11-laboratoriya ishi
Aluminiy tuzlari eritmalarining indikatorlarga ta'sirini o'rganish
1. Aluminiy xlorid eritmasidan probirkaga ml quying, ustiga 2-3 tomchi ko'k rangli lakmus eritmasidan tomizing:
eritmani 2 ta probirkaga bo'lib, birinchi probirkaga ozroq distillangan suv quying.
ikkinchi probirkani biroz qizdiring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Sodir bo'lgan hodisalarni kuzating va tushuntiring.
i.
Aluminiy xlorid eritmasini gidrolizlash tenglamasini bosqichli ko'rinishda yozing.
12-laboratoriya ishi
Ikki va uch valentli temir tuzlarini bilib olish
Probirkaga yangi tayyorlangan FeS04 eritmasidan 3-5 tomchi quying va uning ustiga qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan bir necha tomchi qo'shing. Turunbul zangori cho'kmasi Fe3[Fe(CN)6]n hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiya eritmada Fe+2 ioni borligini bilib olish uchun sifat reaksiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |