Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
23 madaniyat» keng tarqalishi, davlat roli pasayishi, tarmoq yordamida demokratik fundamentalizm rivojlanishi va boshq. Neyrolingvistik dasturlash va doimiy, uzluksiz efirga uzatiladigan televizion xabarlar natijasida turli millat va xalqlar ongiga ta`sirning o`sishi. Neyrolingvistik dasturlashni ayrim mutaxassislar (masalan, G.G.Pocheptsov) tomonidan unga hech narsani qarshi quyib bo`lmaydigan shprits ta`siriga qiyoslaydilar. Bunday o`xshatishda ma`lum bir haqiqat bor. Agar biror-bir g`oyani, u yolg`on bo`lsa ham, OAV haddan tashkari ko`p va turli shakllarda takrorlaversa, auditoriya (garchi u ushbu g`oyaga dastlabki bosqichda ishonmagan bo`lsada) borib-borib keyincha unga ishonadigan bo`ladi. Har xil uslublarda, barcha OAVda ma`lum bir fikrni takrorlash odamning ostki ongiga ta`sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan bo`ladi. Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi. Agar radio, televidenie va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs haqida qayta-qayta biror-bir noto`g`ri baho takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi halqlar, har xil millatlar unga ishonadilar. Neyrolingvistik dasturlash uchun eng qulay OAV televideniedir, chunki u auditoriyaga bir paytni o`zida uchta kanal orqali o`z ta`sirini o`tkazadi. AqSh kommunikativistlari televidenieni xatto trankvilizatorga ham o`xshatadilar. «Madaniy bosqich» va «inson huquq»lari ekspansiyasi tushunchasining mohiyati va uning paydo bo`lish shakllari. «Madaniy bosqich» va «inson huquq»lari g`oyalari G`arbda paydo bo`lib, G`arb mamlakatlari tomonidan butun dunyo buyicha tarqatilmoqda. Bu esa juda murakkab va, eng muhimi, samarasiz jarayon. Katta muhokamalarga sababchi bo`lgan Samyuel’ Xantingtonning «Madaniyatlar to`qnashuvi» deb nomlangan maqolasini o`qimagan siyosatshunos bo`lmasa kerak. Afsuski, o`zbek tiliga tarjima qilinganda, maqolaning eng muhim parchasi tushib qolgan. Ushbu bo`shlikni to`ldirishga harakat qilamiz: «Turli jamiyatlarning madaniy qadriyatlarini o`rganishga bag`ishlangan yuzta asarni qiyosiy usulda o`rganib chiqqan bir muallif (Harry C. Triandis nazarda tutilmoqda - F.M.) o`z obzorida shunday xulosaga kelganki, «g`arb jamiyatida eng e`zozlanayotgan qadriyatlar dunyoning qolgan qismida eng past ahamiyatga ega |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling