Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
26 O`zbekiston sharoitida buning uchun milliy gazeta, radio va televideniemizning imkoniyatlari bor, faqat ulardan samarali foydalanishimiz zarur. Buning uchun bosh omil va mustahkam fundament - milliy istiqlol g`oyasidir. OAV doirasida xalqaro korporatsiya; dunyo hamjamiyati va ayrim davlatlarda jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmi sifatidagi o`rni. OAV sohasida bevosita halqaro korporatsiyalar kam va ular dunyo bo`yicha axborot tarqatish jarayoniga katta ta`sir ko`rsatolmaydilar. Bunday OAV sifatida biz Si-en- en va Bi-bi-si, Evron’yus va TV-5, Assoshieyted Press va Frans Press, Reyter va ITAR-TASS, Amerika ovozi va Doyche Vellelarni tilga olishimiz o`rinliroq bo`lardi. Ushbu axborot manbalari AqSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya va Rossiyalarga tegishli bo`lib, ular nafaqat yuqori tezlik va katta xajmda, shu bilan bir qatorda turli tillarda ma`lumotlarni tarqatadilar. Masalan, Bi-bi-si teleradiokorporatsiyasining o`zbek tilidagi sayti, Amerika ovozi radiostantsiyasining esa o`zbek tilidagi bo`limi bor. Biz ular O`zbekiston haqida tarqatadigan materiallarga befarq bo`la olmaymiz. 27 XULOSA. Xorij matbuoti, televidenie, radio va Internetning asosiy qadriyatlari. Xorij OAVning aholiga ta`sir ko`rsatish yo`li, shakl va uslublari. Tabiiyki, bunday axborot manbalari, eng avvalo, iqtisodiy jihatlardan baquvvat davlatlar tomonidan ularga xos va mos bo`lgan qadriyatlarni, jumladan, g`arbiy ko`rinishdagi «demokratiya standartlari»ni tarqatadi. Bu haqda biz qisman yuqorida aytib o`tdik. Buning sababi nimada, deb o`zimizga savol bersak, javob quyidagicha bo`lishi mumkin. Gap shundaki, har bir halq yoki millat tarixiy rivojlanib va shakllanib kelgan va ushbu ko`p asrlik jarayonning o`zi qaysi bir yashash usuli to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini isbotlab bergan. Agar ustiga ustak u yoki bu xalqqa mana bunday yashanglar, bu to`g`ri bo`ladi deb, uni shunga majburlasa, albatta, bunday zo`ravonlik, jumladan, «demokratik fundamentalizm» ko`pchilik tomonidan qabul qilinmaydi. Agar xorijiy OAV yoki tashkilotlar O`zbekiston xududida umuminsoniy qadriyatlarni tarqatishga yordamlashsa, ular o`zbekistonliklar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Bunga misol sifatida mamlakatimizda ko`p yildan beri faoliyat ko`rsatadigan Konrad Adenauer yoki Fridrix ebert jamg`armalarini aytish mumkin. Jamoa ruhiyati va uning o`ziga xos xususiyatlari. Axborot manipulyatsiyasi, uning maqsad va vazifalari, qoida, usul va shakllari. Jamoatchilik fikriga ta`sir etuvchi axborotning ijtimoiy fenomeni. Ommaviy auditoriyaga psixologik ta`sirning usul va shakllari. Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. «Um xorosho, dva luchshe (bir aql yaxshi, ikki aql yanada yaxshi)» degan rus maqoli OAV xabarlarini ommaviy qabul qilinishiga to`g`ri kelmaydi. Ommaviy taassurotda OAV tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» («kollektivnoe bessoznatel’noe») deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfieti deb hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling