Tanlangan mavzuning dolzarbligini ilmiy asoslash; Loyihalanayotgan diplom ishi mavzusi “Urganch shahriga mo‘ljallangan ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binosini loyihalash”. Hozirgi kunga kelib xonadonlarni yer bilan ta’minlash an’anasi yo‘qoldi. Buning o‘rnini qoplash uchun xonadon tarkibiga har xil yozgi xonalarni loyihalash va past qavatli uylarga nisbatan har xil qulayliklar, ya’ni markazlashgan issiq suv, isitish elektr jihozlari va axlatni olib ketish uchun qulayliklar yaratildi. SHu sabablar natijasida O‘zbekiston tabiati, iqlim-sharoitiga va urf-odatlariga javob beradigan o’rta va ko‘p qavatli uylarning xillariga talablar ishlab chiqildi.
Loyihalanayotgan turar-joy binosi inson turmush tarzining beqiyos darajada o’sib borishi natijasida ko’p funksiyali 5 qavatli turar-joy binolarining yangi-yangi tiplarini yaratishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |