Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
25 Ikkinchidan, chegaralarning nisbiyligi: davlatlar, qonuniy va noqonuniy harakatlar, harbiy va noharbiy janglar o`rtasida va x.k. Uchinchidan, hujumning oldini olish noilojligi. To`rtinchidan, zararni xisoblab chiqish murakkabligi. Beshinchidan, harbiy bloklar, birlashmalar tuzish qiyinligi va h.k. Axborot quroli, uning o`ziga xosligi, zamonaviy dunyoda uni qo`llash imkoniyati va ko`lami. Axborot qurolining keng va tor ma`nolari bor. Keng ma`noda axborot quroli deb raqibni kerakli yo`nalishda fikrlashga undaydigan, uning nuqtai nazarini o`zgartirishga qodir bo`lgan va kerakli axborot yordamida amalga oshiriladigan harakatlarga aytiladi. Tor ma`noda axborot quroli deb rakibning axborot zaxiralari ustidan nazoratni ta`minlaydigan va uning telekommunikatsiyalari tizimilariga zarar etkaza oladigan texnikaviy usullar va texnologiyalarga aytiladi. Demak, axborot quroli - bu raqibning axborot va boshqaruv tizimlariga ta`sir etuvchi maxsus moslama va vositalar. Tabiiyki, axborot texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar tomonidan bunday quroldan foydalanish imkoniyatlari juda keng. Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi, vosita va shakllari, uni nazorat etish, jamiyatning umumiy holatiga keltiradigan psixologik zararlari. Axboriy qarama- qarshilikning maqsadi - dunyoviy (global) axborot maydonida milliy manfaatlar ximoyasini ta`minlash. Mazkur masqadga erishish esa turli mamlakatlar tomonidan turlicha amalga oshiriladi: texnologik kuchli davlatlar hukmronlik qilishga intiladi, rivojlanayotgan davlatlar esa o`zini himoyalashga harakat qiladi. Ikkala tomon ham o`ziga qulay keladigan usullardan foydalanadi. Ammo shuni ham aytish kerakki, texnologik jihatdan kuchli davlatning axboriy xujumi boshqa mamlakatlar aholisiga katta psixologik zarar etkazadi. CHunki bunday urushni to`xtataydigan va agressor-davlatga nisbatan chora ko`rish uchun imkoniyat yaratadigan halqaro me`yoriy xujjat yo`q. Rivojlangan mamlakatlar ushbu vaziyatdan keng foydalanmoqdalar. Ommaviy kommunikatsiya - xorij OAVda axborot ekspansiyasidan himoyalanish, fikrlash va o`zini tutish vositasi sifatida. Xorijiy OAV ekspansiyasidan himoyalanish uchun eng qulay choralardan biri - mahalliy OAV. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling