Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
19 hammadan foydaliroq, deb hisoblaydi. Bu yerda o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Odatda investorlar eng ehtiyotkor va hatto cho‘chiydigan ishbilarmonlar hisoblanadilar, bu yerda esa mana shunday yuzlab million dollarli hayriya. Bular nima uchun kerak? Ma’lum bo‘lishicha Soros tomonidan tashkil etilayotgan Rossiyadagi axborot infrastruktura «Internet» tarmog‘iga ulanishi kerak ekan. Rossiya shu tariqa jahon kibernetik muhitining bir qismi bo‘lishi mumkin, unda deyarli faqat o‘quv yurtlarining elektron tarmoqlari emas, balki parlament va hukumat elektron tarmoqlari kirib qolishlari mumkin. Buning uchun asos tayyorlab bo‘lindi. Masalan, hukumat Аpparatida hujjatlarni tuzish alohida tarmoq doirasida olib borilmoqda. Davlat Dumasi ham o‘z tarmog‘iga ega, regional rahbariyatlar ham. Soros fikricha endigi vazifa hozircha bu tarqoq holdagi tarmoqlarga bitta umumiy to‘rni tashlab uni Internet orqali global axborot muhitga bog‘lab qo‘yishdan iboratdir. Shunday qilib, Rossiyaning markaziy va mahalliy elektron axborot tarmoqlari axborot quroli ta’siri ob’ektlari bo‘lib qolishlari mumkin. Аgarda biz o‘ylab ko‘rmasdan va kerakli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmay turib «butun mamlakatni internetlashtira boshlasak» bunday xavf bizda ham bor. Birinchi navbatda xavfni baholash zarur. Eng mukammal axborot infrastrukturaga ega davlatlarning axborot urushiga tayyorgarligi va INFOR rivojlanishiga taalluqli muammolar butun to‘plamini muntazam o‘rganib borish kerak. INFOR va uni qo‘llash usullari bo‘yicha aniq ishonchli ma’lumotlar kerak. Аxborot urushi yuzaga kelishi mumkinligi nuqtai nazaridan geostrategik vaziyatni muntazam tahlil qilib borish ham talab etiladi. Bu baholash va tahlillar ana shunday urush xavfiga qarshi harakat qilish milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Аxborot xavfsizligi qoidasiga jiddiy amal qilish mamlakatimizning iqtisodiy, harbiy va ilmiy-texnik siyosatida asosiy talablardan biri bo‘lib qolishi kerak. Bu qoidalarni aniq tizimlashtirish va aniqlashtirish kerak. Umuman olganda, esa «axborot kodeksi» kerak, u aniq tushunchalardan iborat bo‘lishi lozim: davlat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling