Magnoliyadoshlar oilasi


Psevdant (soxta) gul nazariyasi


Download 429.18 Kb.
bet3/6
Sana22.02.2023
Hajmi429.18 Kb.
#1220282
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Magnoliyadoshlar oilasi

Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari R. Vettshteyn va A. Karstenlarning (1900) fikricha, eng qadimiy sodda tuzilishga ega bo’lgan o’simliklarning gullari bir jinsli, gulqo’rg’oni oddiy yoki gulqo’rg’onsiz bo’lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o’simliklarga misol qilib, qizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.

  • Strobilyar nazariya 1905 yilda yaratilgan. Ochiq urug’lilarning vakili bennetgitlarning qoldiqlari topilgandan keyin bu nazariya paydo bo’lgan. Unga ko’ra bennettitlarning strobillaridan gul paydo bo’lgan degan xulosaga kelingan. Bu nazariyasi bo’yicha, strobillardan hosil bo’lgan gul ikki jinsli, gulqo’rg’onli bo’lib, hasharotlar vositasida changlangan. Unga misol qilib, magnoliyalar olingan. Nemis botanigi X. Gallir (1912), ingliz olimlari, A. Arber, D. Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari hisoblanadi (20-rasm).

  • Telom nazariyasining asoschisi nemis olimi V. Simmerman (1959) eng qadimgi gulli o’simliklar psilofitlarning telomidan kelib chiqqan deydi.


    20-Rasm. Gulli o’simliklar qadimgi ajdodlarining gul tuzlishi (Arber va
    Parkin bo’yicha). А – Proantostrobil, Б - antostrobil

    Gulli o’simliklarning asosiy evolyusion yo’nalishlari


    1. Daraxtlar – butalar – ko’p yillik o’tlar – bir yillik o’tlar. O’tlar – ikkilamchi yog’ochlanuvchi o’simliklar.

    2. Tik o’suvchi poyali o’simliklar – yotib, ilashib va chirmashib o’suvchi o’simliklar.

    3. Doim yashil o’simliklar – barglarini to’kuvchi o’simliklar.

    4. Doira shaklida joylashgan o’tkazuvchi naylar – tarqoq joylashgan naylar.

    5. To’rsimon tomirlangan barglar-parallel tomirlangan barglar.

    6. Oddiy butun barglar – oddiy bo’lingan barglar – murakkab barglar. Murakkab barglar – ikkilamchi oddiy barglar.

    7. Ketma – ket joylashgan barglar – qarama – qarshi joylashgan barglar.

    8. To’g’ri (aktinomorf) gullar – qiyshiq (zigomorf) gullar.

    9. Oddiy, yakka gullar – to’pgullar (ko’p gullar).

    10. Gul bo’laklari noaniq (ko’p) gullar – gul bo’laklari kam va aniq sonli gullar.

    11. Qo’sh gulqo’rg’onli gullar – oddiy gulqo’rg’onli yoki gulqo’rg’onsiz gullar.

    12. Gul bo’laklari birlashmagan (erkin) – gul bo’laklari qo’shilgan (birlashgan).

    13. Hasharotlar bilan changlanish-shamol yordamida changlanish.

    14. Ikki urupallali urug’ – bir urutallali urug’.

    15. Apokarp (tutashmagan) meva – senokarp (tutashgan) meva.

    16. Ko’p sonli changlar – kam sonli changlar.

    17. Ikki jinsli gul – bir jinsli gul.

    18. Ko’p urug’kurtak – bir urug’kurtak.


    Download 429.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling