Matematika fanidan o`quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi


Download 24.21 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi24.21 Kb.
#139830
Bog'liq
2 5395610106492618435


MATEMATIKA FANIDAN O`QUVCHILAR BILAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Jamoldinova Nasibaxon

Buloqboshi tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli

27-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi

998 91 496 03 44

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davrda mamlakatimizda matematik ta’lim va matematika fani taraqqiyotiga katta e’tibor berilmoqda. Matematik tasavvur, tushuncha va bilimlarni shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish muhimligi haqida so’z yuritilgan.

Kalit sozlar:Ta’lim-tarbiya, pedaogik texnologiyalar, dars turlari, matematik o’yinlar, tadbirlar, ta’lim sifati, matematik bilimlar.

Ta’lim jarayonini yangi mazmun va shaklda yo`lga qo`yish masalasi har bir fan ta’limiga taalluqlidir. O`qitishning noan’ananaviy usullarini, ilg`or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ommalashtirish matematika fani o`qitilishini yo`lga qo`yish eng ahamiyatli va dolzarb masalalardan sanaladi .

DTS talablari asosida matematika fanini o`qitishda ta’lim–tarbiya tamoyillarini uzviy olib borish, o`quvchilarning bilim faolligini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga va mustaqil bilim olishga e’tibor berish kerak deb o`ylaymiz.

DTS talablari asosida matematik bilimlarga qo`yiladigan talablar milliy qadriyatlarni tiklash bilan birga ularga ko`proq e’tibor va diqqatni xalqimizning o`ziga xos ma’naviyat muomula va madaniyati, tabiiy va madaniy sharoit, tarbiya ma’naviy va axloqiy sifatlarini hisobga olishga qaratilgan .

Matematika fani o`sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o`quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. Masalan: teoremalarni isbotlash jarayonini va mulohazalarning to`g`ri, aniq tuzilganligi, simmetriya tushunchasining shakllanishi bilan o`quvchilarni didli, go`zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalayd. O’qituvchilar o`z oldilariga o`quvchilarga bilim berishda buyuk kelajakni yaratuvchisi, yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib olganlar.

Buning uchun biz, umuminsoniy qadriyatlar milliylik hamda milliy g`oyalari,

matematika fanining xususiyatlarining, o`ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda o`quv jarayonini tashkil etishga harakat qilmoqdamiz.

Darslarimizni ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishimiz o`quvchilarni fanlar bo`yicha zamonaviy bilim olishga bir oz bo`lsada yordam beradi degan umiddamiz.

Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda asosiy omil sifatida qaralayotgan ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchilarni chuqur bilimga ega bo`lishlari bilan bir qatorda uni amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etishlariga yordam beradi. Biz ta’lim jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llash orqali yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablarini o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik.

Ilg`or pedagogik texnologiya dars turlari sarasiga:

’’Geometriya o`lkasiga sayohat’’, ’’Sonlar olami’’, ’’Sinf zukkosini aniqlash’’ kabi bir qator noan’anaviy dars turlari ham kiradi.

O`quvchilarni tez va mukammal, chuqur bilim egallashlarida ’’SSS’’, ’’O`ylab ko`ring!’’, ’’Buni bilasizmi?’’, ’’Sharlar o`yini’’, ’’Donishmandlik’’, ’’Atirgul’’, ’’Aql qasri’’, ’’Bilimdonlar’’, ’’Matematika sayyorasi’’, ’’Quvnoq matematiklar’’. ’’Quyosh’’, ’’Cho`kkan kemalar xazinasi’’ kabi bir qator matematik o`yinlarni tavsiya etamiz.

’’SSS’’ ya’ni ’’Sirli savollar sandig`i’’ o`yini.

O`yinning maqsadi: Ulug` allomalarimiz: Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom , Mirzo Ulug`beklarning matematika faniga qo`shgan hissalarini o`rgatish.

O`yin uchun jihozlar: sandiqcha yoki uning surati chizib savol uchun moslash-tiriladi. O`yinning borishi: o`quvchilar sandiqchadagi buyuk allomalarimiz hayoti va faoliyatiga oid savolga javob beradilar ,yoki qisman berilgan ma`lumotlarni kengaytirishlari kerak.

’’O`ylab ko`ring!’’ o`yini.

O`yinning maqsadi: O`quvchilarning fikrlash malakasini oshirish va rivojlantirish.

O`yin uchun jihozlar: Mavzuga moslashtirilgan rasmlar.

O`yinning borishi: O`yin qatnashchilari navbat bilan rasmlardan oladilar va undagi savollarga javob beradilar.

’’Buni bilasizmi?’’ o`yini.

O`yinning maqsadi: Fanlararo aloqani mustahkamlash.

O`yin uchun jihozlar: Moslashtirilgan savatcha.

O`yinning borishi : O`yin qatnashchilari savatchadagi turli mevalardan tanlab oladilar va undagi turli fanga oid savollarga javob beradilar.

Sharlar o`yini”.

O`yinning maqsadi: Yangi mavzuni mustahkamlash.

O`yin uchun jihozlar: Moslashtirigan sharlar to`plami.

O`yinning borishi: Yangi mavzudagi sinfda yechilishi lozim bo`lgan misol va masalalar soddalik darajasiga qarab sharlarga joylashtiriladi. O`yin qatnashchilari misol va masalalar yechimlarini navbat bilan topadilar.

Bilimdonlar o`yini”.

O`yinning maqsadi: Mashg`ulotning eng bilimdon o`quvchisini aniqlash.

O`yin uchun jihozlar: Moslashtirilgan rasmlar to`plami.

O`yinning maqsadi: Dars davomida eng faol qatnashgan o`quvchilar berilgan turli mavzudagi tezkor savollarga javob berish orqali ular ichida eng bilimdoni tanlab olinadi.

Aql qasri o`yini”.

O`yinning maqsadi: O`quvchilarning bilim malaka ko`nikmalarini nazorat qilish.

O`yin uchun jihozlar: “Aql qasri” maketi yoki unga mos chizma, test savollar.

O`yinning borishi : Bu o`yinda qatnashuvchilar test savollariga javob berish orqali “Aql qasri” qiroli nomiga ega bo`ladi.

Cho`kkan kemalar xazinasi ” o`yini.

O`yinning maqsadi: O`tilgan mavzuni mustahkamlash bilimni boyitish.

O`yin uchun jihozlar: Moslashtirilgan plakat va savollar to`plami.

O`yinning borishi: Sinf 2 guruhga bo`linadi. Har bir guruh maxsus yo`nalish bo`yicha harakatlanadi va savollarda javob berish natijasida dengiz tubida yashiringan xazinaga ega bo`ladilar. Bu o`yindan o`tilgan mavzuni mustahkamlash darslarida foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Quyosh o`yini ”.

O`yinning maqsadi: Yangi mavzuni mustahkamlash.

O`yin uchun jihozlar: Quyosh surati chizilgan plakat va sinfda ishlanishi kerak bo`lgan misollar yozilgan bulutlar.

O`yinning borishi: sinfni guruhlarga ajratib olamiz. O`quvchilar navbat bilan bulutlarni olib undagi misol va masalalar yechimlarini topadilar. O`yin oxirida “quyosh” yuzini qora bulutlardan himoya qilganlar g`olib bo`ladilar.

"Atirgul” o`yini.

O`yinning maqsadi: Yangi mavzuni mustahkamlash.

O`yin uchun jihozlar: Moslashtirilgan “Atirgul ” chizmasi.

O`yinning borishi: Bu o`yinda misol va masalalar murakkablik darajasiga qarab gul baridan boshlab pog`onama- pog`ona joylashtiriladi. Atirgul tanasidan tashqarida boshqacha rangda “jarima” sifatida barg o`rnatilib savol qo`yiladi.

Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ijodkorona, yangicha yondoshish davr talabi bo`lib qolmoqda. O`quvchilarni matematika fanidan bilimlarini DTS talablari asosida to`la, mukammal egallashlariga yuqoridagi usul va o`yinlar katta yordam bermoqda.

Xulosa qilib aytganda, o`quvchilarning bilimi mazkur usullar orqali mustahkamlashda unchalik ko`p vaqt sarflanmaydi. Aksincha, kam vaqt ichida ko`proq o`quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi. O`quvchi ikki taraflama manfaatdor bo`lganligi uchun o`zidagi fikrlash qobilyatini namoyon qilishga intiladi, baholashni o`quvchilarning ishirokida odilona o`tkazishga erishiladi. Bu esa o`quvchilarda mustaqil fikrlash, o`zgalar faoliyatiga xolisona baho berish, o`z kamchiliklarini ko`ra olish hamda tuzatish kabi fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.

O`quvchi yoshlarni sinfdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

Bugungi kunda o`quvchi yoshlarning sinfdan tashqari bo`sh vaqtlarini sermazmun o`tkazish borasida davlatimiz tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichida “Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi ’’ ishlab chiqilib ushbu hujjatlardan ta’lim muassasalarida amalda foydalanilmoqda.

Bugungi kunda voyaga yetmagan yosh avlod orasidan matematika faniga havas qilgan iqtidorli o`quvchi yoshlar ko`plab uchraydi. Ta’lim sifatini oshirishda sinfdan tashqari ishlarning o`rni beqiyos. O`quvchilarning fanga qiziqishi, avvalo, dars jarayonining tashkil etilishiga bog`liq. Shu bilan birga, yaxshi tashkil etilgan sinfdan tashqari tadbir ham o`quvchilarning o`qishga jumladan, matematikaga qiziqishlarini ancha oshirishi mumkin .

O`quvchilar bilan turli tadbirlar, qiziqarli mashg`ulotlar, har xil o`yinlar tashkil etish bilan bir qatorda o`quvchi yoshlarning bo`sh vaqtini boshqa ishlarga sarflashini, turli diniy oqimlarga kirib qolishlarini oldini olishga yordam beradi.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, biz, matematika faniga havas qilgan iqtidorli o`quvchi yoshlarni “Yosh matematik’’ to`garagiga jalb etib, unda o`quvchi yoshlar bilan birgalikda ijodiy izlanishlar olib bormoqdamiz .

O`quvchilar bilan “Zakovatli zukko” tanlovi “TTT”, ya`ni “Tezkor topqirlar tanlovi”, ”Yilnining eng yaxshi matematigi“ tadbirlari tashkil etiladi.



Zero sinfdan tashqari ishlarni tashkil etmasdan turib, o`quvchilarda fanni o`rganishga qiziqish uyg`otish deyarli mumkin emas. Quyida e’tiboringizga sinfdan tashqari tadbirlardan na`muna taqdim etamiz.

1-shart “Matematika olami ” bu shartda guruhlar o`zlarini tanishtiradilar.

I - guruh -Al Xorazmiy (6ta o`quvchidan iborat ) .

O`quvchi: “Assalom” demaklik so`zim boshida

Payg`ambar sunnati – insonga hurmat

Do`stlar, yangi tadbir bo’sag’asida

Diydor ko`rishishning o`zi bir hikmat.

O`quvchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Kechamizga tashrif buyurgan aziz ustozlar, hamda kechamiz qatnashchilari!

O`quvchi: Biz guruhimizni buyuk qomusiy olim Abu Abdulloh

Muhammad Ibn Muso al Xorazmiy nomi bilan atadik.

O`quvchi: Al- Xorazmiyning matematikani rivojlanishiga qo`shgan hissasi

beqiyos.


O`quvchi: Uning “Xind hisobi” nomli risolasi o`nli sistema raqamlariga

bag`ishlangan.

O`quvchi: Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. “Algebra”

atamasi uning “Al-jabr val muqobala” nomli asaridagi “al–jabr”

so`zining lotincha yozilishidan kelib chiqqan.

O`quvchi: Matematikadagi “Algoritm” atamasi ham Xorazmiyning nomi

bilan bog`liq.

O`quvchi: Amerikalik sharqshunos Carton Xorazmiyni “Barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biridir’’ deb ta’riflaydi.

O`quvchi: Matematika fani azaldan rivojlangan va rivojlanib kelmoqda.Biz

Bobolarimiz.

O`quvchi: Muso Al Xorazmiy

O`quvchi: Abu ali ibn Sino

O`quvchi: Ahmad Farg`oniy

O`quvchi: Al Farobiy

O`quvchi: Mirzo Ulug`bek

O`quvchi: Al Beruniy

O`quvchi: Umar Xayyomlarning merosini doimo yodda tutamiz .

O`quvchi: O`quvchilarga ushbu so`zimiz

Kuzating va tinglang har bir so`zimiz

Jiddiy jumboq ayting ba’zan kuldiring

Do`stlar kamchiligin darhol to`ldiring

O`quvchi: Bahsda g`oliblikka eting qatiyat

G`irromlik qilmang bo`ling sof niyyat

Omad kulib boqsin, bo`lsin tole yor

Yutqazib qo`yishdan hech qilmaymiz or.


II-guruh : Al Beruniy

O`quvchi: O`zbek xalqiga odat

Avvalo bermoq salom

Shuning uchun chin dildan

Deymiz sizga “assalom”.

O`quvchi: Hush kelibsiz mehmonlar

Chin ko`ngildan assalom

Hush kelibsiz tadbirga

Sizgadir shirin kalom.

O`quvchi: Biz guruhimizni mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy nomi bilan atadik .

O`quvchi: Beruniy 973- yil 4- sentabrda Xorazmda tug`ilgan. U O`rta Sharq olimlari orasida 1- bo`lib yerning shar shaklida ekanini isbotladi.

O`quvchi: Yoshligidan ilm- fanga qiziqqan Beruniy matematika, astrano-

miya, geografiya va tabiat fanlarini mukammal o`rganadi .

O`quvchi: Qadimgi Xorazm tilini turkiy, fors va arab tillarini puxta

o`rganib oldi. O`zi ham matematika, astranomiya, geografiya,

tarixdan kitoblar yoza boshladi.

O`quvchi: U kamtar va odobli haqgo`y va olijanob inson bo`lgan .

O`quvchi: Uning Hindiston yeri, tog`lari, daryolari, o`simlik va hayvonot

dunyosi, xalqi, dini va urf odatlari batafsil ta`riflangan mashhur

“Hindiston” asari shu tarzda dunyoga keldi .

O`quvchi: Abu Rayhon Beruniy bilim doirasi nihoyatda keng olim bo`lgan.

O`quvchi: U yer shari o`lchamini aniqladi. Diametri 5 metr keladigan globus yasadi. Dunyo xaritasini chizdi.

O`quvchi: Beruniy 75 yil umr ko`rdi. Shu davr ichida turli sohalarga oid 160 ga yaqin kitob va risolalar yaratdi .

O`quvchi: U ilm fanning buyuk homiysi va muxlisi edi.

O`quvchi: Matematika bu fanlar otasi

Fizika, kimyo, unga egizak

Al- Xorazmiy, Beruniylar hissasi

Fanlarning ko`ksiga bir zar bezak .


O`quvchi: Zamondosh matematik olimlarimizdan - Qori Niyoziy
O`quvchi: Sa`di Sirojiddinov
O`quvchi: Toshmuhammadd Sarimsoqov
O`quvchi: To`xtamurod Jo`rayev
O`quvchi: Mahmudjon Solohitdinovlarning hizmatlari maqtovga loyiq.
O`quvchi: 1-sinfdan qalbimga tutash

Birdan cheksizgacha sanash o`rgatdi

Fanlarning kaliti matematika

Qalbimda mangulik mehr uyg`otdi.


O`quvchi: Ko`zingiz oldida bizlar boshlab bahs

Goho she`r aytamiz goho tushib raqs

Bizning harakatimiz sizlar kuzating

Gar hato qilsak tez ayting tuzating.



II shart “Sharlar o`yini” bu shartda matematika tarixiga oid savollar beriladi.

Savollar :

1.Matematika fani asoschisi kim ?

2. Matematika fani rivojiga o`z hissasini qo`shgan zamondosh allomalarni ayting?

3. “Algebra” – so`zining ma`nosi ?

4. Arifmetika – so`zining ma`nosi ?

5. Funksiya - so’zining ma`nosi ?

6. Grafik nima ?

7. Kvadrat so`zining ma`nosi ?

8. Romb – so`zining ma`nosi ?

9. Trapetsiya – so`zining ma`nosi?

10. Parallellogramm – so`zining ma`nosi ?

11. Simmetriya – so`zining ma`nosi ?

III- shart. “ Matematika sayyorasi”

Bu shartda har bir guruh vakillariga she`r beriladi, ular kuy bastalab qo`shiq qilib aytadilar

Matematika fanini bizlar juda xushlaymiz

Algebraning eng qiyin misollarini ishlaymiz

Ta`rif va teorema, aksioma-yu lemma

Evklidday mashhur olim tuzdi shunday qo`llanma

Masofa-yu tekislik va to`g`ri chiziq

Agar bilsang sen o`rtoq geometriya eng qiziq

Trapetsiya to`rtburchak kvadrat va uchburchak

Isboti bor har birin bilib olingiz sirin

Kosinus va katangens sinus va tangens

Algebra ham Osonmas lek o`rganib olsang bas .



IV- shart. “Ijodkor yoshlar”

Bu shartda har bir guruh o`zlari tayyorlab kelgan devoriy gazeta va ko`krak nishonlarini hakamlar hukmiga havola qiladilar .



(Dam olish daqiqasi) . Hakamlar III, IV shart ballarini e`lon qiladilar .


V- shart. “Aql charxi” .

Bu shartda xotira mashqi o`yini o`ynaladi, ya`ni hakamlar tomonidan 6 xil son takrorlashi kerak bo`ladi .



VI- shart. “Buni blasizmi ?”

Bu shartda har bir guruh a`zolari birgalikda gugurt cho`pi, kley va list yordamida turli xil geometrik shakllar yasaydilar. Hakamlar tomonidan bu shart bajarilishi uchun vaqt ajratiladi.



VII- shart. “Bilimdonlar” .

Bu shartda guruh sardorlari bellashadilar. Sardorlar bellashuvida “ Matematikaga doir xalq maqollari” aytiladi .

1-o`qituvchi:

Dovonlardan qoqilmay o`tishingizda

Savodli bilimdon, zukko bilimdon bo`lishingizda

Hamkor erur hamisha sanoq

Matematikadan olingiz saboq

Matematikasiz hayot hech qachon kulmas

Do`stlar matematikani sevmasdan bo`lmas!

2-o`qituvchi: Mana azizlar matematikaga bag`ishlangan bugungi tadbirimiz ham nixoyalanib qoldi. Sizlarni “Matematika” fanini va barcha fanlarni qunt bilan o`rganishga chaqiramiz.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. J.G.Yuldoshev S.A.Usmonov «Pedagogik texnologiya asoslari» Toshkent, Ukituvchi 2004 y.

2. A.A’zamov A.Yusupov «O`quvchilarga bilim berishda» innovatsion usullardan foydalanish Toshkent-2002 yil.

3. Yosh matematik Qomusiy lug’ati.- T.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1991 y.



4. Ikromov J., Mirzaahmedov M., Rahimqoriyev A., Saidjonov Y., Yusupov O. Matematika. O’rta maktabning 5-6-sinflari uchun O’quv qo’llanma

5. Mirzaahmedov M., Rahimqoriyev A. Matematika 6-sinf. Umumiy O’rta ta’lim maktablari 6-sinfi uchun darslik
Download 24.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling