Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet24/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Oila va nikoh tushunchasi. Konfusiychilik Xitoyda oila masalalariga hal qiluvchi ta’sir о‘tkazdi. Konfusiychilik ta’limotiga kо‘ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi bilan boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga oshiriladi. Konfusiychilar urf-odatlariga kо‘ra, avlodlar о‘z ajdodlari ruhi oldida qilishlari kerak bо‘lgan barcha marosimlarni о‘z о‘rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.
Xitoyda ilk Chjou va In davrlarida о‘tganlar ruhlari tiriklar uchun madad bо‘lishi kerak deb e’tiqod qilinsa, Konfusiy ta’limoti buning aksini, ya’ni tiriklar о‘tganlar oldida qarzdordirlar degan g‘oyani ilgari surdi. Konfusiy о‘zidan oldin jamiyatda mavjud bо‘lgan о‘tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman о‘zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi о‘tganlarni rozi qilish, ularga xizmat qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g‘oyaga xizmat qiluvchi bir jihozni tashkil qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari о‘z ajdodlari oldidagi qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak.
Konfusiychilikning Xitoyda tarqalishi. Konfusiy fikricha, dunyodan befarzand о‘tish va о‘zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir.
Konfusiychilikning yoyilishi sekin kechdi. Konfusiyning о‘zi esa zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. Uning shogirdlariga ham oson bо‘lmadi.
Garchi konfusiychilar о‘z ta’limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog‘liq urf-odatlar, marosimlar, axloqiy meyorlar asosiga qurgan bо‘lsalar-da, ular mazkur aqidalar orasida о‘z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan о‘z xulosalarini ham berib bayon qilar edilar. Mana shu narsa konfusiychilikning muvaffaqiyatga erishishiga sabab bо‘ldi. Undan tashqari uning muvaffaqiyatiga sabab bо‘lgan omillardan yana biri konfusiychilarning о‘zlari foydalangan qadimgi kitoblar, she’rlar, risolalarni yig‘ib о‘quvchilariga о‘rgatganliklaridir. Bu ishning asosiy qismi Konfusiyning о‘zi tomonidan bajarilgan edi. U turli podshohliklarda mavjud bо‘lgan uch mingdan ortiq qadimiy qо‘shiqlar, yozuvlarni jamlab, ularni qayta tahrir qilgan edi. Konfusiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir qilingan asarlar keyinchalik konfusiychilikning asosiy manbalariga aylandi.
Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfusiy ta’limoti ancha keng tarqaldi va katta ta’sir doirasiga ega bо‘ldi. Xan sulolasi davriga kelib (mil. av. III-II asrlar) konfusiychilik davlat mafkurasi darajasiga kо‘tarildi. Xan podshohlari Konfusiy ta’limotlarini tо‘liq qabul qilmagan bо‘lsalar-da, uning kuchini, jamiyatda egallab ulgurgan mavqeini e’tirof qilgan holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling