Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet27/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Sintoizm dini Qadimgi Yaponiyada vujudga kelgan (sinto – «xudolar yо‘li»). Bu dinning vujudga kelishiga oid aniq ma’lumotlar yо‘q. Biroq, u Yaponiyada Xitoy ta’siridan xoli bir sharoitda paydo bо‘lgan va rivojlangan. Yaponlar sintoizmning mohiyati va kelib chiqishini bir-biri bilan aralashtirmaslikka harakat qiladilar. Sintoizm ular uchun ham tarix, ham an’ana, ham butun hayot demakdir.
Sintoizm ta’limotiga kо‘ra, mikado (imperator) – osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar(kama)ning vorisidir. Yaponlar kamani ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojо‘y yapon о‘lgandan keyin о‘zining ham о‘sha kamalardan biri bо‘lishiga ishonadi.
Sintoizmda «Oliy ilohiyat» tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhiga va tabiatga sig‘inishga о‘rgatadi. Sintoizmda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bо‘lgan qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yо‘q. Unda bir umumiy ma’naviy qoida – «Umumiy qonunlarga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil» g‘oyasi mavjud. Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga rioya qilish tabiiy. Agar shunday bо‘lmaganda, ular о‘rgatilmagan yovvoyi hayvonlardan ham pastroq darajada bо‘lar edilar.
Sintoizm haqidagi ma’lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi» («Yaponiya annallari») manbalarida uchraydi.
Kodziki – bu sintoizmning muqaddas kitobi. U har bir yaponning eng yaqin kitobidir, boshqacha aytganda, bu kitob Yaponiyani, yapon xalqini tushunishning kaliti hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va siyosiy hokimiyat g‘oyasi.
Hozirgi kundagi yaponlar tashqi kо‘rinishdan bu ta’limotga bir oz e’tiborsiz kо‘rinsalar-da, chin dildan unga ongli ravishda ehtirom bilan yondashadilar. Hozirgacha sintoizm ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar о‘tkazilib turadi

  1. Sintoizm qachon paydo bо‘ldi?

  2. Sintoizmning ta’limoti nimalardan iborat?




Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling