Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI Tayanch atamalar va iboralar
- 12.1. AQSh iqtisodiy qudratining o‘sib borishi
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Buyuk inqiroz davridagi doktrinalarning asosiy mazmuni nimadan iborat? 2. Franklin Ruzveltning “yangi kursi”ni mazmun-mohiyati nimadan iborat? 3. Angliyada aksilinqiroz chora-tadbirlarining xususiyatlari nimada? 4. Fransiyada xalq fronti dasturini amalga oshirilishning ahamiyati nimada? 5. Fashizm iqtisodiy siyosatining mazmuni nimada? 1 Dzabaysu – imperator xonadoni va markaziy boshqaruv apparati bilan qarindoshlik rishtalari uzviy bog‘langan universal monopoliya (konglomerat). 2 Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.191. 132 12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI Tayanch atamalar va iboralar: Marshall rejasi, amerika ta’siri, “yangi marralar” dasturi, reyganomika, retsessiya, “Tetcherizm”, Neoliberalizm, integratsiya ■ Reja: 12.1. AQSh iqtisodiy qudratining o‘sib borishi 12.2. Yetakchi mamlakatlarning rivojlanishi dinamikasi va shakllari 12.3. Integratsiya jarayonlari 12.1. AQSh iqtisodiy qudratining o‘sib borishi Ikkinchi jahon urushi oqibatida bir qator mamlakatlarning, bir- inchi navbatda Yaponiya va G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiyoti uzoq muddatga izdan chiqqan edi. Fransiya va Buyuk Britaniyan- ing pozitsiyasi sezilarli bo‘shashgan edi. Urush kapitalistik takror ishlab chiqarishni tartibga solishni bozor mexanizmlari shakllarini buzdi yoki to‘liq ishdan chiqartirdi, ko‘pchilik mamlakatlarning xo‘jalik faoliyatida tushkunlik yuzaga keldi. AQSh – Ikkinchi jahon urushidan kuch-quvvatga to‘lib chiqqan jahondagi yagona mamlakat edi. Undan tashqari, urush davrida mamlakatning milliy daromadi ikki barobar o‘sdi. Urushdan so‘ng AQShga kapitalistik dunyo sanoat mahsulotining 60%, oltin zax- irasining 2/3 va eksportning 1/3 to‘g‘ri kelgan edi. Belgiyalik tarix- chi va iqtisodchi olim German Van der Bee quyidagi fikrni bildir- gan edi: “Qo‘shma shtatlar urushdan kuchayib chiqishdi” 1 . Shu sa- babdan urushdan so‘ng mamlakat o‘z iqtisodiyotini xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarishga tez o‘tkazishga imkon topdi. 1947 yilning o‘rtalariga kelib bu o‘tish to‘liq yakunlandi. Uning asosini quyidagi omillar tashkil qildi: ● davlat boshqaruvining yaxshi tashkil etilganligi; 1 http://www.historicus.ru/789 133 ● frontdan qaytgan askarlar uchun rekonversiya dasturlarin- ing mavjudligi; ● xususiy iste’molni jadal o‘sishi; ● zaxira va uskunalarga investitsiyalarni jadal o‘sishi; ● xukumat siyosati ta’sirida tovar va xizmatlar eksportini rivojlanishi. AQSh Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) indeksi o‘sdi. Texnologik ustunlik va eng yuqori mehnat unumdorligi, mo‘l foydalar mamlakat ichida va uni tashqarisida yangi kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish imkonini berdi. AQShning urushdan keyingi davrdagi tashqi iqtisodiy siyo- satida G‘arbiy Yevropa alohida o‘rin egallaydi. Urushdan keyingi davrda AQSh ushbu hudud bilan aloqalarida yetakchilik qilishdan nisbatan tenglik munosabatlarigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tdi. ◄ Marshall rejasi “Yangi marralar”. 1 Bu bosqichda AQSh o‘zining G‘arbiy Yevropadagi ittifoqdosh- larini ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlashtirish bo‘yicha say’i-harakat- larini amalga oshirdi. 1947 yilning 5 iyunida ikkinchi Jahon urush- idan so‘ng “Yevropani tiklanish dasturi” sifatida Marshall rejasi taqdim etildi. Uning nomi rejani ishlab chiqqan AQSh davlat kotibi Dj.Marshallga atab qo‘yilgan edi. Reja bo‘yicha ma’lum bir shartlar bo‘yicha zayom va kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan edi. Mar- shall rejasida 16 ta yevropa mamlakatlari ishtirok etishga rozilik bildirdilar. 1948 yil apreldan 1952 yil fevralgacha G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Angliya, Fransiya, Gollandiya, Ispaniya, G‘arbiy Ger- maniya) Marshall rejasi doirasida 17 mlrd.dollar olishdi. Shu bilan bir vaqtda amerika biznesi o‘z manfaatini ko‘zlagan holda G‘arbiy Yevropa korxonalarini sotib olardi. G‘arbiy Yevropa kapitalizmi holatini mustahkamlash, mint- aqada Amerika ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan rejani amalga oshirish maqsadida maxsus Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT-OEES) 2 tashkil etilib, u mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish sharoitlarini nazorat qilish bilan shug‘ullandi. 1 Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.235. 2 1961 yildan IHTT (OESR) – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. 134 12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI Koreyadagi urush (1950-1953 yy.) Amerika iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: harbiy ehtiyojlar uchun ishlovchi sanoat hajmi kengaydi, aholi bandligi oshdi. AQSh sanoatiga 30 mlrd.doll. in- vestitsiya qilindi, ya’ni butun Ikkinchi jahon urushi davridagidan ko‘p. Ijobiy iqtisodiy kon’yunkturaga qaramasdan, AQShga 54 ming halok bo‘lganlar va 103 mingta yarador bo‘lganlarni vujudga keltirgan Koreya urushi, mamlakatda shuhrat qozonmadi. Bu 1952 yildagi saylovda demokratlarni mag‘lub bo‘lishiga olib keldi. Hukumat iqtisodiyotda monetaristik siyosatga asoslanar edi. Tartibga solishning moliyaviy markazlari yordamida 1953-1954 yy.dagi iqtisodiy tushkunlik va 1957-1958 yy.dagi uchinchi urush- dan keyingi retsessiya yengib o‘tildi. Urushdan keyingi birinchi o‘n yillikda jahon kapitalistik xo‘jaligida AQShning yetakchilik holati shubhasiz edi. Lekin G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy ko‘tarilishi va Yaponiyaning sanoat sakrashi ushbu holatni sezilarli darajada o‘zgartirdi. 50-yy.larning ikkinchi yarmida AQSh iqtisodiyotiga ilmiy-tex- nika inqilobi (ITI) katta ta’sir ko‘rsatdi. ITIning tarkibiga ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, EHMdan foydalanish, ishlab chiqar- ishni intensifikatsiyalashtirish va konsentratsiyalashtirish kiradi. Buning natijasida, bir tomondan, ishlab chiqarish jadal rivojlandi va turmush sifati oshdi, ikkinchi tomondan, ishsizlik ko‘paydi, iqti- sodiy o‘sish sur’atlari pasaydi. Davlat oldida turgan yangi vazifalar 60-yy. boshidagi Dj.Kennedining “Yangi marralar” dasturida o‘z aksini topdi. Das- tur bir guruh neoliberal iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan edi. Ular yuqori darajada bandlik va barqaror narxlar zarurati sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida tovar va xizmatlar taklifi va jami talab o‘rtasida muvozanatni saqlashga qaratilgan bosqichma-bosqich rivojlanishni nazarda tutishgan edi. Dastur asosida defitsitni moliyalashtirishni keynsian g‘oyasi yotardi. 1962-1963 yy.da ijtimoiy dasturlar sohasida chora-tadbir- lar amalga oshirildi. Yirik biznes vakillariga imtiyozlar berildi. Umuman olganda “Yangi marralar” siyosati ijobiy natijalar berdi. 1964 yilda sanoat ishlab chiqarishi indeksi 1961 yildagi ko‘rsatkichdan 20%ga oshdi. Jahon kapitalistik eksportida AQShn- ing ulushi sezilarli darajada qisqardi: 1960 yilda – 18%, 1980 yilda – 12%. 1950 yilda AQShdan mehnat unumdorligi darajasi bo‘yicha 135 2-5 marotaba orqada bo‘lgan yetakchi kapitalistik mamlakatlar, 80-yy.lar boshlariga kelib ushbu farqni butunlay bartaraf etishdi. Jahon kapitilistik xo‘jaligida AQShning yetakchilik roli havfi ish- lab chiqarishni tarmoq tarkibini o‘zgartirishga, fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqlarga yo‘naltirilgan sanoatni qayta qurishga, ilm- iy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga xarajatlarni oshirishga, ilmiy-texnika progressini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini qabul qilishga majbur qildi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling