Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari
Download 29.25 Kb.
|
Azimjon-Ma\'muriy huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari .
Ma’muriy –huquqiy munosabat deganda, ma’muriy -huquqiy norma bilan tartirbga solingan, taraflar ma’muriy- huquqiy normalar vositada o‘rnatilgan hamda kafolatlangan o‘zaro majburiyatlar va huquqlar egasi bo‘lib maydonga chiqadigan boshqaruv sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
YUridik xususiyatga ko‘ra, ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari vertikal va gorizontal huquqiy munosabatlarga ajratiladi. Vertikal huquqiy munosabatlar ma’muriy-huquqiy boshqaruvning hamda sub’ekt va ob’ekt o‘rtasida yuzaga keladigan davlat boshqaruv faoliyati uchun xos bo‘lgan subordinatsiya aloqalarning mohiyatini eng ko‘p darajada aks ettiradi. Odatda hokimiyat munosabatlari deb ataladigan munosabatlar aynan shu munosabatlardir. Gorizontal huquqiy munosabatlar deganda, taraflar amalda va yuridik jihatdan teng huquqli bo‘ladigan munosabatlar tushuniladi. Binobarin, ularda bir tarafning boshqa taraf uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari bo‘lmaydi. Fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni alohida guruhga ajratish mumkin. Ma’muriy huquqda fuqarolarning huquqlarini mustahkamlovchi va ularning boshqaruv organlari bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar etarlicha katta o‘rin egallaydi. Sub’ektlarini boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) va fuqarolar tashkil etadigan munosabatlar huquqiy voqealikdagi eng an’anaviy munosabatlardir. Har qanday fuqaro o‘z hayoti mobaynida ma’muriy, huquqni muhofaza qiluvchi muassasalar va ularning mansabdo shaxslari bilan, transport va aloqa organlari bilan, soliq organlari, pasport idorasi, bojxona xizmati, ijtimoiy himoya va boshqa idoralarning xodimlari bilan ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadi. Fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabatlarning alohida guruhini tashkil qiladi. Fuqarolar o‘rasidagi ko‘pgina munosabatlar ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi uchun ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kiradi. Ushbu sunosabatlar ko‘proq jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohalarida yuzaga keladi hamda qonunchilik fuqarolarga jamoat joylaridagi o‘zaro munosabatlarini, mustaqil ravishda, boshqarishning huquq va manfaatlariga rioya etgan holda tartibga solish majburiyatini yuklaydi. Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling