Ma’ruza 4 osmon sferasining sutkalik aylanishi


YOritqichlarni birinchi vertikaldan o‘tish shartlari


Download 171.5 Kb.
bet3/5
Sana22.12.2022
Hajmi171.5 Kb.
#1042339
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MA’RUZA OSMON SFERASINING SUTKALIK AYLANISHI

YOritqichlarni birinchi vertikaldan o‘tish shartlari. SHimoliy yarim sharda  kenglikdagi kuzatuvchi uchun sutkalik parallellari AA' va VV' bo‘lgan yoritqichlar birinchi vertikalni sutka davomida ikki marta kesib o‘tadi: sharqiy qismida a va b' nuqtalarida, g‘arbiy qismida esa a va b nuqtalarida. SS' va DD' paralleliga ega bo‘lgan yoritqichlar birinchi vertikalni kuzatuvchining gorizontidan pastda kesib o‘tadi. Ba’zi yoritqichlar, masalan FF' sutkalik parallelliga ega yoritqich birinchi vertikaldan o‘tmaydi.
YOritqichni birinchi vertikaldan o‘tish shartini aniqlash uchun 20-shaklda birinchi vertikal bilan zenit nuqtasi Z da tutashuvchi ZL yoritqich sutkalik parallelini o‘tkazamiz. (9) tenglamaga muvofiq bunday yoritqichning sutkalik og‘ishi kuzatish joyining kengligiga teng, ya’ni = bo‘ladi.

20- шакл. Ёритќичларини биринчи вертикал орқали ўтиши

Sutkalik parallellari osmon ekvatori va ZL sutkalik paralleli oralig‘ida bo‘lgan barcha yoritqichlar birinchi vertikal orqali kuzatish nuqtasining gorizontini ustidan o‘tadi. Sutkalik parallellari osmon ekvatoriga mos tushgan barcha yoritqichlar birinchi vertikalni E va W nuqtalarida kesib o‘tadi.


Sutkalik pralleli ZL sutkalik paralleldan yuqorida bo‘lgan yoritqichlar birinchi vertikaldan o‘tmaydi. Manfiy og‘ishga ega yoritqichlar birinchp vertikalni kuzatish nuqtasi gorizontining ostida kesib o‘tadi.
Demak, shimoliy yarim shardagi kuzatuvchi uchun og‘ishi quyidagi shartni qoniqtirgan yoritqichlar birinchi vertikal orqali o‘tadi:
0° <  <  (29)
2. Geodezik astronomiyada yulduzlarni meridiandagi yuqori va quyi kulminatsiya momentlarini kuzatish er sirtidagi punktning geografik koordinatalarini aniqlash, hamda astronomik asbobning doimiy qiymatlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Dala astronomik kuzatishlarda ishlatiladigan asboblar odatda, alohida vertikal va alohida gorizontal doiraga ega bo‘lib, asbobni berilgan azimut va zenit masofasiga muvofiq o‘rnatish imkonini beradi. SHu sababli oldindan yoritqichlarni kulminatsiya momentlarini lm gacha aniqlik­da va gorizontal koordinatalari (z, A)ni ushbu momentlar uchun 1' gacha aniqlikda hisoblash kerak.
Kulminatsiya momentlaridagi yulduz vaqti yulduz to‘g‘ri chiqishi ma’lum degan hollarda (7) va (8) formulalar asosida aniqlanadi.
YOritqichning kulminatsiyalardagi gorizontal koordinatalarini aniqlashda shimoliy yarim shardagi kuzatuvchi uchun yoritqichlarning uchta holatini ko‘rib chiqamiz.
1). YOritqichlarni yuqori kulminatsiyasi zenitdan janubda, zenit va janubiy qutb R' oralig‘idagi A nuqtada (>>0°) bo‘lgan holat 20-shakldan ko‘rinib turibdiki, yoritqichning zm meridianal zenit masofasi ZA yoyi bilan o‘lchanadi, og‘ish esa QA yoyi bilan o‘lchanadi.
Demak
zm =  – . (30)




Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling