Maktabgacha pedagogika”


Download 52.36 Kb.
bet3/14
Sana21.04.2023
Hajmi52.36 Kb.
#1369808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5211039951440844378

Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragrf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


I BOB TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING RIVOJLANISHINING ASOSLARI

    1. 6-7 yoshli bolalar rivojlanishining Davlat satandartlari mazmun mohiyati

Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo‘lgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi 6-7 yosh
Kichik soha: Yirik motorika bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi; yurishda turli topshiriqlarni bajaradi; yengil yuguradi (shiddat bilan, to‘siqlarni yengib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni saqlagan holda); bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi; arqonda turli usullarda sakraydi; arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi; ikki oyoqli velosipedda uchadi.

Download 52.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling