Mavzu: biznes moliyasiga kirish reja


Korporativ boshqaruv va direktorlarning roli


Download 29.1 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi29.1 Kb.
#1629752
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biznes moliyasi

Korporativ boshqaruv va direktorlarning roli
So‘nggi vaqtlarda korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi masala ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. “Korporativ boshqaruv” (corporate governance) termini kompaniyani boshqarish va uning ustidan nazorat qilish yo‘llarini ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Korporativ boshqaruv masalasi juda muhim, chunki kompaniya egalari (aksiyadorlar) odatda uning faoliyati ustidan har kunlik nazoratni amalga oshirmaydilar. Aksiyadorlar o‘zlarining manfaatlariga xizmat qilishlari uchun direktorlarni yollaydilar, hodisalarning ushbu holatini hisobga olib, direktorlarning qarori aksiyadorlarning oliy qiziqishlarini ifoda etadi deya taxmin qilish mumkin. Ammo, amaliyotda har doim ham bunday emas. Ba’zan direktorlar, birinchi navbatda o‘zlarining qiziqishlari haqida qayg‘uradilar, masalan, ish haqini ko‘tarish lozimligi yoki qo‘shimcha imtiyozlar (qimmatbaho avtomobillar, xorijga sayohat va h.k.). Natijada aksiyadorlar va direktorlar qiziqishlari o‘rtasida nizo (konflikt) chiqishi mumkin.

  • Bozor iqtisodiyoti yuqori raqobatbardosh bo‘lgan ko‘p mamlakatlar direktorlar faoliyatini nazorat qiladigan hamda tartibga soladigan qoidalar tizimini tuzadilar. Ushbu qoidalar odatda asosan 3 ta eng muhim prinsiplarga asoslangan. 1.Axborotning oshkoraligi. (Disclosure)

2.Hisobdorlik (Accountability)
3.To‘g‘rilik, halollik (Fairness)
1.Axborotning oshkoraligi. (Disclosure)
Axborotninig jshkoraligi yaxshi korporativ boshqaruvning asosida yotadi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkiloti ma’ruzasida kompaniyalar to‘g‘risida axborotni oshkor etishning quyidagi afzalliklari keltirilgan: “Korporativ faoliyat to‘g‘risida o‘z vaqtida va adekvat axborot investorlarga aksiyalarni sotish yoki sotib olish borasida asoslangan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini, hamda eng muhimi – bozorga mavjud boshqaruv tizimi asosida kompaniyaning qiymatini aks ettirishga yordam beradi”.
Agar bozor boshqaruv tizimini samarasiz deb topsa, aksiyalar bahosining pasayishi boshqaruv tizimining susaygan (samaradorligi past)ligini tasdiqlaydi va uni o‘zgartirish uchun imkoniyat yaratadi.

Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling