Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja


Download 108.44 Kb.
bet26/29
Sana02.01.2022
Hajmi108.44 Kb.
#200880
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2-mavzu (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Yorma
Qo‘l-oyoq taqinchoqlari. Uzuk, bilaguzuk qo‘lga taqib yuriladigan asosiy zeb-ziynat buyumlari hisoblangan. Bilakuzuklarni odatda juft taqishgan. Bilaguzuk sirtiga nozik naqshlar tushirib, tosh va shishalar o‘rnatilgan. Qadimiy bilak uzuklarda ko‘zli ilon yoki qurbaqa boshi tasvirlangan.

yengil, nozik, sidirg‘a rang bilakuzuklarga talab katta bo‘lgan. Bunday bilakuzuklar ko‘pincha kumush tolalardan iborat naqshlar bilan ziynatilgan. Bir qatori tillarang, ikkinchi qatori kumush, yaproq, don, bodom, bosma gulli uchburchak “puncha” bilaguzuklar ham ko‘plab miqdorda yasalgan. Qimmatbaho uzuklar hamma vaqt rangli toshlar va shishalardan ko‘z qadab ishlangan. Har bir viloyat zargarlari o‘ziga xos uslubda, boshqa zargarlarnikidan ajralib turadigan uzuklar yasashgan. Masalan, Xorazmda deyarli xamisha cho‘zinchoq shaklidagi haqiq va shishalardan ko‘z qadashgan. Ayrim hollardagina to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lgan.

Uzuklar orasida muhr-uzuklar ham ko‘p bo‘lgan. Xon, amir, sulton, beklar ularni hokimiyat ramzi sifatida taqishgan. Ayollar pishirgan ovqatlari makruh, yuvgan kiri nopok bo‘lmasligi uchun albatta biron xil uzuk taqib yurishgan.

Uzuklar tumor sifatida ham ishlatilgan. Oyoqqa taqiladigan zeb-ziynatlardan oyoq bilaguzuklarini eslatib o‘tish kerak. Raqqosalar oyoqlariga qo‘ng‘iroqchali bilaguzuklar taqishgan.



Taomlar. O‘zbekiston aholisi iste'mol qilayotgan xilma-xil taomlar asrlar davomida shakllanib kelgan. Xalqning taom tayyorlash an'anasi va madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, milliy taomlarini tayyorlashda azaldan turli xil go‘sht, o‘simlik mahsulotlaridan keng foydalanganlar.

O‘zbeklar kundalik ovqat sifatida bug‘doy, arpa, guruch, no‘xat, mosh, zig‘ir, kunjut kabi don, sabzi, piyoz, sholg‘om kabi sabzavotlar, kadi, qovun, tarvuz kabi poliz mahsulotlarini keng iste'mol qilganlar. Azaldan milliy taomlarni tayyorlash uchun chorva - qo‘y, qoramol, echki yog‘lari, kunjut, zig‘ir va sariyog‘(sut mahsulotlaridan olingan) paxta yog‘i ishlatilib kelinadi. Ovqatlanishda, ayniqsa shaharliklarning asosiy taomlari sut mahsulotlaridan: qatiq, suzma, tvorog yoki chakki (zardobi olingan qatiq yoki kefir hisoblanib) qaymoq va boshqalardan iborat bo‘ladi. Samarqand, Toshkent viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida taomga juda ko‘p zira va zirk ishlatiladi, ular taomga nozik ta'm va hid beradi. Go‘shtli sabzavot va yormali quyuq taomlari za'faron, kashnich qo‘shib tayyorlangan. Umuman, o‘zbek milliy taomlari o‘zining lazzatliligi, quvvatliligi va servitaminligi bilan ajrab turadi. Ayniqsa, palov, sho‘rva, mastava, shavla, moshxo‘rda, moshkichiri, shilpildoq va boshqalar keng tarqalgan. Ba'zi quyuq taomlar (palov) tayyorlashning o‘nlab usullari mavjud. Non tayyorlash ham o‘zbek pazandachiligida alohida o‘rin tutadi. Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida non yopishda kunjut, arpabodiyon, sedanani keng qo‘llaydilar.

Non o‘zbeklarda tandirda yopiladi. Tandir har xil joylarda turlicha quriladi. Xorazm vohasi janubiy tumanlarida yashayotgan aholi tandirni og‘zini oldinga sal qiyshaytirib o‘rnatishadi. Turkmanlarga qo‘shni yerlarda yashayotganlari tandirni turkmanchasiga, ya'ni yerga tikkasiga og‘zini osmonga qaratib quriladi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasida esa tandirni ko‘pincha yerdan odam bo‘yi baravari ko‘tarib, og‘zini ro‘para qilib qo‘yishadi.

O‘zbeklar ovqat pishirish uchun azaldan qo‘y yog‘i, sariyog‘, zig‘ir, juvoz yog‘i ishlatib kelishgan. XIX asr oxiridan paxta yog‘idan foydalanadigan bo‘ldi.

Arpa, bug‘doy unidan xilma-xil taomlar tayyorlagan: yorma, talqon, non, qatlama, chalpak, atala, bo‘g‘irsoq, keskan osh, chuchvara va boshqalar.

Talqon. Ilgarilari dondan tayyorlangan. Arpani qozonda bir sidra qovurib olgach, tozalangan va havonchaga solib tuyilgan, uni ozgina yog‘ qo‘yib qozonda qovurilgan. Ba'zan bir oz qovun qoqi yoki shakar, yo qand qo‘shilgan. Talqon qotgan nondan ham tayyorlangan.

Sumalak. Ilgari bu taom erta ko‘klam kezlari Navro‘zi olam boshlangan vaqtdan butun O‘zbekiston miqyosida, shu jumladan, qo‘shni xalqlar tomonidan ham keng tayyorlangan.

Sumalak tayyorlash uchun kerak miqdorda toza, sifatli bug‘doy olinib, yaxshilab yuvilgan. So‘ngra, qorong‘i joyda tekis joyga yoyib, ustiga doka yopilgan va har kuni dokaga namini qochirmay suv purkab turilgan. Namiqqan bug‘doy una boshlaydi. 10–15 kunda undan mayin maysa unib chiqadi. Barmoq bo‘yi o‘sganidan keyin osh pichoqda ildizi va maysasi bilan birga mayda-mayda bo‘laklarga kesiladi. Qo‘lda ezib sharbati siqib chiqariladi. Sharbatini tog‘oraga solib keragicha suv quyiladi, dokadan o‘tkazib suziladi. Shundan keyin bug‘doy turpi ustiga yana suv quyiladi, aralashtiriladi, dokadan suzib, sharbati boshqa idishga quyib olinadi. Bu ish uch bor takrorlanadi. Har gal sharbati alohida idishlarga quyiladi. Oxiri bug‘doy turpi tashlab yuboriladi. Biror xonadon hovlisida o‘choq qazilib, katta qozon o‘rnatiladi. Qozonda yog‘ qizdirilib sovugach, unga un solib aralashtiriladi, keyin birinchi suzib olingan sharbat quyiladi, maxsus yog‘och kurakcha yoki yog‘och cho‘mich bilan yaxshilab aralashtiriladi. Qozonga o‘t yoqib qaynatiladi. Qozon ivigach bir ikki kosa mayda toshlar solinadi. Miltillab qaynay boshlaganidan keyin ikkinchi idishdagi sharbat quyiladi, qaynaganidan keyin uchinchi idishdagisi quyiladi, qozon to‘xtovsiz kovlab turiladi. Kechasi bilan kovlanadi. Ertasi kuni esa sumalak kosalarga suzib tarqatiladi.

Sumalak pishirish uchun har bir xonadon baholi qudrat narsa olib kelishadi: kimdir bug‘doy, kimdir yog‘ keltiradi yoki ikki-uch kosa un olib keladi.

Yorma. Bu taom ham bug‘doydan tayyorlangan. Bug‘doy qo‘l-juvozda tuyilib, qozonda qaynatilgan. Keragicha miqdorda yog‘, sut yoki qatiq aralashtirilgan.

Atala aksariyat ilk bahor oylarida, “ilik uzildi” paytlarida tayyorlangan. Ayollar farzand qo‘rgan kunlari ham ularga albatta atala ichirilgan.

Atala tayyorlash uchun avvaliga piyozdog‘ qilib, so‘ngra tekis qizarib, yoyilib pishgan piyozdoqqa suv quyib jizza solib qaynatilgan. Tog‘oraga kerakli miqdorda un solib, unga suv qo‘shib aralashtiriladi. Bu atala holiga kelganidan so‘ng qozonda qaynab turgan piyozdoqqa quyilgan, ma'lum miqdorda tuz solib, kapkir bilan tez-tez kovlab turilgan. Ba'zan atalaga go‘sht qiyma, tuxum aralashtirilgan. Atala nihoyatda to‘yimli, yuqori quvvatli, darmon ovqat hisoblanadi. Lekin bu taomni ko‘pchilik unutib qo‘ygan. Hatto ayollarning ko‘pchiligi atalani qanday tayyorlashni ham bilishmaydi.

Qishloqlarda biron marosim munosabati bilangina tayyorlanadigan taomlardan qatlama, cho‘zma, yupqa, lochira va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.


Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling