Mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik faoliyatini yurituvchi bozor sub’ekti


Download 1.78 Mb.
bet24/36
Sana18.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1785015
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

“Komissiya” metodi (davra stoli) 

Assotsiatsiya va o'xshatish (analogiya) metodi

  • bu metodning mazmuni yangi g'oyalar va takliflarni boshqa u yoki bu ob'ektlar bilan qiyoslash asosida paydo bo'lgan. ko'pincha shaxsiy o'xshashlik usuli qo'llaniladi, bu usul yordamida inson o'zini o'xshash bo'lgan ob'ekt bilan tenglashtiradi. buning asosida analitik oldidagi masala mohiyatini yaxshi tushinib etadi.
  • misol qilib texnikada foydalanilayotgan o'xshashliklarni keltirish mumkin. bu sohada azaldan tabiatdagi o'xshashliklar tamoyillaridan keng foydalaniladi. harbiylar suv osti kemasini loyihalashtirishda delfinning tana tuzilishini analog qilib tanlashgan. delfinda teri qavati ikkita bo'lib, birinchi - tashki qavati qalin bo'ladi. ichki qavati esa yupqa bo'lib suvning bosimi ostida o'z formasini turli tezliklarda turlicha o'zgartirish imkoniyatiga ega. suv osti kemasini qurishda delfinning bu xususiyatlaridan foydalanish bir muncha xavfsiz va tez suzuvchi kema qurish imkoniyatlarini berdi.
  • yana boshqa bir misol fotokameralardagi optika oynasi bo'lib, u bir lahzadagi yorqin nurda tezda qorayish xususiyatiga ega va nur pasayganida yana o'z holiga keladi, bu olinayotgan fotosyomkalarni sifatli bo'lishini taminlaydi. bunda analog bo'lib kalmarlarning ko'z tizimining tuzilishi olingan, ular qorong'i va yorug' suvlarda bir xildek yaxshi ko'radilar.
  • yangi g'oyalarni paydo bo'lishiga har qanday turli simvol, sxema va so'z bilan assotsiatsiyada bo'lish turtki bo'lib xizmat qilishi mumkin. masalan, pishloqni qirg'ichdan o'tkazishni o'zi daraxt yoki polimerga yangicha ishlov berish g'oyasini keltirib chiqarishi mumkin.
  • assotsiatsiya va analoglar yordamida original takliflarni axtarishni umumiy yondashishi quyidagilarga olib keladi. eng avvalo mulohaza raxbari ko'rilayotgan muammoni qandaydir belgi yoki simvolni mo'ljal sifatida keltiradi, guruh azolari esa berilganga asosan faraz qilinayotgan simvollarini aytadilar. bu jarayon qaytarilib, toki, assotsiatsiya zanjirini shakllanishi asosida samarali g'oya tug'ilmagunicha davom etaveradi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling