Mamlakatimizda ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda


Turar uy-joy kurilishida shaharsozlik talablari


Download 67.98 Kb.
bet3/8
Sana02.01.2022
Hajmi67.98 Kb.
#199578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SOTIBOLDIYEVA.docx1

Turar uy-joy kurilishida shaharsozlik talablari

SHahar, turar joy hududiga yoki alohida turar joy uyiga yer maydonini tanlash o‘ta mas’uliyatli ishdir, chunki bu yerda aholining yashashi uchun hamma shart-sharoit mavjud bo‘lishi va kelgusi avlodlarning yashashlarini hisobga olish zarur. Alohida turar uy-joy uchun yer maydoni sathi balandroq, suv to‘planmaydigan, yerga suv shahobchalari o‘tkazish va ko‘kalamzorlashitirish imkoniyatiga ega bo‘lgan undan tashqari sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan sanitariya-gigienik jihatdan uzoqroq masofada bo‘lishi kerak.

SHuningdek, bino boshqa turar joy va jamoat binolaridan, ma’lum bir joyda joylashgan quyoshga nisbatan yaxshi qaratilgan bo‘lishi va yaxshi shamollatilishi kerak. Uy bundan tashqari ko‘cha shovqinidan ma’lum bir uzoq masofada joylashtirilishi, ko‘chaning qizil chizig‘idan ko‘kalamzor va shovqindan saqlanadigan to‘siqlar orqali ajratilishi kerak [2]

Uyga avtomobil kirishi uchun yo‘lakcha ajratilishi, bundan tashqari uy atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv o‘tkazilgan, bolalar maydonchalari, kir quritadigan va sport maydonchalari, soyabonlar, kattalar dam oladigan joylar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitida muhim omillardan biridir. Yer sathi qo‘shni uylar bilan, tuman markazi bilan bog‘cha, maktab, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi kerak.To‘g‘ri sanitariya-gigienik sharoitni yaratishda muxandislik jihozlaridan foydaniladi. Xonadonlarda umumiy isitish sovuq va issiq suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, sun’iy shamollatish va boshqa muammolar hal etilgan bo‘lishi lozim.




Download 67.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling