Mavzu: Ijtimoiy pedagogika predmeti. Bolaning sotsiumda rivojlanishi, bola va uning ijtimoiylashuvi qonuniyatlari va ijtimoiy pedagogika mezonlari haqida


Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika


Download 25 Kb.
bet4/7
Sana25.04.2023
Hajmi25 Kb.
#1398678
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
photo 2023-03-09 20-31-16

Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Defektologiya va ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy pedagogika fani defektologiya bilan chambarchas bog'liq. Bu g'ayritabiiy bolalarning psixofiziologik xususiyatlari, ularning ta'lim va tarbiya qonuniyatlari haqidagi fan. Shuningdek, tayanch-harakat tizimida nuqsonlari bo'lgan, aqli zaif, shuningdek, murakkab nuqsonlari bo'lgan (masalan, kar-ko'r, ko'r va aqliy zaiflikning kombinatsiyasi va boshqalar) bolalarni o'qitish va tarbiyalash muammolarini o'rganadi
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq atvorning me’yor va qoidalari haqidagi bilimlar, tajribalarni o‘zlashtirib boradi. Bolalar ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyati shuki, ular jamiyat ilgari surayotgan yurishturish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. Faqat ular bu darajani hayot davomida egallaydilar. Shuning uchun bolalar ijtimoiylashuviga ota-onalar, qarindoshlar, bolalar bilan ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) bu masalaga alohida e’tibor bermoqlari zarur. Chunki, bolalar hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari va ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo’ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o’zlashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko’ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg’aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko’p muhitlarni o’zlashtirsa, u Shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o’zi uchun qulay bo’lgan uni yaxshi tuShunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko’chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba to’plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o’rgandilar.

Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling