Mashqlar klassiflkatsiyasi Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi


Download 265 Kb.
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1641970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH

Yonga muvozanat badiiy gimnastikada nisbatan kam uchraydi. Ko'pincha ular o'tish shakli sifatida qo'llaniladi, oldindagi o'qda tayanmagan oyoqni yuqoriga siltash. 29-rasmda yonga vertikal muvozanatga tegishli bo'lgan muvozanatning oddiy turi ko'rsatilgan.

29-rasm
Orqaga muvozanat - yuqorida ta'kitlanganidek, tuzilishi bo'yicha oldinga muvozanatning aksidir. Bunday muvozanatning nisbatan oddiy, ixtisoslashtirilgan turi 30-rasmda ko'rsatilgan. Gimnastikachining tanasi orqaga egilganda tayanmagan oyoq vertikal holatgacha ko'tariladi. Boshqa muvozanatlardagi kabi tananing tayanmagan a'zolari tayanch oyoqqa nisbatan to'ldiruvchi xususiyatga ega.Gimnastikachining tayanmagan oyog'i qancha yuqorida yoki pastda joylashsa, tanasi ham shunga muvofiq yuqorida yoki pastda joylashadi (tayanch oyoq vertikal holatda bo'lganida).
Lekin, tana muvozanatiga boshqa to'ldiruvchi harakatlar hisobiga erishish mumkin. 31-rasmda to'p bilan bajarilayotgan mashqdagi orqaga gorizontal muvozanat ko'rsatilgan. Bunda ko'rinib turibdiki, gimnastikachining tayanch oyog'i oldinga ancha egilgan.
Bu esa tana og'irligini tayanchga nisbatan kerakli tarzda joylashishiga yordam beradi. 32-rasmda ko'rsatilgan orqaga vertikal muvozanat holati murakkabligi bilan o'ziga xosdir.

29-rasm
Orqaga muvozanat - yuqorida ta'kitlanganidek, tuzilishi bo'yicha oldinga muvozanatning aksidir. Bunday muvozanatning nisbatan oddiy, ixtisoslashtirilgan turi 30-rasmda ko'rsatilgan. Gimnastikachining tanasi orqaga egilganda tayanmagan oyoq vertikal holatgacha ko'tariladi. Boshqa muvozanatlardagi kabi tananing tayanmagan a'zolari tayanch oyoqqa nisbatan to'ldiruvchi xususiyatga ega.
Gimnastikachining tayanmagan oyog'i qancha yuqorida yoki pastda joylashsa, tanasi ham shunga muvofiq yuqorida yoki pastda joylashadi (tayanch oyoq vertikal holatda bo'lganida).
Lekin, tana muvozanatiga boshqa to'ldiruvchi harakatlar hisobiga erishish mumkin. 31-rasmda to'p bilan bajarilayotgan mashqdagi orqaga gorizontal muvozanat ko'rsatilgan. Bunda ko'rinib turibdiki, gimnastikachining tayanch oyog'i oldinga ancha egilgan.
Bu esa tana og'irligini tayanchga nisbatan kerakli tarzda joylashishiga yordam beradi. 32-rasmda ko'rsatilgan orqaga vertikal muvozanat holati murakkabligi bilan o'ziga xosdir.
Gimnastikachi oyoqlarni vertikal holatda tezlashmasdan ushlab turadi, lekin gavda orqaga egilgan; sportchi boshini ko'krak qismida ushlab, belni bukmagan holatda turadi. Muvoza­natning holatiga ham bo'ksani oldinga chiqishi va shunga muvofiq tayanch oyoqni oldinga egilishi hisobiga erishish mumkin. Gimnastikachi bunday mashqlarni ijro etishda qanday harakatlar qilishini kuzatish qiziq. 33-rasmda orqaga muvozanat bajarishdagi harakatlar ketma-ketligi ko'rsatilgan. Gimnastikachi tashlanish holatidan o'ng oyoqda itarilib (1-2-kadrlar) o'ng oyoqni bukib yopiq holatga o'tadi. Keyin «ocha rurib» qo'llarni pastga tushiradi, o'ng oyoqni yuqonga ko'tarib orqaga egilraasdan orqa vertikal muvozanatga yaqin hoiatga o'tadi (2-4-kadrlar). Oyoqni eng yuqori darajasiga ko'tarib orqaga vertikal muvozanat holatiga o'tadi (va bo'ksani oldinga chiqarib) (4-7-kadrlar). Keyin gimnastikachi orqaga vertikal muvozanatning yana bir turini namoyish qiladi - orqaga egilib qo'llarini polga tekkazadi (8-kadr). Bu final va eng ifodali yakunlangan mashq fazasi. Ta'kidlash kerakki, muvozanatning final qismi jismoniy jihatdan ancha qulay: orqaga egilish hisobiga gimnatsikachi t.o.m. ancha pastda joylashadi, turg'unlik burchagi kattalashadi va muvozanat buzilishi ehtimoli kamayadi.
Orqaga muvozanatni bajarishda tananing yirik mushak guruh-laridagi zo'riqish ancha yuqori bo'ladi. Bunda tayanmagan oyoq sorming bukuvchi mushaklari. orqa mushaklar, tayanch oyoqning to'piq bo'g'imi mushaklari ancha faol harakatlanadi.
Harakatda muvozanatni bajarish mazkur tur mashqlarida anchagina tarqalgan. Oldinga va orqaga muvozanat misollarida keltirilganidek, muvozanat holatini mustahkamlash badiiy gim-nastika uchun unchalik o'ziga xos emas.
Muvozanat holatida to'xtashlar juda qisqa, ko'pincha bir-biri bilan o'rnini almashadigan har xil muvozanat turlicha joy bo'shatib, umuman bo'lmaydi. Buning hammasi gimnastikachidan muvozanat holatida tana turg'unligini epchillik bilan aniq boshqara olish malakasini talab qiladi.
Muvozanat nafaqat tana holatini o'zgartirishda, balki butun tananing umumiy harakatida ham bajariladi.
Bu butun tanani muvozanat holatiga o'tkazish hamda uning tayanch oyoqdan o'tgan o'qqa nisbatan aylantirish bo'lishi mumkin. Birinchi hoiatga oldinga muvozanat holatidagi irg'ishlar misol bo'la olishi mumkin.
Ikkinchi hoiatga - 81 betda taxlil qilinsan va 37-rasmda tasvirlansan burilisltlar. Shunga o'xshash barcha holatlarda turg'unlikni saqlashga bo'lgan talab oshmoqda.
Shuning uchun muvozanat malakasini takomillashtirish usullaridan biri - tana holatini dinamik o'zgartirish va uni tayanchga nisbr an joylashtirish sharoitida trenirovka qilishdir.



Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling