Ma’ruza-1 mavzu


Download 1.5 Mb.
bet13/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1369448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ma\'ruza

Nazorat savollari.
1. Nima sababdan temir - uglerod holat diagrammasi o‘rganiladi?
MA’RUZA-10
MAVZU: Mеtall va qоtishmalarga tеrmik ishlоv bеrish
Reja:

  1. Po‘latlarni tоblash

  2. Po‘latlarni bushatish va ularga sоvuqlayin ishlоv bеrish

3. Po‘latlarga tеrmоmехanik va mехanоtеrmik ishlоv bеrish
Po’lаtni bo’shаtish usullаri.
Po‘latni bo‘shatish. Bo‘shatish termik ishlov berishning yakunlovchi jarayoni bo‘lib, toblangan po‘lat kritik temperaturadan pastda qizdirib shu tempe­raturada tutib so‘ng tez yoki sekin sovitish usulidan iborat. Bun­dan maqsad po‘latdagi ichki kuchlanishlarni yo‘qotish, qovushoqligini oshirishdan iborat.
Po‘latlarni bo‘shatish temperaturasi undan yasaladigan detal­ning ishlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi .
Masalan: zarbiy yuklanishlar tushadigan mashina detallari 450-6500C gacha qizdirilib so‘ngra shu muhit bilan birga sovitiladi. Bunda sorbit strukturasi hosil bo‘ladi.
Elastik, qovushoq, qattiq va mustahkam detallar ya’ni pruji­na va ressorlar uchun 350-450 0C gacha qizdirib so‘ng bo‘shatiladi, bunda trostit strukturasi hosil bo‘ladi.
Po‘latlar 150-250 0S gacha qizdirilib, shu muhit bilan birga sovitilganda martensit strukturasi hosil bo‘ladi. Bunday tobloshda yuzaga kelgan kuchlanishlar yo‘qoladi. Asosan asbobsozlik po‘latlari uchun qo‘llash qulay.

9-rasm. Po‘lat 45 ni toblash va bo‘shatish diagrammasi.
Po‘latni toblash. Konstruksion po‘latlar tayyorlangan buyumlar puxtaligini, asbobsozlik po‘lat buyumlar qattiqligi va keskirligini shu bilan birga ularning yeyilishga va karroziyaga chihamligini oshirish maqsa­dida ular toblanadi.
Po‘latlarni Fe-Fe3S sistemasidagi GSK chizig‘idan 30-50 0C yuqorida qizdirib va unda ma’lum vaqt tutib turib keyin tez so­vitish jarayoni toblash deyiladi.
Uglerodli po‘latlar uchun sovituvchi muhit sovuq suv bo‘lsa, ligerlangan po‘latlar uchun mineral moylar va boshqa eritmalardan foydalaniladi.
Po‘lat buyumlarni toblash uchun uning kimyoviy tarkibi, detal­ning shakli, o‘lchami va unga qanday xossalar bo‘lishi kerakligini bilish zarur. Shunga asosan toblash jarayoni turlanadi.
1) Oddiy toblash - bunda po‘lat buyumlar belgilangan tempera­turada qizdirilib suv yo moyga tushiriladi-da, suyuqlikda normal temperaturagacha soviydi. Bunda oddiy shaklli buyumlar toblanadi. Ba’zan buyum xossasini yaxshilash maqsadida avval birmuncha havoda tutib turib so‘ng suvga sovitiladi. Bu shamollatib toblash deyiladi. Bunda yangi po‘lat strukturasi hosil bo‘ladi, bu austenitning sor­bit deb ataladigan strukturasidir. Sorbit 600 dan 5000 0C gacha sovitilganda paydo bo‘ladi. Uning qattiqligi HB 250-300 ga teng.
2) Ikki sovituvchida toblash - bunda po‘lat buyum avval suvda 400-300 0C gacha sovitiladida keyin moy yoki havoda sovitiladi. Bunda austenit strukturasi qattiqlashib troostit strukturasini hosil qiladi. Uning qattiqligi HB 350-450 ga teng.
3) Bosqichli toblash - bunda po‘lat buyum belgilangan temperatu­radan 30-50 0C yuqorida qizdirilib issiq suyuqlantirilgan tuzga tushiriladi, buyumning hamma yerida bir xil harorat bo‘lguncha tutib turiladi, so‘ngra moy yoki havoda sovitiladi. Bunda diametri yoki qalinligi 30 mm gacha bo‘lgan detallargini toblanadi. Bosqichli toblashda austenit juda qattiqlashib strukturasi o‘zgaradi ninasi­mon strukturali martensit hosil bo‘ladi. U juda qattiq va mo‘rt bo’lib qattiqligi 600-700 HB ga teng. Sovitish tezligiga qarab toblash jarayonida martensitdan tashqari sorbit va troostit struk­turalari ham hosil bo‘ladi, bularning sovish tezligi kichik bo‘lga­ni uchun Martensit hosil bo‘lish tezligini toblashning kritik tez­ligi deydi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling