Mashg‘ulot chog‘ida amal qilinadigan qoidalar Suzishni bilmaganda o‘zini tutish


Download 1.97 Mb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1370975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suzish sport turlari qoidalari

124-rasm.
tomon bilan yana oldinga cho‘ziladi. Kaftlar suvning yuzidan o‘tadi. Agar qo‘llarning to‘la ikkita harakatiga oyoqlarning olti harakat zarbasi to‘g‘ri kelsa, qo‘l va oyoqlarning harakati muvofiqlashgan hisoblanadi. Shunda nafas olish uchun bosh buriladi, og‘iz suv ustiga chiqadi. Boshni chapga burib nafas olish quyidagicha bajariladi: suzish chog‘ida chap qo‘l ortda, o‘ng qo‘l oldinga cho‘zilgan bo‘ladi, shu payt og‘iz suvning ustiga chiqquniga qadar bosh buriladi va nafas olinadi. Bosh pastga qaraganda suvga to‘la nafas chiqariladi. Bu holat boshni o‘ng tomonga burgunga qadar tugatiladi, nafas ham og‘iz, ham burun orqali olinadi.
Chalqancha yotib qulochkashlab suzish usulining o‘ziga xosligi shundaki, bunda nafas suv ustida olib, chiqarilaveradi (125-rasm).
Chalqancha yotib qulochkashlab suzishda gavda gorizontal holatda bo‘ladi, oyoqlar ko‘krakda qulochkashlab suzgan holatdagidek harakatlanadi, ular erkin holatda suvga tezlik bilan, asosan, balanddan pastga bosim beradi. Qo‘llar havoda erkin harakat qilib, yuqoriga va yonga cho‘ziladi, suvga yengil tushiriladi, suzishning o‘rtasida qo‘l bukiladi. Qo‘llar harakati tinimsiz takrorlanadi. O‘ng qo‘l havoda bo‘lganda chap qo‘l suv ichida suzadi va hokazo. Chalqancha yotib, qulochkashlab suzib, bir qo‘l uzatilganda og‘iz, burun orqali nafas olinadi, ikkinchi qo‘l cho‘zilganda burun 126-rasm. bilan nafas chiqariladi.
Brass“ usulida suzish. Tezlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra „brass“ usuli boshqasidan vazmin harakatlanishi bilan ajralib turadi. Ammo uning amaliy ahamiyati katta (126-rasm). „Brass“ usuli bilan shovqinsiz suzishda, katta masofalarni bosib o‘tishda, jarohat olganlarni va ashyolarni qutqarishda imkoni keng. „Brass“ usulidan, shuningdek, suv ostida ham foydalaniladi. „Brass“ usulida suzuvchining gavdasi suv ustida ko‘krakda gorizontal holatda yotadi, oldinga cho‘ziladi, qo‘l kaftlari birlashtirilib pastga qaratiladi va oyoqlar cho‘zilgan, birlashtirilgan bo‘ladi. Shu holatda qo‘llar kafti tashqariga buriladi, so‘ngra har ikkala qo‘l ikki tomonga harakatlanadi va biroz pastda yelka barobarida suziladi. Suzish oxirida qo‘llar tirsakdan bukiladi, tirsaklar pastga tushiriladi, kaftlar yaqinlashadi va qo‘llar dastlabki holatga qaytadi. Bu paytda oyoqlar suzishga tayyorlanib, tizza va son qismidan bukiladi, so‘ngra tizza va boldirlar yonga ketadi, qo‘lni to‘g‘rilash chog‘ida oyoqlar harakatlanadi. Suzishdan keyin gavda oldinga siljiydi va dastlabki holatga qaytadi. Qo‘l cho‘zilganda nafas olinadi, boshqa harakat paytida nafas chiqariladi.
11 — Jismoniy tarbiya


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling