Mavzu: Banklarda lizing va faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobi Reja


Lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirilishi


Download 13.67 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi13.67 Kb.
#1482039
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Banklarda lizing va faktoring operatsiyalarining buxgalte-fayllar.org

Lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirilishi

Lizing beruvchi bank lizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab berib lizing obyekti to‘g‘ridan-to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi:


  • Dt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar;

  • Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i;

  • Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq);

  • Kt 19909 Tovar moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar.

Lizing operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirilishi

Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so‘ngra lizing oluvchiga lizingga berilsa quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:


  • Dt 16500 Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag‘i);

  • Kt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar;

  • Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvarag‘i);

  • Kt 16500 Asosiy vositalar (mos hisobvaraq).

Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo‘yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:


  • Dt 16323 Lizing bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar;

  • Kt 45100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar

      Lizing to‘lovlari kelib tushgan hollarda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi:


  • Dt Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag‘i (umumiy summaga);

  • Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);

  • Kt 16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).

Download 13.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling