Mavzu: Ikkinchi darajali bo’laklar Mundarija: I kirish II asosiy qism


Download 56.41 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi56.41 Kb.
#1633080
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gapning ikkinchi darajali bo\'laklar haqidagi sintaktik nazariyalar


Mavzu:Ikkinchi darajali bo’laklar
Mundarija:
I Kirish
II Asosiy qism
1. Ikkinchi darajali bo’laklar haqida ma’lumot.
2. To’ldiruvchi va uning ifodalanishi.
3. Aniqlovchi va uning ifodalanishi.
4. Hol va uning ifodalanishi.
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”. O‘zbek tilshunosligida sintaktik birliklarning tildagi vazifalarini aniqlash tadqiqi masalasi ham ona tilimizning yangi-yangi qirralarini ko‘rsatib berishga xizmat qiladi. Yangi asr o‘qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intellektual salohiyat bo‘yicha, innovatsion ta’lim bo‘yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta’lim texnologiyalari, ta’limning interfaol usullari va ilg‘or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo‘lishi lozim,” deb ta’kidlagan edilar. 2017-yil 7-fevralda imzolangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” IV bobi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘limining “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘limi aynan ta’lim sohasiga bag‘ishlangan: “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro 4 standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichmabosqich ko‘paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish”.

Download 56.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling