Loyihalarni moliyalashtirish
Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari qiymatini
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiyalarni moliyalashtirish
1.3. Investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari qiymatini baholash Korxona uchun investitsion qarorlar qabul qilish murakkab vazifalardandir. Bunda asosiy mezon korxona qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi. Real investitsiya loyihalari bo’yicha bunday natijalarga erishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo’ladi. Shunday qilib ivestitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo’yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi. Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YUNIDO 6 (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda 6 YUNIDO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkiliy bo’linmasi bo’lib, uning asosiy vazifasi BMTga a’zo mamlakatlar sanoati rivojlanishiga yordam berishdir. 20 investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to’ldirib turadi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo’lishini belgilashdir. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potentsial qobiliyati, shu loyihaga qo’yilgan mablag’larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o’sishi sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling