, 2014-yil 1- martdan oldin uyda janjal bo‘lganini, da’vogar uydan o‘z xohishi bilan chiqib ketganini, uning uyga kirishiga qarshi ekanligini bildirdi. Sud majlisida uchinchi shaxslar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar ham yuqoridagi javobgarlarning va uchinchi shaxslarning ko‘rgazmalariga o‘xshash ko‘rgazmalar berib, da’vo arizani rad qilishini so‘radilar. Sud da’vogar va javobgarlar, shuningdek, uchinchi shaxslarning bayonotlarini tinglab, ish hujjatlarini o‘rganib quyidagilarga ko‘ra da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantirishni lozim deb topadi. Aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uy 1991-yil6 iyundagi Oktabr rayon ijroqo‘mning 129/10-sonli qaroriga asosan javobgar (F.I.O.)ga tegishlidir.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 399
Da’vogar (F.I.O.) va javobgar (F.I.O.) 2000-yil 26-fevralda qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurishgan va da’vogar (F.I.O.) nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kelin bo‘lib tushgan va shu yerda javobgarlar, ya’ni turmush o‘rtog‘i hamda uning oila a’zolari bilan birga yashay boshlagan. Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor. Da’vogar (F.I.O.) 2014-yil 1-martda javobgar bilan kelishmovchiliklar natijasida nizoli uydan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Hozirda da’vogar nizoli xonadonga qaytishga harakat qilgan, lekin javobgarlar uyga kirishga qarshilik qilayotganliklari sababli sudga murojaat etishga majbur bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham, ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksning 52- va 54-moddalarida munitsipial, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turishi, fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida munitsipial, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning da’vo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshirilishi, agar ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra turar joyda olti oydan ortiq bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14- sentabrdagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandiga ko‘ra, “Mulkdorning oila a’zolari deb, u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi”. Da’vogar (F.I.O.) nizoli uyda mulkdor bilan yashagan, oila a’zosi bo‘lgan va unda shu uydan foydalanish huquqi shakllangan. Ushbu holatda, sud da’vogar (F.I.O.)ning da’vo muddatini o‘tkazmagan holda sudga murojaat qilganini, uning nizoli xonadondan foydalanish huquqi shakllanganini, shu uyda doimiy ro‘yxatda turishini hamda nizoli xonadondan boshqa turar joyi FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 400
yo‘qligini inobatga olib, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni va uni ikki nafar: 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bilan birgalikda nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kiritishni lozim deb topadi. Shuningdek, sud davlat boji masalasini muhokama qilib, da’vogar tomonidan sudga murojaat qilish vaqtida davlat boji to‘langanligini inobatga oladi va shu bilan cheklanishni lozim deb topadi. Yuqoridagilarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32- moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 116-, 180-, 219- , 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uyga kiritish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Da’vogar 1981-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) ikki nafar 2001-yil 6-yanvarda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2008-yil 3-fevralda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bilan birga nizoli Toshkent shahar Shayxontohur tumani Baxmal ko‘chasi 60-uyga kiritib qo‘yilsin. Hal qiluv qarori ustidan 20 kunlik muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HAL QILUV QARORI
2014-yil sentabr oyining 23-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, advokat (F.I.O.)ning ishtirokida, da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1-3838/14-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 401
Aniqladi:
Da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uy- joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida da’vogar (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, Qonun bo‘yicha nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8- uy da’vogarga 1996-yil 2-maydagi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishli ekanligini, mazkur uyda da’vogar o‘z oilasi bilan yashab kelayotganini, javobgar (F.I.O.) da’vogarning akasi ekanligini, javobgar (F.I.O.) va uning farzandlari Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uyda 16 yildan beri yashamasligini, javobgarlar shu kunga qadar nizoli xonadonda istiqomat qilmasa-da, xonadonning doimiy ro‘yxatidan chiqmaganini va uy bilan bog‘liq kommunal to‘lovlarni ham to‘lamasligini, hozirgi kunda da’vogar javobgarlar uchun ham kommunal to‘lovlarni to‘lab kelayotganini, javobgar (F.I.O.) nizoli xonadonda 1998-yildan beri yashamasligini, javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.)lar nizoli uyda umuman yashamaganliklarini bayon qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgarlar (F.I.O.) (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larni nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topishni so‘radi. Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, ikki yildan beri pasport ololmay yurganini, otasi (F.I.O.) ukasi bilan kommunal to‘lovlarni kelishganini, hozirgi kunda nizoli uyda yashamasligini bayon qilib, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. Sud majlisida javobgar (F.I.O.) da’vogarning da’vo talablarini tan olmay, akasi javobgar (F.I.O.)ning ko‘rsatmalarini tasdiqlab, da’vo arizani rad qilishni so‘radi. Sud majlislarining vaqti va joyi haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.) sudga kelmadilar, kelmaslik sabablari haqida ma’lumot bermadilar, bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etmadilar. Bunday holatda, sud javobgarlarning kelmaganlik sabablari haqida ma’lumot yo‘qligi sababli sud uning kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb, javobgarlar ishni qasddan cho‘zayotgan deb topadi va ishni javobgarlarga nisbatan FPKning 174-moddasi talabiga binoan ko‘rib chiqishni lozim deb hisoblaydi. Sud da’vogarning bayonotini, javobgarlarning ko‘rsatmalarini tinglab, ish hujjatlarini muhokama etib va to‘plangan dalillarga huquqiy baho berib, da’vo talablarini asosli deb hisoblab, quyidagilarga ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi. Sudda aniqlanishicha, nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8- uy da’vogar – (F.I.O.)ga Toshkent shahar 1-sonli DNI notariusi (F.I.O.) tomonidan 1996-yil 2- mayda rasmiylashtirilib, qonun bo‘yicha rasmiy reestr kitobiga 639-son bilan qayd etilgan vorislik haqidagi guvohnomaga asosan tegishlidir. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 402
Javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)lar 1998-yildan buyon nizoli xonadonda umuman yashamaydi. Biroq o‘tgan vaqt mobaynida javobgarlarning nizoli xonadonga qaytib kirishi va doimiy yashashi uchun da’vogar yoki boshqa biror bir shaxslar tomonidan to‘sqinlik ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, javobgarlarning o‘zi nizoli xonadonga qaytishni istamagan va uzoq muddat davomida u yerda doimiy ravishda istiqomat qilmagan. Javobgarlar nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lsa-da, biroq ularning amalda ushbu manzilda istiqomat qilmasligi Toshkent shahar Olmazor tumani “Olimpiya” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan dalolatnoma bilan o‘z tasdig‘ini topdi. Garchi, javobgarlar nizoli xonadonda istiqomat qilmayotgan bo‘lsa-da, shu manzilda doimiy ro‘yxatda qayd qilinganligi tufayli da’vogar hozirgi kunga qadar ularning o‘rniga ham kommunal xizmat va boshqa yig‘imlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab kelmoqda. Bu holat esa da’vogarning moddiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi bois, u javobgarlarni nizoli xonadondan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq, fuqarolar belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganligi oqibatida turar joydan foydalanish huquqini olti oy davomida saqlab turadi. Mazkur masala sud majlisi jarayonida muhokama qilinib, javobgarning uzrli sabablari yo‘qligi tufayli nizoli uyga belgilangan olti oylik muddatini uzaytirish uchun asos yo‘q deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 54-moddasiga ko‘ra, fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning da’vo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. Shunungdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Uy joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” gi 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarorining 18- bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq ko‘ra, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida, turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanadi. Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda bo‘lmasligi oqibatida turar-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topilishi manfaatdor shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan amalga oshiriladi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 403
Bunday holatda, sud javobgarlarning uzrli sabablarsiz qariyb o‘n olti yildan ortiq vaqt mobaynida nizoli xonadonda yashamayotganligini inobatga olib, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)larni nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblashni lozim topdi. Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164- moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 11-, 32-, 54-moddalarini hamda FPKning 174-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud
Da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)ga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Javobgarlar 1962-yilda tug‘ilgan (F.I.O.), 1991-yilda tug‘ilgan (F.I.O.), 1990- yilda tug‘ilgan (F.I.O.) va 1996-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Talant ko‘chasi 8-uydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topilsin. Hal qiluv qaroridan norozi taraflar 20 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berishi yoki protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: (F.I.O.)
Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling