Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Xristianlikning yо‘nalishlari – Katolik, Pravoslav, Protestantizm
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Xristianlikning yо‘nalishlari – Katolik, Pravoslav, Protestantizm.
Xristianlikdagi eng yirik bо‘linish ikki asosiy yо‘nalish –pravoslaviye va katolitsizmning paydo bо‘lishi hisoblanadi.Bir necha yuz yilliklar davomida bu parchalanish uchun zamin tayyorlandi. Ular о‘rtasidagi raqobatli kurash parchalanishni belgilab berdi. Diniy tashkilotlar faoliyati ular mavjud bо‘lgan xududlardagi ijtimoiy va siyosiy tizimlar bilan mustahkam bog‘liq edi. Vizantiyadagi markazlashgan davlat hokimiyati sharqiy xristianlik (pravaslaviye)ga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi. Cherkov darhol davlatning muhim qismiga, imperator esa uning rahbariga aylandi. G‘arbiy xristianlik (katolitsizm) esa asta sekinlik bilan jamiyatning hamma sohalariga, hatto siyosiy sohaga ham hukmronlik qilishga intiluvchi tashkilotga aylana bordi. Sharqiy xristianlik о‘z e’tiborini falsafiy muammolarga, g‘arbiy xristianlik esa huquqiy masalalarga qaratdi. Patriarx imperatorga butunlay qaram edi. Imperator cherkovning oliy xukmdori hisoblanib, bir vaqtning о‘zida dunyoviy va diniy xokimiyatni mujassam etgan edi. G‘arbda esa bu munosabatlar boshqa xarakterga ega bо‘lib, bu yerda beqaror ijtimoiy munosabatlar ildiz otgan edi. Shuning uchun katolik cherkovi dunyoga mutlaq hukmronlik qilish talabini ilgari surdi va buni hayotga tadbiq qilish uchun bir necha yuz yillar kurash olib bordi. XII-XIII asrlarda katolik cherkovi shu qadar yuksaldiki, uning dunyoviy xokimiyatni egallashi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. XIII asrning 30 yillarida papa Grigoriy ΙX marazlashgan inkvizatsiyasi ta’sis etdi. Inkivizatsiya tergovi davomida qiynoqqa solishga rasman ruxsat berildi. Xatto unda yо‘lyо‘riqlar va tahdidlar ham bitilgan. Inkivizatsiya tribunali faoliyat kо‘rsata boshlaganidayoq, bu yerda chaqimchilik avj olib ketdi. Qо‘rquvdan vahimaga tugan kishilar о‘zlarining tanishlari, dо‘st va qarindoshlariga har qanday aybni tо‘nkay boshladilar. Shaxsiy о‘ch avj olib ketdi. Odatda hamma ma’lumotlar inkivizatsiya tribunali tomonidan tekshirilishi kerak edi. Ammo kо‘p xollarda bunday zarur bо‘lgan ishlar xajmining kattaligi tufayli mumkin bо‘lmay qoldi. Shubhalangan kishilar qamoqqa olinib, butun tergov davomida siyosiy mahbuslar uchun mо‘ljallangan turmada saqlangan. Qamalgan kishilarni xatto muddati belgilanmagan. Bundaylar uzoq yillar mobaynida og‘ir sharoitda о‘z taqdirini hal qilinishini kutib yotgan. Inkivizatsiya sudi tomonidan shavqatsiz qiynoq usullarining qо‘llanishi tufayli tergov berayotgan kishi nochor axvolga tushardi. Odamni jismonan va ma’nan mayib qilish uchun ishlab chiqilgan puxta tizim uni har qanday aybni tan olishga majbur qilar edi. Holdan toygan aybdor inkvizatsiya sudi talabini bajarishga majbur bо‘lardi. Aybdorga imzo chekish uchun bayonnoma berilardi. Unda aybdor hech qanday majburlash, qо‘rqitish bilan emas, balki ixtiyoriy guvohlik berganligi qayd etilardi. Bid’atchiligini tan olgan va undan voz kechgan kishilar yengilroq jazo olgan. Og‘ir xolatlarda umrbod qamoq yoki о‘lim jazosi belgilangan. О‘lim jazosi 2 usulda amalga oshirilgan. Agar aybdor aybini tan olsa, uni bо‘g‘ib о‘ldirganlar. Mabado bid’atchi aybini tan olmasa, uni tiriklayin yoqish lozim bо‘lgan. Ba’zi xollarda aybdor sekin yonib turgan olovda kuydirilgan, qiynoqqa solingan. Cherkov inkivizatsiyani joriy qilish orqali kishilarning aql zakovati ustidan cheksiz xukmdorlikni о‘rnatishga, siyosiy hayotda о‘z ustunligini mustahkamlashga, boyligini kо‘paytirishga intildi. Cherkov faqat boyligini kо‘paytirishda muvaffaqiyatga erishdi.1 Nikolay Kopernik (1473-1543) Yer olamning о‘zgarmas va xarakatsiz markazi emas, negaki u о‘z о‘qi atroqida aylanib turadi; ikkinchidan, Yer olamning markazida turgan Quyosh atrofidan aylanib turadi. Yer о‘z о‘qi atrofida aylanib turgani bois kun va tun almashinadi. Shuningdek, osmondagi biz kо‘rib turgan yulduzlarning xolati о‘zgargandek tuyuladi (aslida biz ularni turli nuqtalardan kuzatayotgan bо‘lamiz xolos). Yer Quyosh atrofida aylanib turgani uchun Quyosh boshqa yulduzlarga nisbatan о‘z о‘rnini о‘zgartirgandek (ya’ni, xarakatlangandek), sayyoralar esa halqasimon xarakatlanayotgandek kо‘rinadi. Biz sayyoralar xarakatini olamning markazida turgan quyoshdan emas, uning atrofidan aylanib turgan Yerdan kuzatganimiz uchun ham bu xarakat halqasimon shaklda yuz berayotgandek gо‘yo. Yer atrofida esa faqat uning yо‘ldoshi Oy aylanadi, deb xulosa qiladi mutafakkir.10 Kopernikning yuqoridagi xulosasi xristianlikning asosiy qoidalarini puchga chiqarar, shubha ostiga olib qо‘yardi. Undan tashqari italyan faylasufi Jordano Bruno (1548-1600) ham о‘zining falsafiy xulosalari uchun 7 yil inkivizatsiya qamoqxonalarida hayotini о‘tkazib, 1600 y 17 fevralida tiriklayin olovda kuydiriladi. Uning ilg‘or g‘oyalari shundan iborat ediki, falsafaning asosiy vazifasi tabiat ustida turgan Xudoning yoki narigi dunyoning sirlarini emas, balki tabiatning о‘zini о‘rganishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. U Xudo bilan olam birligini tushuntirib berishga xarakat qiladi. Xudo olamdan tashqaida yoki uning ustida emas, olamda mavjud bо‘lgan barcha narsalar bilan birga bо‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ikkinchidan, Bruno Xudo bilan tabiat о‘rtasida о‘xshashlik, uyg‘unlik alomatlari mavjud, deb tushuntiradi. Inkvizatsiya uning bu g‘oyalari uchun yeretiklikda (bid’atchilikda) ayblashiga yirik dastak bо‘ladi. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling