Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari
Tuz gumbazli oblastlarda izlash ob’yektlarini aniqlashva tayyorlash
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza-2023
4.2.Tuz gumbazli oblastlarda izlash ob’yektlarini aniqlashva tayyorlash
Uchta tuzilma qavatidan tashkil topgan (tuz usti, tuzli va tuz osti) tuz gumbazli cho’kindi havzalarda izlov ob’yektlarini aniqlash va tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Izlov ob’yektlari tuz gumbazini o’rab olgan antiklinal turdagi tutqichlar, yirik tuz ob’yektlariga tutashgan tutqichlar hamda tuz osti qavatining antiklinal va rifogen turdagi tutqichlar kiradi. Tuz gumbazlarini aniqlash kompleks geofizik usullar bilan amalga oshiriladi: gravirazvedka bilan – atrofdagi tog’ jinslariga nisbatan tuzlarning zichligini pastligidan yuzaga keladigan og’irlik kuchi anomaliyalarining salbiy ko’rsatkichlari bo’yicha; elektrorazvedka bilan – atrofdagi yotqiziqlarga nisbatan tuzlarning elektr qarshiligini keskin farqiga bog’liq va ayniqsa seysmorazvedka UChNU va STKU bilan – tuz qalinligi seysmik to’lqinlarni yuqori tezlik bilan tarqalishga egaligi bilan bog’liq. Tuz gumbazi bir turli qalinlik sifatida xarakterli seysmofatsiyalari bo’yicha vaqtinchalik seysmik kesimlarda yaqqol qayd etiladi. Tuz osti kompleksida lokal ob’yektlarni burg’ilashga tayyorlash antiklinal tutqichlarni tayyorlash bilan bir metodikada olib boriladi. Tuz gumbazlarining devorlariga tutashgan tutqichlarni tayyorlash seysmik qidiruv UChN, 3D va VSP usullari parametrik quduqlarni burg’ilash bilan kompleksda amalga oshiriladi. 4.1-rasm. Tuz gumbazining seysmik profilda ko’rinishi. Tuz osti kompleksida lokal tuzilmalarni tayyorlash seysmorazvedka uchun yanada qiyin vazifa hisoblanadi. Chunki, ularda qatlam tezliklarining lateral va vertikal o’zgarishlari seysmik kesimlarda tuz osti gorizontlarini muttasil korrelyatsiyalash imkonini bermaydi. Hozirgi vaqtda bu vazifa UChNU ni boshqa geofizik usullar va parametrik burg’ilash bilan komplektlash hamda dala kuzatuvlarining yangi metodik usullarini qo’llash va materiallarni qayta ishlash yordamida yechiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling