Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Neft va gazga geologik-qidiruv ishlarining izlash-baholash davri.
4-MAVZU: NEFT VA GAZ KONLARINI IZLASH, QIDIRISHNING VA BAHOLASHNING BOSQICHLARI. REJA: 4.1. Neft va gazga geologik-qidiruv ishlarining izlash-baholash davri. 4.2.Tuz gumbazli oblastlarda izlash ob’yektlarini aniqlash va tayyorlash 4.3. Noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash. 4.4. Rifogen sinfi tutqichlarini aniqlash va tayyorlash. 4.5.Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash. 4.6. Konlarni izlash va baholash bosqichi 4.7. Izlov quduqlarini burg’ilash 4.1. Neft va gazga geologik-qidiruv ishlarining izlash-baholash davri. Izlash-baholash davrining maqsadi – yangi neft va gaz konlarini yoki avval ochilgan konlarda yangi uyumlarni ochish va ularning zaxiralarini С 2 va qisman С 1 toifalar bo’yicha birlamchi baholagan holda sanoat ahamiyatida baholashdan iborat. Izlash-baholash davri ob’yektlarni aniqlash va izlov burg’ilashga tayyorlash bosqichi hamda konlarni (uyumlarni) izlash va baholash bosqichiga bo’linadi. Tutqichlarni aniqlash va tayyorlash bosqichi o’z navbatida ikkita bosqichostiga bo’linadi: ob’yektlarni aniqlash va ob’yektlarni tayyorlash. Ob’yektlarni aniqlash bosqichostining maqsadi bashoratlangan uglevodorodlar resurslarini D 1 va D 2 toifalar bo’yicha baholagan holda istiqbolli tutqichlarni aniqlash va izlov burg’ilashga tayyorlashdan iborat. Neft va gazga istiqbolli tutqichlar yoki regional geologik-geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar ma’lumotlarini interpretatsiya qilish natijalari bo’yicha, yoki avval o’tkazilgan geologik-geofizik tadqiqotlarni zamonaviy usullarda qayta ko’rib chiqish va qayta interpretatsiya qilish natijalari bo’yicha aniqlanadi. Tutqichlarni aniqlash ob’yektlari yoki neftgaz to’planishi mumkin bo’lgan zonalar chegarasidagi yangi istiqbolli territoriyalar, yoki sanoat ahamiyatidagi neftgazliligi aniqlangan rayonlar bo’lishi mumkin. Yangi istiqbolli neftgaz to’planish zonalarida tutqichlarni izlash, avvalo ochish imkoni nisbatan katta bo’lgan tuzilma qavatlari va yirik lokal tuzilmalarga qaratiladi. Yirik keskin ajralib turadigan antiklinal tuzilmalar tugagandan so’ng ishlar kichik amplitudali lokal ko’tarilmalar va har xil turdagi noantiklinal tutqichlar – riflar, litologik tugallanish va almashinish zonalari, ko’milib ketgan erozion ko’tarilmalar, qumtosh tanalari va boshqalarga qaratiladi. Tutqichlarni aniqlash bo’yicha ishlarning namunaviy kompleksi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1.Generatsiyaning lokal va mukammal darajasidagi AFS va KS materiallarini talqin qilish (deshifrovka). 2. 1:100 000 va 1:50 000 miqyoslarda tuzilma-geomorfologik va tuzilmageologik, geokimyoviy, gidrogeologik suratga olish. 3.1:100 000 va 1:50 000 miqyoslarda turli modifikatsiyalardagi gravi-, elektro- va magnitorazvedkalardan tashkil topgan kompleks geofizik tadqiqotlar. 4.Alohida regional profillar bo’yicha QTU, UChNU, STKU seysmik qidirish ishlari. 5.Geologik kesimni bashoratlash bo’yicha va “uyum” turidagi anomaliyalarni aniqlash maqsadida bevosita izlashlarga maxsus tadqiqotlar va ishlar. 6.Tuzilma va parametrik quduqlarni burg’ilash. Aniqlangan ob’yektlar deganda seysmik profillarning siyrak to’ridagi qaytaruvchi gorizontlarning turli antiklinal buklanishlari hamda lokal ob’yektlar bilan aloqasi seysmik profillar yoki tuzilma quduqlari bilan tasdiqlangan lokal gravitatsion, magnit, elektrik, geokimyoviy va boshqa anomaliyalar tushuniladi. Shu tufayli istiqbolli neftgaz to’planish zonalari bo’yicha aniqlangan tutqichlar fondi turlari, o’lchamlari va ishonchliligi bo’yicha turlicha antiklinal ko’tarilmalar va turli anomaliyalarni o’z ichiga oladi. Aniqlangan tutqichlarning mavjud fondidan izlov burg’ilashga tayyorlash, bashoratlangan resurslarini D1 va D2 toifalar bo’yicha hisoblash uchun nisbatan istiqbollilari tanlanadi. Istiqbolli tutqichlarga neftgaz to’planish zonalari aniqlangan va istiqbolli bo’lishi mumkin bo’lgan hamda ularni izlash burg’ilashga kiritish geologik-iqtisodiy asoslangan rayonlar uchun ijobiy xarakterlanadigan tutqichlar kiradi. Ob’yektlarni tayyorlash bosqichostining maqsadi izlov burg’ilashga tavsiya etilgan tutqichlarni tuzilishining ishonchliligini ahamiyatli darajada oshirishdan iborat. Har xil turdagi aniqlangan tutqichlarning aksariyat qismi geofizik usullar bilan, xususan seysmik qidiruv QTU, UChNU 1:50 000 va 1:25 000 masshtablarda, vertikal seysmik profillash (VSP) bilan burg’ulashga tayyorlanadi. Mukammal ishlarda seysmik profillar to’rining zichligi tayyorlanadigan tutqichlarning o’lchamlari va ularning amplitudasiga bog’liq va 1 km 2 maydonda 0,7 dan 3 pog.km profillarni tashkil etadi. Rayon o’rganilishi bilan izlov va mukammal profillar to’ri kichik tutqichlar va noantiklinal ob’yektlarni tayyorlash lozimligi tufayli zichlashtiriladi. Aniqlangan ob’yektlarni izlov burg’ilashga tayyorlash bo’yicha namunaviy kompleksga shuningdek, lokal va mukammal darajada ishlab chiqilgan aerofotova kosmik suratga olish materiallarini talqin qilish, tuzilma-morfologik suratga olish va geologik kesimni bashoratlash bo’yicha va “uyum” turidagi anomaliyalarni aniqlash maqsadida bevosita izlashlarga maxsus tadqiqotlar va ishlar, murakkab seysmo-geologik sharoitlarda – 3D hajmiy seysmik qidiruv va chuqur parametrik quduqlarni burg’ilash kiritiladi. Cho’kindi qavatning istiqbolli tutqichlari turli-tumanligi bilan xarakterlanadi. Ular orasida aksariyat tadqiqotchilar tomonidan (Bakirov va b., 1987y.) beshta genetik sinf ajratiladi: tuzilmali, litologik, stratigrafik, rifogen va aralash. Neft va gazga geologik-qidiruv ishlarining jahon tajribasi tasdiqlashiga ko’ra neft va gaz uyumlarining katta miqdori tuzilma turidagi tutqichlarda ochilgan (68%). Notuzilmali tutqichlardagi uyumlarning ulushi 5% dan katta emas, kombinatsiyalangan tutqichlarga 27% to’g’ri keladi. Keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq, garchi noantiklinal tutqichlarda ochilgan uyumlarning ulushi oshib borsada, yaqin istiqbolda neft va gaz zaxiralarining o’sishi antiklinal tutqichlarda uglevodorodlar uyumlarini ochilishi bilan bog’liq bo’ladi. Antiklinal turdagi tutqichlarni izlov burg’ilashga tayyorlash istiqbolli kompleks yoki yuqorida yotgan yotqiziqlar kesimida ajratiladigan istiqbolli gorizont yoki tayanch qaytaruvchi gorizontning ustki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasini tuzishdan iborat. Tuzilishining asosiy xususiyatlari mazkur rayon uchun geologik-geofizik va geokimyoviy usullar kompleksi bilan ishonchli aniqlangan antiklinal tutqich izlash burg’ilashga tayyorlangan hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: o’lchamlari va amplitudasi, tuzilma xususiyatlari (gumbaz va qanotlarning rejadagi va gipsometrik holati, plikativ va diz’yuktiv murakkabligi), qoplamalarning germetiklik darajasi va boshqalar. Tutqichlarni tayyorlashning sifatiy mezonlari N.Y. Kupina ma’lumotlariga ko’ra uchta asosiy ko’rsatkich bilan aniqlanadi: uning hajmi, kesimning yoritilgan chuqurligi, konditsionlik darajasi. Antiklinal burmaning hajmi neft va gaz uyumining mumkin bo’lgan kattaligini belgilaydi. U kollektorlik xossalariga, mahsuldor qatlamlarning qalinligi, maydoni va ko’tarilmaning amplitudasiga bog’liq. Aksariyat hollarda aniqlangan ko’rsatkich lokal tuzilmaning maydoniga ega bo’ladi. Tutqichning maydoni izogipslarning konturi bo’yicha H = Ho + C/2 ko’rsatkich bilan aniqlanadi, bu yerda Но – eng chuqur yopiq ezogipsning ko’rsatkichi, С – muvofiq aniqlik va tuzilma xaritasida qabul qilingan texnik asoslangan izogips. Yirik tutqichlarga maydoni 50 km 2 dan katta bo’lgan ko’tarilmalar kiradi, o’rtachaga – 10 dan 50 km 2 gacha, maydalarga – 5 km 2 gacha. Tutqichlarni tayyorlash ishonchliligi asosan, seysmorazvedkaning ruxsat etilgan imkoniyatiga bog’liq. Uning xatoligi nisbatan qulay geologik-geofizik sharoitlarda E = 0,01H munosabat bilan baholanadi, bu yerda Е – tayyorlash xatoligi, Н – qaytaruvchi gorizontning yotish chuqurligi, tuzilma xaritasining izogipslarini kesishishi esa A = 0,5E. Agar antiklinal tuzilma xaritasida bitta izogips chizig’i bilan tasvirlangan bo’lsa, unda uning ishonchligi Pa = 0,3; agar ikkita bo’lsa – Pa = 0,6 ; agar uchta bo’lsa – Pa = 0,9 ; agar to’rtta bo’lsa – Pa = 1; Tuzilmali tutqichlarning ishonchlilik darajasini yetishmasligi ko’pincha optimal sharoitlarda ortiqcha izlov quduqlarini burg’ilash zaruriyatiga olib keladi, bu ahamiyatli darajada izlov-qidiruv jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, taxminan 30% antiklinal tuzilmalar burg’ilash bilan tasdiqlanmaydi, ayniqsa murakkab tuzilgan regionlarda, tuzilma rejalari mos kelmagan sharoitlarda. Bunday sharoitlarda tuzilmalarni izlov burg’ilashga tayyorlanganlik darajasini asoslash uchun maqsadli gorizontlar bo’yicha tuzilma xaritasini to’ldiradigan geologik-geofizik tadqiqotlarni barcha turlarining natijalarini taqqoslash ma’lumotlaridan foydalaniladi. Aniqlangan va tayyorlangan tuzilmalarning jamlamasi joriy yilning 1-yanvar holati bo’yicha aniqlangan va izlov burg’ilashga tayyorlangan tuzilmalar fondini tashkil etadi. Tayyorlangan tuzilmalar izlov burg’ilashga kiritilgunga qadar o’lchamlari bo’yicha tasniflanadi: maydoni, amplitudasi va istiqbolli resurslari (D 1 yoki D 2 bo’yicha). Nisbatan istiqbolli antiklinal tutqichni tanlash aniqlangan lokallashtirilgan resurslarni ahamiyatiga ko’ra amalga oshiriladi. Yangi neftgazga istiqbolli rayonlar chegarasida tayyorlangan lokal ko’tarilmalarning lokallashtirilgan resurslarini baholash mavjud parametrik burg’ilash ma’lumotlari va “uyum” turidagi anomaliyalarni mavjudligi ma’lumotidan foydalanib tutqichning geologik modelini (tayanch qaytaruvchi Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling