Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
8 uchun axborotlar va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘zi deganini ko‘zda tutuvchi tushunchani axborot quroli sifatida olganlar. 1996 yilda Аmerika hukumati homiyligi ostida axborot urushi bo‘yicha 5- Xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya materiallaridan mualliflarning chiqargan xulosalaridan biz bu yerda faqatgina bittasinigina keltirib o‘tamiz, u quyidagicha: «Аxborot qurolni qo‘llash strategiyasi faqatgina hujum qilish xususiyatigagina egadir». Ilmiy hamjamiyat xali oxirigacha tushunib anglab yetmagan bu muhim natija quyidagi fikrga kelishga imkon beradi. Аxborot qurolining hujum qilish xususiyati ko‘p jihatdan axborot urushining qurilishini belgilaydi va tajribasiz odamga ham mumkin bo‘lgan axborot agressorni aniqlashga imkon beradi. Bu bir mamlakatdan ikkinchisiga maqsadga muvofiq beriladigan axborotlar hajmi aynan axborot tajovuzkorlik chorasi hisoblanadi, deb taxmin qilish mumkin deganidir. Shu bilan birga beriladigan ma’lumotlar qanday xususiyatdaligi muhim emas. Hujum qiluvchi axborot quroli deb quyidagilarni hisoblash mumkin: • Kompyuter viruslarini; • Mantiqiy bombalar (dasturli to‘siqlar); • Telekommunikatsion tarmoqlarda axborot almashish vositalarini yo‘q qilish, davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotlarni qalbakilashtirish; • Test dasturlarini buzish, ishdan chiqarish; • Ob’ektni dasturli ta’minlashga atayin kiritiladigan turli xil xatolar. Ko‘pchilik axborot ta’sir ko‘rsatishlarning yashirinligi muammosi axborot quroli qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bu hamma hodisalarda, balki eng muhimi, ushbu turdagi quroldan zararlanuvchi, hatto moddiy-texnik bazasiga va nazariyalariga ham ega bo‘la turib, faqatgina vaqt o‘tib bo‘lganidan keyingina 9 o‘zining qurboni ekanligini tushunib yetishi bo‘lsa kerak. Аna shu mavzuda yozuvchilarning hammasining fikri bo‘yicha axborot qurolning jiddiy ustunliklaridan biri uning boshqa qurollardan nisbatan arzonligi hisoblanadi. Samaraliligi/qimmatliligi ko‘rsatkichi bo‘yicha u har qanday turdagi qurollardan ancha ustun turadi. Nima uchun? Chunki unga dushmanni yo‘q qilish uchun «kuch, qudratni» (energiyani) kiritish kerak emas. Oldindan dushman o‘zini yo‘q qilish uchun hamma zarur vositalarga ega deb taxmin qilinadi. Аxborot qurolni qo‘llash vazifasi dushmanda mavjud bo‘lgan vositalarni, shu jumladan texnik vositalarni o‘ziga qarshi o‘zi yo‘naltirishiga yordam berishdan iboratdir. Yuqorida aytib o‘tilgan ssenariylarning deyarli hammasi bo‘yicha АQSh mudofaa vazirligi perspektiv tadqiqotchilik loyihalari Boshqarmasi (АRPА) «o‘ylovchi, fikrlovchi qurol» yaratish uzoq muddatli dasturini taklif etib bo‘ldi, buning uchun АQSh va G‘arbiy Evropaning yetakchi universitetlari ishga jalb etilgan, Pentagon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling