Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda


Maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari


Download 106.38 Kb.
bet5/8
Sana28.12.2022
Hajmi106.38 Kb.
#1018240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QO\'L YOZMA

Maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishning nazariy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 19.09.2013-yil 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari” da maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank , banker, pul qiymatlari, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki tushunchalar berish ko‘rsatib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid ma’lum bilimi va ma’lumotlar bilan qurollangan bo‘lmog‘i zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari zarur:
-Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o‘rni va uning rivojlanishi tamoyillarini va nazariy asoslarini
-zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona qo‘llay olish;

Iqtisodiy tushunchalardan bo‘lgan- bozor tushunchasi tanishtirishda tarbiyachi bolalarga “bozor” haqida ma’lumot beradi.
Bozor-bu xaridor bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog‘laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar ?
Sotuvchilar-bu Tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, fermer xo‘jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa- barcha aholi, davlat idoralari va iste’molchilardir.
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya’ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo‘ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa , shu pulga boshida narsa sotib olinadi. Ya’ni , bog‘bon o‘z yetishtirgan ho‘l-meva mahsulotlarini sotib , o‘rniga o‘ziga kerakli mahsulot sotib oladi.
Bunda : tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma’lumot beriladi.

Download 106.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling