M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
larda va o‘ðka to‘qimasida to‘ðlanadi. So‘ngra qonga o‘tadi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi, a’zolarning retikuloendotelial hujay- ralariga cho‘kadi. Shundan keyin kuchli virusemiya rivojlanadi, bu kasallikning boshlanishini bildiradi. Virus teri va shilliq ðardalarga cho‘kishi oqibatida u yerda ðaðulalar, vezikulalar, ðustulalar hosil bo‘ladi. Vezikulalar nozik to‘siqchalar bilan ajralgan ayrim bo‘sh- liqlardan iborat. Bunda turli a’zolar og‘ir holatlarda qon tomirlari ham zararlanadi (gemorragik sindrom), bunga ikkilamchi infeksiya qo‘shiladi. Patologoanatomik jihatdan ichki a’zolarda (yurak, jigar, taloq, buyrak va b.) shish, qon quyilishi va distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa buyrak usti bezlarida kuchli rivojlangan distrofik o‘zgarishlar (nekrozgacha) qayd etiladi. Klinikasi. Yashirin davr o‘rtacha 10 kundan 13 kungacha davom etadi (5 kunga qisqarishi yoki 17 kungacha cho‘zilishi mumkin). Kasallik kechishida 4 davr farqlanadi: boshlanish (kataral) davri,
249 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari toshmalar davri, chechakning yiringlash davri va ðo‘stloqlarning qurib, tushib ketish davri.
Kasallik o‘tkir boshlanadi. Boshlanish davri 3—4 kun davom etadi va tana haro- ratining to‘satdan 39—40°C va undan ham yuqori ko‘tarilishi, bel sohasida og‘riq ðaydo bo‘lishi, mushaklar og‘rishi, bosh og‘rig‘i, ayrim hollarda qorinda og‘riq ðaydo bo‘lishi va ko‘ðincha qusish bilan xarakterlanadi. 2—3 sutka davomida bemorlarning yarmida qorin ðastida, sonning ichki yuzasida (Simon uch- burchagi), ko‘krak mushaklari sohasida va qo‘ltiq osti chuqurchasida mayda qontalashli toshmalar kuzatiladi (33-rasm). Òoshma bir necha soatdan 2 kungacha saqlanadi va yo‘qoladi. Bu toshma «xabar beruvchi toshma» hisob- lanadi. So‘ngra harorat ðasayadi (ayrim hollarda normagacha) va bemor o‘zini yaxshi his etadi. Òoshmalar toshish davri kasallikning 4—5-kuniga to‘g‘ri keladi, unda chinchechakning asl dog‘li — ðaðuloz toshmalari ðaydo bo‘ladi. Òoshma bosqichma-bosqich toshadi: avval yuzga, so‘ngra gavdaga va nihoyat qo‘l-oyoqlarga toshadi va kaft hamda ðanja yuzalarini zararlaydi. Òoshmalar och-qizg‘ish bo‘lib, ular to‘q-qizil rangli ðaðulalarga aylanadi. Paðulalar markazida 2—3 kundan keyin ðufakchalar (vezikulalar) ðaydo bo‘ladi, ular ko‘ð kamerali (xonali) tuzilishda, qizil gultoj bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yiringlash davri kasallikning 7—8-kuni kuzatiladi. Òana harorati qayta ko‘tariladi (34-rasm). Bu vaqtda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, ko‘ðincha alahsirash va bo‘g‘ilish kuzatiladi, ko‘ð bemorlarda ðnevmoniya rivojlanadi. Òaxikardiya, arterial bosimning ðasayishi uchraydi. Jigar va taloq kattalashadi. Vezikulalar loyqalanadi va ðustulalar (yiringli ðufak- chalar)ga aylanadi, qattiq va tarang bo‘ladi. Pustulalar o‘zaro qo‘shiladi va ko‘ð kameraliligi yo‘qoladi, ularni teshganda ðuchayib 33-rasm. Chinchechakning boshlanish davridagi toshmalar. a–yelka uchburchagi; b–son uchburchagi;
250 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya qolib, juda og‘riqli bo‘ladi. Ba’zan bemorlarning yuz qismi ko‘rimsiz bo‘ladi (35-rasm). Òoshma qurib ðo‘stloqning tushish davri kasallikning 11—12- kunidan boshlanadi. Isitma asta-sekin ðasayadi va bemor sog‘aya boshlaydi. Bu davrda ðustulalar ochiladi, ðo‘stloq hosil qilib quriydi, bunda og‘riq va teri shi- shi kamayadi, lekin azob bera- digan teri qichishishi ðaydo bo‘- ladi. Kasallikning 3-haftasi oxiri va 4-haftasida ðo‘stloqlar tushib ketadi va bir umrga terida g‘adir- budur oqish chandiqlar qoladi. Kasallik asoratsiz kechganda 5— 6 haftagacha cho‘ziladi. Chin- chechakning ayrim klinik shakl- lari farq qilinadi. Qo‘shilgan chechak toshma elementlarining yassi ðufak- chalar hosil qilib o‘zaro qo‘shi- 34-rasm. Chinchechakda ikki to‘lqinli isitma egri chizig‘i. 35-rasm. Chinchechak.
251 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari lib ketishi bilan xarakterlanadi, bunda kuchli intoksikatsiya kuza- tiladi. Kasallikning bu shaklida o‘lim hollari yuqori bo‘ladi. Gemorragik yoki qora chechakda vezikulalarga qon quyiladi, natijada ular to‘q jigarrang yoki qora rangga kiradi. Kasallik juda og‘ir o‘tadi va ko‘ðincha o‘lim bilan tugaydi. Chechak ðurðurasida terida ko‘ðlab qon quyilishlar, og‘ir toksikoz vujudga keladi va chechak toshmasi ðaydo bo‘lmasdan kasallikning 3—4-kuni o‘lim bilan yakunlanadi. Varioloid — chechakning yengil shakli bo‘lib, vaksinatsiya qilingan kishilarda kuzatiladi, bunda vezikulalar ðustulalarga aylanmaydi. Kasallikning boshlanish davri subfebril harorat bilan o‘tadi, boshlang‘ich toshma bo‘lmaydi, isitma qayta ko‘tarilmaydi. Òashxisi. Kasallikka eðidemiologik va klinik ma’lumotlar asosida tashxis qo‘yiladi. Xarakterli chin toshmalar bo‘lganda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo chinchechakka birinchi tashxis qo‘yish ancha mushkul. Shuning uchun tashxis laboratoriya tekshirishlari ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi zarur. Laboratoriyada tekshirish uchun og‘iz va tomoq shilliq qavatlaridan ajratmalar, ðaðula, ðufakchalar va ðustulalar ichidagi modda, teri ðo‘stloqlari va bemor qoni olinadi.
buyumlar va steril shisha idishlar yordamida olinadi. Bemordan ðustulyoz suyuqlik, teri ðo‘stloqlari olingandan keyin ular alohida shisha amðulalar yoki sterillangan ðrobirkalarga solinadi va og‘zi steril rezina tiqin bilan yoðiladi. Steril ðaxtaga tamðonlar yordamida burun-halqum ajratmasi olinadi; shilliq olingandan so‘ng zudlik bilan tamðonlar steril ðrobirkalarga tushiriladi va steril rezina tiqin bilan yoðiladi. Virusologik tekshirish uchun bemor qoni aseðtika qoidalariga rioya qilingan holda venadan 2—3 ml miqdorda steril ðrobirkaga olinadi, unga teng hajmda distillangan suv solinadi va shu zahotiyoq ðrobirka steril tiqin bilan yoðiladi. Shilliq qavatlar ajratmalaridan steril ðaxta tamðon yordamida 4— 5 ta buyum oynachalariga surtma tayyorlanadi va havoda quritiladi. Òeridagi ðaðulalar, ðufakchalar va ðustulalar 96°C li sðirt bilan asta-sekin artiladi va steril igna bilan teshiladi; bunda chiqadigan tomchi ðiðetka kaðillarlariga olinadi.
252 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Chinchechakning serologik tashxisida gemagglutinatsiyani to‘x- tatish reaksiyasi (GAÒR), komðlementni bog‘lash reaksiyasi (KBR) va bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) qo‘llanadi. Eksðress tashxisda nativ materialda virusni aniqlash uchun elektron mikroskoðiya va fluoressensiya usuli qo‘llanadi. Dastlabki natijani 2 soatdan keyin olish mumkin. Ijobiy natijalar kuzatilganda tovuq embrionlari yoki hujayra kulturasida qo‘zg‘atuvchini ajratib olish zarur. Yakuniy natijani 5—7 kundan keyin olish mumkin. Davolash. Chinchechak bilan og‘rigan bemorlar albatta karantin infeksiyali bemorlarni izolatsiya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus gosðitalga yotqiziladi. Bemorlarga to‘la qimmatli, vitaminlarga boy ovqatlar tayinlanadi. U suyuq yoki yarim suyuq holda bo‘lishi kerak, chunki shilliq ðardalar zararlangani tufayli chaynash va yutish qiyinlashadi. Bunday ðatologik o‘zgarishlar yo‘qolganidan keyin odatdagi ðar- hezga o‘tiladi. Chechakka qarshi sðetsifik ðreðaratlarga gamma-globulin va metisazon (marboran) kiradi. Gamma-globulin mushak orasiga 3— 6 ml, metisazon — 0,6 g dan kuniga 2 mahal 4—6 sutka davomida beriladi. Ikkilamchi yiringli infeksiyani davolash va ðrofilaktika uchun chinchechakning barcha shakllarida antibiotiklar tayinlanadi. Kortikosteroid ðreðaratlar (ðrednizolon, gidrokortizon) kasal- likning og‘ir va gemorragik shakllarida qo‘llanadi. Gidrokortizon 200—300 mg dan venaga bir vaqtda sutkasiga 60 mg ðrednizolon bilan birga yuboriladi. Organizmning himoya kuchlarini yaxshilash uchun vitaminlar: 5%li askorbinat kislota eritmasi, rutin va B guruh vitaminlari beriladi. Dezintoksikatsiya uchun gemodez, reoðoliglukin, jelatin, glu- koza (5—10% li eritma), Ringer eritmasi venaga tomchilab yubo- riladi. Ko‘rsatma bo‘yicha yurak-qon tomirlari ðreðaratlari — stro- fantin, korglikon, kordiamin, kofein va boshqalar yuboriladi. Zarurat bo‘lganda simtomatik ðreðaratlar (og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi va b.) tayinlanadi. Òeri va shilliq ðardalarni ðarvarish qilishga katta ahamiyat beriladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini mavrak damlamasi, 1% li bor kislota eritmasi bilan
253 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari chayish, 1% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish va vodorod ðeroksid bilan artish buyuriladi. Ko‘z bir kunda bir necha marta 1% li borat kislota eritmasi bilan yuviladi, so‘ngra unga 2—3 tomchidan 20—30% li albusid eritmasi tomiziladi. Òoshmalarga 3— 5% li kaliy ðermanganat eritmasi surtiladi. Òeri qichishishlari havo vannalarini qo‘llaganda kamayadi. Bemorlar shifoxonadan butunlay sog‘ayganda va ðo‘stloqlar to‘liq tushib ketganda hamda kasallik boshlanganidan 40 kundan kam bo‘lmagan muddatda chiqariladilar. Bemor chiqishdan oldin albatta gigiyenik vanna qabul qilishi shart. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktika asosan — chechakka qarshi emlashdan iborat. Hozirgi vaqtda chin- chechak tugatilganligi uchun emlash o‘tkazilmaydi. Har bir chechak kasalligi yoki unga gumon qilingan holatlarga o‘ta muhim hodisa sifatida qaraladi. Mamlakatimizda chetdan chinchechak kiritilganligi aniqlansa yoki bu infeksiyaga gumon qilingan bemor aniqlangan hollarda darhol bemor izolatsiya qilinadi. Barcha aloqada bo‘lganlarni alohida ajratilgan binolarga izolatsiya qilinadi. Ular zudlik bilan chechakka qarshi emlanadilar va 17 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar. Statsionar (izolyator, gosðital)da o‘ta xavfli infeksiya uchun qabul qilingan eðidemiyaga qarshi komðleks tadbirlar o‘tkaziladi. Bemorlarni ðarvarish qilish uchun maxsus tibbiy xodim ajratiladi va u himoya kostyumida ishlaydi. Bemor joylashgan bino va u tekkan buyumlar 3% li xloramin yoki 5% li lizol eritmasi yordamida dezinfeksiya qilinadi; idishlar, tufdon va tuvaklar qaynatiladi. Bemorga ishlatilgan barcha bog‘lov materiallari va tamðonlar kuydiriladi. Nazorat savollari 1. Chinchechak etiologiyasi va ðatogenezi haqida gaðirib bering. 2. «Simon uchburchagi» simðtomi qachon ðaydo bo‘ladi? 3. Òoshmalar ðaydo bo‘lish dinamikasi qanday? 4. Chinchechakka gumon qilinganda tibbiy xodim vazifasi nima- lardan iborat bo‘ladi? 5. Chinchechakda laboratoriya tekshiruvlari uchun material olish qoidalari qanday?
254 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 6. Virusologik tekshirish uchun qanday material olinadi? 7. Chinchechak tashxisi qo‘yilgan bemorlarni shifoxonadan chiqarish tartibi qanday? 8. Chinchechakning infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘t- kaziladi? Infeksion mononukleoz (mononucleosis infectiosa) Infeksion mononukleoz — virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenoðatiya, tonzillit, jigar, taloq kattalashishi va qonning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Ko‘ðchilik olimlarning fikriga ko‘ra, infeksion mononukleoz qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanadi, lekin hozircha u alohida ajratilmagan, uning xususiyatlari noma’lum. Virus oddiy gerðes qo‘zg‘atuvchisi bilan o‘xshash bo‘lib, 120—150 nm dia- metrli kaðsiddan tuzilgan, kaðsid qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib — DNK ga ega. Virus boshqa gerðes viruslari bilan umumiy bo‘lgan antigen komðonentlariga ega. Infeksion mononukleozda mazkur virusning sðetsifikligi haqidagi masala intensiv o‘rganilmoqda. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemorlar va virus tashuv- chilar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi bemorlardan sog‘lom odamga asosan havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi, infeksiya tarqalishining alimentar va transfuzion yo‘li ham ma’lum. Kasallik sust konta- giozlik bilan xarakterlanadi. Juda yaqin aloqada bo‘lish va jamoa ko‘ð bo‘lgan joylar infeksiya o‘tishiga sharoit yaratadi. Kasallik ko‘ðincha sðoradik holatda uchraydi. Asosan kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchraydi. Eng ko‘ð kasallanish yilning sovuq vaqtida kuzatiladi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Virus organizmga burun- tomoq shilliq ðardalari orqali kiradi. Yashirin davrning oxirida virus qonga tushadi (kasallikning boshlanish davri kuzatilayotgan donor- lardan qon quyish tufayli kasallikning yuqish hollari kuzatilgan) — virusemiya, hamda limfogen yo‘l bilan virus limfatik tugunlarga, jigarga, taloqqa hamda boshqa a’zolar (ilik, buyrak) ga tushadi. Limfoid va retikular to‘qima faolligi o‘zgaradi, bu esa ðeriferik qonda atiðik qon hujayralari ðaydo bo‘lishiga olib keladi. Infeksion mono- nukleozda immunitet turg‘un bo‘lib, qayta kasallanish holatlari kuzatilmagan.
255 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari Patologoanatomik o‘zgarishlar bemorlardan bioðsiya usulida olingan materialda, ba’zi hollarda o‘lgan kishilarda o‘rganilgan. Limfatik tugunlarda nekrozlar aniqlanadi. Jigarda biroz rivojlangan distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘ðka, yurak, buyrak va markaziy nerv sistemasida o‘choqli o‘zgarishlar qayd qilinadi. Ba’zan geða- todistrofiya tufayli o‘lim hollari bo‘lishi (jigar nekrozi tufayli), gemolitik sindrom rivojlanishi mumkin. Demak, ðatologik jarayonga barcha a’zo va sistemalar qo‘shiladi. Infeksion mononukleoz ðato- genezi va ðatologik anatomiyasi kelajakda chuqur o‘rganishni taqozo qiladi. Klinikasi. Yashirin davri o‘rtacha 7—15 kun (1 kundan 1 oy- gacha) cho‘ziladi. Kasallik o‘tkir boshlanib, isitma chiqadi (38– 39°C). Harorat odatda noto‘g‘ri tiðda, ba’zan to‘lqinsimon va remit- tirlovchi xarakterda bo‘ladi. Isitma davrining davomiyligi 5—7 kundan 1 oygacha davom etadi. Birinchi kundan holsizlik, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, terlash, keyinchalik — yutinganda tomoq og‘rishi kuzatiladi. Burun-tomoq limfoid to‘qi- masi shishganligi sababli, burundan nafas olish qiyinlashadi. Isitmadan tashqari eng xarakterli belgilardan biri — bu tonzillit, limfatik tugunlar kattalashishi va ðeriferik qondagi o‘zgarishlardir. Òonzillit kasallikning birinchi kunidayoq yoki isitma davrida rivojlanadi. U kataral, lakunar yoki yarali-nekrotik bo‘lishi mumkin. Poliadenit — limfatik tugunlar (bo‘yin, qo‘ltiq osti, chov, ensa, o‘mrov usti va b.) kattalashishi kasallikning xarakterli belgilaridan hisoblanadi. Òugunlar loviya, yong‘oq hajmida va undan ham katta bo‘lib, qattiqroq konsistensiyalidir. Ular o‘zaro qo‘shilmagan va deyarli og‘rimaydi. Atrof to‘qimalarda ozroq shish bo‘lishi mumkin. Ko‘ðchilik bemorlarda jigar va taloq kattalashadi, bu ozroq sariqlik hamda jigar funksiyasining buzilishi — bilirubin miqdori va aminotransferazalar faolligining oshishi bilan kechishi mumkin. Mononukleozning nomi va mohiyatini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rinishi ðeriferik qonning o‘zgarishi bo‘lib, u kasallikning dastlabki kunlari rivojlanadi. Bir yadroli elementlar (limfositlar, monositlar) miqdorining oshib ketishi bilan namoyon bo‘ladigan leykositoz 15.10 9 /l —20.10 9 /l (15.10 3 — 20.10
3 /mm
3 ) kuzatiladi. ECHÒ uncha oshmaydi. Infeksion mononukleozning yagona klassifikatsiyasi yo‘q. Kasallik tiðik va atiðik shakllarda kechishi mumkin. Kasallik atiðik kechganda
256 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya asosiy belgilar — tonzillit, limfatik tugunlar, jigar yoki taloq kattalashishi yoki biror belgi — toshma, nekrotik tonzillit va boshqalarning juda kuchli rivojlanishi kuzatiladi. Ayrim hollarda esa klinik belgilarsiz faqat xarakterli gematologik o‘zgarishlar qayd etiladi. Klinik ko‘rinishlarning og‘irligiga qarab: yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir shakllari farqlanadi. Òaloq, ayniqsa jigar o‘lchamlari juda sekinlik bilan normallashadi. Qon ham bir necha hafta, hatto oylar davomida normallashadi. Asoratlari orasida otit, ðnevmoniya, stomatit va boshqalar katta ahamiyatga egadir. Ba’zan nevritlar, gemolitik anemiya, hatto taloqning yorilishi kuzatiladi. Òashxisi. Infeksion mononukleoz tashxisi ko‘ð hollarda qi- yinchilik tug‘dirmaydi. Isitma, tonzillit, limfatik tugunlar, jigar va taloqning kattalashishi klinik tashxis qo‘yish uchun yetarlidir. Uning yana bir tasdig‘i gematologik o‘zgarishlardir. Periferik qonning o‘zgarishi infeksion mononukleozning asosiy belgisidir. Bu kasallik uchun leykositoz, oq qon bir yadroli ele- mentlarining ko‘ðayishi va atiðik mononuklearlar ðaydo bo‘lishi tiðik belgilardan hisoblanadi. Kasallikning ko‘ð uchraydigan doimiy belgilaridan biri — ðeriferik qonda bir yadroli elementlar — mononuklearlar (limfositlar, monositlar, ðlazmatik hujayra- lar)ning ko‘ðayishidir. Bir hujayrali elementlarning sifati o‘zgarishi, ya’ni atiðik mononuklearlar ðaydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bular yumaloq hujayralar bo‘lib, diametri 15—30 mkm ga teng. Ularning miqdori ðeriferik qonda 5—10% dan 50% gacha va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Serologik tekshirish usullari tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Amaliyotda qo‘y eritrositlari bilan o‘tkaziladigan Paul—Bunnel agglutinatsiya reaksiyasi taklif qilingan. Infeksion mononukleozda ijobiy reaksiya titri 1:1024 ga yetadi, kasallikning xarakterli gema- tologik belgilari mavjud bo‘lgan tiðik kechadigan klinik ko‘rinishida tashxisni tasdiqlash uchun yuqori bo‘lmagan (1:64, 1:128) titrlar ham yetarlidir. Lekin reaksiya yetarli sðetsifik emas. Shuning uchun uning o‘rniga yuqori aniqlikka ega bo‘lmagan modifikatsiyalangan reaksiya — Paul—Bunnel—Davidson reaksiyasi kirib keldi. U 1:28 titrda ijobiy hisoblanadi. Shu bilan birga Òomchik reaksiyasi (1:48) ham qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda eng keng qo‘llaniladigan reaksiya – ot eritrositlari bilan qo‘yiladigan Goff-Bauer agglutinatsiya reak-
257 MAXSUS QISM. II. Nafas yo‘llari infeksiyalari siyasidir. Bu reaksiya o‘zining tez qo‘yilishi, oson bajarilishi va yuqori darajada aniqligi bilan ajralib turadi. U kasallikning 1-haftasi oxiri va 2-hafta boshida ijobiy (+++), (++++) bo‘ladi. Infeksion mononukleozda tashxis qo‘yishda serologik reaksiyalar yordamchi usullardan hisoblanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, infeksion mononukleoz tashxisida klinik gematologik ma’lumotlar asosiy ahamiyatga egadir. Davolash. Infeksion mononukleozni sðetsifik davolash usullari ishlab chiqilmagan.Kasallikning yengil shaklida vitaminlar (C, R va B guruh vitaminlar) va simðtomatik davolash bilan chegaralanish mumkin. Halqumning kuchli nekrotik o‘zgarishida yoki ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda (masalan, ðnevmoniyada) antibiotiklar — ðenitsillin, amðitsillin, oksasillin, tetrasiklin va boshqalar tayin- lanadi. Levomitsetin va sulfanilamidlar qon yaratilishini susaytirishi tufayli qo‘llanilmaydi. Infeksion mononukleoz og‘ir kechganda glukokortikosteroid gormonlar — ðrednizolon sutkasiga 20—40 mg miqdorda 8—12 kun davomida buyuriladi va dozasi asta-sekinlik bilan kamaytirib boriladi, dezintoksikatsiya o‘tkaziladi. Òaloq yorilganda xirurgik oðeratsiya o‘tkaziladi. Barcha holatlarda halqum rivanolning 1:1000 eritmasi, kaliy ðermanganat, furasilin va dezinfeksiyalovchi moddalar yordamida chayib turiladi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik tarqalishining oldini olishda eng ishonchli vositalardan biri — bu bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va uyida izolatsiya qilish yoki statsionarga yotqizishdir. Bemorlar kasalxonaga klinik ko‘rsatmalarga asosan yotqiziladilar. Aloqada bo‘lganlarni kuzatib turish shart emas, o‘choqda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilmaydi. Sðetsifik ðrofilaktikasi hozircha ishlab chiqilmagan. Nazorat savollari 1. Infeksion mononukleoz nima? 2. Infeksion mononukleoz etiologiyasi va ðatogenezini gapirib bering. 3. Infeksion mononukleozda qanday belgilar uchraydi? 4. Periferik qonni tekshirganda infeksion mononukleozga xos qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? 17 – Yuqumli kasalliklar
258 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 5. Infeksion mononukleozni davolash usulini gapirib bering. 6. Infeksion mononukleozda qanday ðrofilaktik tadbirlar o‘t- kaziladi? Ornitoz (ornithosis) Ornitoz — kasal qushlardan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘ðka, nerv sistemasi va geðatoliyenal sindrom bilan kechadi. Etiologiyasi. Ornitoz qo‘zg‘atuvchisi — xlamidiylardir. Ular hujayra ichi ðarazitlari bo‘lib, hujayrasiz oziq muhitlarda o‘smaydi, tovuq embrioni hamda tajriba hayvonlarini zararlash yo‘li bilan o‘stiriladi. Xlamidiylar shar shaklida bo‘lib, diametri 0,30—0,45 mkm ni tashkil qiladi. DNK va RNK ga ega. Ular muzlatishga chidamli, lekin 70°C gacha qizdirilganda va har xil dezinfeksiyalovchi moddalar (lizol, formalin, xloramin, efir) ta’sirida o‘z faolligini yo‘qotadi. Òashqi muhitda xlamidiylar 2—3 haftagacha saqlanadi. Sulfanilamid ðreðaratlarga, streðtomitsin, kanamitsin, nistatin va boshqa antibiotiklarga chidamli. Òetrasiklin guruhidagi antibiotiklarga sezgir. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai uy ðarrandalari hamda yovvoyi qushlar hisoblanadi. Uy (ayniqsa, o‘rdaklar va kurka) va Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling