Mavzu: mehnatga oid munosabatlar reja: Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi Mehnat huquqiy munosabatlar elementlari


Ishlab chiqarishning o'zida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog'liq munosabatlar


Download 73 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi73 Kb.
#1590703
1   2   3   4   5
Bog'liq
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR

3. Ishlab chiqarishning o'zida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog'liq munosabatlar. Bunday munosabatlar ishlab turgan xodimlar yakka tartibdagi, guruhga birlashgan holda yoki brigada tarkibida kasb o'rganishi (shogirdlik) va keyinchalik egallagan kasbi bo'yicha mustaqil ish boshlashi, maxsus tayyorlov kurslarida kasb o'rganishi, o'z malakasini oshirishi bilan bog'liq holda yuzaga keladi .
Ishlab chiqarishning o'zida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog'liq munosabatlar bevosita mehnat munosabatlari bo'lmasdan, bunda ta'lim olish, kasb-kor egallashga oid munosabatlar yuz beradi. Biroq, korxona miqyosida va tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida amalga oshirilishi tufayli ular mehnat munosabatlari sanaladi, shogirdda o'ziga xos mehnat huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi.


4. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligiga oid munosabatlar. Bu munosabatlar ham o'z mohiyatiga ko'ra bevosita mehnat munosabatlari bo'lmasdan, zarar etkazishdan kelib chiqadigan munosabatlarning mehnat huquqiy shakllaridan sanaladi. Ammo mehnat shartnomasi tuzilganligi tufayli va mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda vujudga kelishi mumkin. Mehnat shartnomasi tuzmagan fuqaroning korxonaga zarar etkazishi mehnat huquqiy munosabat bo'lmasdan, fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar turkumiga kiradi.


5. Mehnat nizolarini ko'rib hal etilishi bilan bog'liq munosabatlar. Bu munosabatlar ham bevosita mehnat munosabatlari sanalmaydigan ijtimoiy munosabatlardandir.
Chunki har qanday nizoni hal qilish tartiblari prosessual qonunchilikni ob'ekti sanaladi va shu sababli fuqarolik prosessual huquq predmeti sanaladi.
Ammo mehnat munosabatlari davomida yuzaga keladigan nizolar nafaqat fuqarolik prosessual vositalar bilan, balki mehnat qonunchiligida belgilangan normalar orqali ham tartibga solinadi. Mehnat nizolari komissiyalarida nizolarni ko'rib hal etish Mehnat kodeksi bilan belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, mehnat qonunchiligida muayyan huquqiy harakatlarni amalga oshirilish tartibi va muddatlarini belgilab beruvchi normalar mavjudki, ular masalaning prosessual jihatlarini aks ettiradi. Masalan, ish beruvchi tomonidan xodimning arizasini ko'rib chiqilish tartib va muddatlari, intizomiy jazoni qo'llash tartibi va muddatlari va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Shunday qilib, mehnat munosabatlari ikki turkumga ajratilishi va ular bevosita mehnat munosabatlari va bilvosita mehnat munosabatlaridan iborat ekanligi qayd etilishi kerak.
Bugungi bozor munosabatlari avj olib borayotgan sharoitda norasmiy iqtisodiy munosabatlar ham mavjud. Norasmiy mehnat munosabatlari deganda formal jihatdan huquqiy aloqalar o'rnatmagan holda amalda mehnat munosabatarini ish beruvchi va ishga yollanuvchi o'rtasida yuzaga kelishiga aytiladi. Bunday norasmiy munosabatlar aholini ish bilan ta'minlanishiga, amaldagi bandlik darajasiga muayyan darajada ijobiy ta'sir ko'rsatsa-da, ammo ob'ektiv jihatdan salbiy hodisa sifatida baholanmog'i lozim. Chunki bunday norasmiy mehnat munosabatlari tufayli turli salbiy oqibatlar yuzaga keladi.



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling