M agistr education o’quv markazi matematika
Download 284.23 Kb.
|
M agistr education o’quv markazi matematika
ONA TILI
1. Teng…oshingiz Nigora bir kuni yoz faslining yil...an yilga isib, jazirama kuchayib ketayotgani to‘g‘risida o‘ylab qoldi. Nuqtalar o‘rnida qanday tovushni ifoda etuvchi harf yozilishi kerak? A) jarangli undosh B) jarangsiz undosh C) lab undoshi D) til orqa undoshi 2. Quyidagi gaplarning qaysi birida tinish belgisi bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo'yilgan? A) Shuni yozgan yigitni bir ko'rarmikanman. B) Agar ko‘pni ko'rgan Kolizey g'ishtlaridan bir bo'lagini olib quloqqa tutsangiz, bu yerda bo'lib o‘tgan tantanalar, gladiatorlarning buqa bilan olishuv paytidagi shovqin-suronlarni, odamlarning hayqiriqlarini eshitarmikansiz? C) Ukaginam bitta choy damlab kelmaysanmi?! D) Ma’lum bir nuqtada ilm ko‘chasidan burilmaganlarida edi, ayni fursatda qaysi bir ilmiy kengashda davrning muhim ilmiy muammosi bo'yicha bahs yuritgan bo'larmi edilar? 3. Berilgan gaplarning qaysi birida ega vazifasida kelgan so‘z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi. B) Yolg'on yondirar, haqiqat qondirar. C) Roslik - do‘stlik, yolg‘onchilik - ko‘rgulik. (Maqol) D) Yolg‘on, ko‘pincha, ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. 4. Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Mazkur gapdagi ikki nuqtaning ishlatilishi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) qo‘shmaga gap qismlari bir-birini izohlab kelgani uchun ikki nuqta qo'llanilgan B) umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo'laklardan oldin kelgani uchun ikki nuqta ishlatilgan C) berilgan gaplarda ikki nuqta noo'rin qo‘llanilgan D) birinchi gapning kesimiga ikkinchi gap tomonidan aniqlik kiritilgani sabab ikki nuqta ishlatilgan 5. Berilgan topishmoqlarning qaysi birida burun tovushi bilan bog‘liq tovush o‘zgarishi kuzatiladi? A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o'ynaydi. B) Boshi taroq, dumi o‘roq. C) Besh aka-uka bir quduqqa tosh otar. D) Yetti tuynukli gumbaz, Shundan xabar ber, 0‘lmas. 6. Odob - eng katta boylik. Mazkur gapdagi tirening ishlatilishi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) umumlashtiruvchi so‘z kelgani uchun B) ajratilgan bo'lak borligi uchun C) bog'lamasiz ot kesim kelgani uchun D) ko'chirma gap bo‘lgani 7. Ikkinchi bo‘g‘ini ochiq bo‘g‘in bo‘lgan so‘zni aniqlang. A) sabrsizlik В) ko‘nglidan C) kitoblar D) somonsiz 8. Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan. Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? A) bog‘lovchisiz qo'shma gap B) bog'langan qo'shma gap C) ergashgan qo'shma gap D) ko'chirma gapli qo'shma gap 9. Qator undoshli so‘zni aniqlang. A) ishchan B) daraxtzor C) gulchi D) savdogar 10. Har kimni tengiga qo‘sh-da, vallamat, Menga munday tuzsiz so‘zni demagin! Ajratib ko‘rsatilgan birikmada ma’no ko‘chishining qaysi turi yuz bergan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 11. Tasviriy ifoda berilgan javobni aniqlang. A) chopqir ot B) dala malikasi C) katta ko'cha D) burni shishmoq 12. Quyidagi javoblarning qaysi birida so‘z qollash bilan bog‘liq uslubiy xatolik yuz bergan? A) Birinchi xodim bilan yondosh уо’lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o'zgacha yondashdi. B) U qaytganida bergan ma’lumot quyidagicha edi: "Biz oyoq abzali tikamiz”. C) Ancha yillar avval nufusi baland bir fabrikaning direktori ikki xodimini Afrika bozorlarini o'rganish uchun yubordi. D) Topgan poydamizdan ham judo bo'lmaylik. 13. Birinchi xodim bilan yondosh yo‘lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o‘zgacha yondoshdi. Mazkur gapda qanday xatolik ro‘y bergan? A) tinish belgisi bilan bog'liq B) so'z qo‘llash bilan bog'liq C) qo‘shimchaning ishlatilishi bilan bog'liq D) qo‘shma so'zlar imlosi bilan bog'liq 14. 0‘zlik nisbatidagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘qligi haqida aytib o‘tilgan. B) Hamma tarqalib ketibdi. Kenjasi уana til keltiribdi. C) Qorong'i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal. D) Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi. 15. Xullas so‘zi qaysi turkumga oid so‘z sanaladi? A) modal B) undov C) taqlid D) olmosh Download 284.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling