Ma’ruza-1 mavzu


Qattiq karbyurizatorda sementitlash


Download 1.5 Mb.
bet16/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1369448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza

Qattiq karbyurizatorda sementitlash. Bu usulda karbyurizator sifatida pista ko‘mir bilan karbonatlardan iborat kukun holidagi aralashma ishlatiladi. Odatda, karbyurizator 70 % chamasi pista ko‘mir, qolgani esa karbonatlardan, masalan, 20 – 25 % bariy karbonat BaCO3 va 10 – 15 % kal‘siy karbonat CaCO3 dan iborat bo‘ladi. CaCO3 o‘rniga Na2CO3 yeki K2CO3 olish ham mumkin. Karbonatlar karbyurizatorning aktivligini oshirish uchun qo‘shiladi.
Detallarni sementitlash uchun, germetik berkiladigan po‘lat yashik olinadi-da, unga bir qavat karbyurizator solinib, uning ustiga sementitlanadigan detallar orasi ochiqroq qilib teriladi, so‘ngra ularning ustidan yana karbyurizator solinadi, uning ustiga yana detallar teriladi va hokazo. Yashik ana shu tarzda to‘ldirib chiqilgandan keyin qopqog‘i yaxshilab berkitiladi, qopqog‘idagi teshiklar orqali shu detallar po‘latidan tayyorlangan kontrol namunalar (sterjenlar) kiritilib, yashikning barcha tirqishlari o‘tga chihamli gil bilan shuvalanadi. Shundan keyin yashik pechda 920 – 950 0C gacha qizdiriladi va shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turiladi (tutib turish vaqti, sementitlanishi kerak bo‘lgan qavat qalinligi va po‘lat rusumiga qarab, 5 dan 15 soatgacha va undan ortiq bo‘ladi; detallar sirtqi qatlamining qancha qalinlikkacha sementitlanganligi kontrol namunalardan olib sindirish yo‘li bilan aniqlanadi). Sementitlash jarayonini tezlatish uchun suyuq yoki gazsimon karbyurizatordan foydalannladi.
Suyuq karbyurizatorda sementitlash. Bu usulda mayda detallar sementitlanadi. Buning uchun karbyurizator sifatida 75 – 85 % natriy karbonat Na2CO3 15 – 10 % natriy xlorid NaCl va 10 – 5 % kremniy karbid SiC dan iborat aralashma ishlatiladi. Bu aralashma vannada suyuqlantirilib, temperaturasi 820 – 850 0C ga yetkaziladi-da, so‘ngra unga sementitlanadigan detallar solinadi.
Bu usulning afzalliklari shundan iboratki, birinchidan, ishlatiladigan tuzlar zaharli bo‘lmaydi va jarayon tez o‘tadi, ikkinchidan, detallarning sirti toza chiqadi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling