Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari
Konlarni izlash va baholash bosqichi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza-2023
4.6. Konlarni izlash va baholash bosqichi
Izlov, so’ngra baholash burg’ilashni loyihalash uchun asos bo’lib geologik, geofizik, geokimyoviy va gidrogeologik tadqiqotlar majmuasi bo’yicha tayyorlangan lokal ob’yektlarning neftgazlilik istiqbollarini ijobiy bahosi hisoblanadi. Bu bosqich ikkita bosqichostiga bo’linadi: konlarni (uyumlarni) izlash va konlarni (uyumlarni) baholash. Izlov ishlarining maqsadi yangi istiqbolli neftgaz to’planish zonalari chegarasida sanoat ahamiyatidagi neft va gaz konlarini (uyumlarini) ochish yoki ochilgan konlar chegarasida yangi uyumlarini aniqlash va С 2 va qisman С 1 toifalar bo’yicha birlamchi zaxiralarni baholashdan iborat. Izlash ishlari o’rganilganlik darajasi ularni tayyorlanganligi quduqlarni qurish talablarga javob beradigan ob’yektlarda (antiklinal va noantiklinal) izlov quduqlarini burg’ilash bilan amalga oshiriladi. Izlov quduqlariga (tayanch, parametrik, tuzilma quduqlaridan tashqari) asosiy maqsadi yangi neft va gaz to’plamlarini ochish hisoblangan quduqlar kiradi. Izlov burg’ilashning vazifalariga quyidagilardan iborat: - tayyorlangan tutqichlar chegarasida yoki cho’kindi qoplamaning (poydevorgacha) butun kesimi bo’ylab taxmin qilingan uyumlarni yoki texnik jihatdan imkoniy chuqurlikda istiqbolli jinslar kompleksini ochish; - ochilgan kesimda kollektor qatlamlarni, qoplamalarni ajratish va shlamni, kernni laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari hamda QGT materiallari bo’yicha ularning geologik-geofizik ko’rsatkichlarini aniqlash; - ajratilgan qatlamlarda neft va gaz oqimlarini olish; -qatlam va dala sharoitlarida flyuidlarning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash; - asosiy, mahsuldor gorizontlarning geometriyasini aniqlash va uglevodorodlarning birlamchi zaxiralarini hisoblash uchun zarur bo’lgan boshqa hisoblash ko’rsatkichlarini aniqlashtirish; - baholash (qidirish) qavatlarini birlamchi ajratish. Bu vazifalar quyidagilarni o’z ichiga oladigan tadqiqotlar kompleksi bilan yechiladi: - burg’ilash jarayonida shlam, kern va flyuid namunalari olish; - quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT); - istiqbolli gorizontlarni ishlatib ko’rish va sinash; -geokimyoviy, gidrogeologik, gidrodinamik va boshqa tadqiqotlar o’tkazish; - kern, shlam va flyuidlarni laboratoriyada o’rganish; -seysmorazvedka va VSP materiallarini batafsil o’rganish. Izlov burg’ilash jarayonining boshlanishi tutqichning geologik modelida yoki taxmin qilingan uyumda eng muhim nuqtalarni tanlash va quduqlarning soni hisoblanadi. Uyumlarni izlash bosqichostida quduq(lar) bir vaqtning o’zida UV to’plamlari mavjudligini isbotlash va ochilish miqyosini baholash yoki maydonning istiqbolli emasligini aniqlash imkonini beradigan nuqta(lar)da o’rnatilishi lozim. Har xil turdagi tutqichlarda muhim nuqtalar ketma-ketligi quyidagicha: gumbaz qismlar, tutqichning uyumni saqlanishi va uning taxminiy balandligini aniqlash imkonini beradigan uchastkalari, ekranlash zonalariga tutashgan uchastkalar, fazalar oralig’i kontaklari rivojlangan zona va shu kabilar. Bu masalalarni yechish uchun izlov burg’ilash loyihasida belgilab qo’yilgan zaruriy kompleks qo’llaniladi, u quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: - quduqlarni poydevorgacha yoki texnik imkoni bor chuqurlikda burg’ilash; -tog’ jinslarining asosiy litologik-stratigrafik komplekslari chegaralarida oraliqlar bo’ylab kern va shlam olish, neft va gazga istiqbolli yotqiziqlar oraliqlarida to’liq kern olish, yaxshi o’rganilgan regionlarda esa – kern olmasdan yoki uning minimal zaruriy hajmida burg’ilash; - kon-geofizikasi tadqiqotlari va zarur bo’lgan hollarda VSP o’tkazish; -burg’ilash jarayonida istiqbolli ob’yektlarni kabelda yoki quvirlarda oqimga sinab ko’rish; -quduqlarni ishlatish tizmasida turli rejimlarda ishlatib ko’rish; -quduqlarning debitlari va ularning vaqt bo’yicha o’zgarishini baholash. Sanoat ahamiyatidagi neft va gaz oqimlari olinganda mahsuldor gorizontlarning sizdirish-hajmiy xossalari (SHX) tadqiqot qilinadi, alohida quduqlarda neft va gaz oqimlarini jadallashtirish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi, neft, gaz, kondensat va suvning xossalari o’rganiladi. Zarur bo’lgan hollarda izlov quduqlarini burg’ilash bilan bir vaqtda qo’shimcha batafsil dala geofizikasi tadqiqotlari o’tkaziladi. Bu tadqiqotlar natijalari bo’yicha izlov burg’ilashni hisobga olgan holda tutqichning geologik modeli tekshiriladi va aniqlashtiriladi hamda qo’yilgan vazifalarni bajarilganlik darajasi baholanadi, u to’liq yoki qisman yechilgan, yoki yechilmagan bo’lishi mumkin. Uyumlarni izlash vazifasi agar uglevodorodlar uyumlari mavjud yoki yo’qligi isbotlansa to’liq yechilgan hisoblanadi. Uyumlarning mavjudligi izlov quduqlarining birida sanoat ahamiyatidagi neft yoki gaz oqimi olinishi bilan isbotlanadi. Sanoat ahamiyatidagi oqimning kattaligi iqtisodiy tushuncha hisoblanadi va ko’p omillar bilan aniqlanadi (geologik, iqtisodiy, iqlimiy va boshqalar). Bu bosqichda olingan ma’lumotlar C 2 (qisman C 1 ) toifa bo’yicha dastlabki zaxiralarni hisoblash imkonini beradi. Agar burg’ilash bilan sanoat ahamiyatiga ega bo’lmagan uyum aniqlansa, boshqa izlov quduqlarini burg’ilash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ob’yektlar izlov burg’ilashga sifatli tayyorlangan sharoitlarda uyumni mavjud bo’lmasligini kollektorlarning yo’qligi, ularning suvlanganligi, tutqichning germetik emasligi va boshqalar bilan tushuntirish mumkin. Bu sabablar tahlil qilingandan keyin ushbu tutqich salbiy natijalar bilan burg’ilashdan to’xtatiladi. Vazifalarni qisman yechilganligi sabablari quyidagilar hisoblanadi: sinashlarning sifatini yomonligi, uglevodorodlarning kuchsiz oqimi, QGTning ma’lumotlarning to’liq emasligi, istiqbolli gorizontlar bo’yicha kern olishni yetishmasligi. Bundan tashqari, agar o’rganilayotgan maydonda seysmorazvedka va izlov burg’ilash ma’lumotlariga ko’ra tuzilma rejalarning mos kelmasligi aniqlansa, sifatsiz QGT, quduqlarni burg’ilash jarayonida sinab ko’rishlar va boshqalar bo’lmasa izlash vazifalari yechilmasdan qoladi. Muvaffaqiyatsiz burg’ilash sabablari aniqlangandan keyin lokal ob’yektda ishlarni davom ettirish yoki to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Neft va gazni izlash bosqichlarining davomiyligi birinchi izlov qudug’ini joylashtirishdan birinchi sanoat ahamiyatidagi oqimni olishgacha bo’lgan vaqt bilan aniqlanadi. Baholashning maqsadi – istiqbolli maydonlarda aniqlangan neft va gaz konlarining va ochilgan konlardagi yangi uyumlarning zaxiralarini, sanoat ahamiyatida qidirish va ishlatishga tayyorlashning maqsadga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Bu bosqichostining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi: - izlov jarayonida burg’ilash bilan kam o’rganilgan uyumlar chegarasida (SNK, GSK) neft va gazga mahsuldor qatlamlarni tog’ jinslarini ochish; - har bir quduqda burg’ilash natijasida ochilgan kollektor qatlamlar va qoplamalarni ajratish, kernning laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari va QGT materiallari bo’yicha ularning sizdirish-hajmiy xossalarini (SHX) aniqlash; - neft va gazning sanoat ahamiyatidagi oqimini olish; - har bir aniqlangan uyum bo’yicha flyuidlarning qatlam va mo’tadil sharoitidagi fizik-kimyoviy xossalarini va gidrogeologik xarakteristikalarini aniqlash; - konning asosiy mahsuldor gorizontlarini geometriyasi hamda С 1 va qisman С 2 toifalar bo’yicha zaxiralarini hisoblash uchun ularning zaruriy ko’rsatkichlarini aniqlash; - qidirish qavatlarini ajratish. Konlarni baholashda tadqiqotlarning namunaviy kompleksi quyidagilarni o’z ichiga oladi: - chuqur quduqlarni burg’ilash, mahsuldor gorizontlar oralig’ida kern va namuna olish, to’liq hajmda QGT, quduqlarni sinab ko’rish va sinash, neft va gaz oqimlarini jadallashtirishning turli usullari; - kern va flyuidlarni laboratoriya tadqiqotlari; uyumlarni sinov ishlatish; mujassamlashtirilgan seysmorazvedka ishlari; mahsuldor yotqiziqlar bo’yicha tuzilma xaritalarini aniqlashtirish. Konni baholash natijalariga bog’liq holda oqilona qidirish loyihasi tayyorlanadi. O’zlashtirilgan rayonlarda joylashgan katta bo’lmagan konlar, odatda bevosita ishga tushiriladi va ishlatish quduqlari bilan toqidiriladi. Baholangan konlar yoki uyumlar balans toifaga kiritilishi mumkin yoki vaqtincha konservatsiyalanadi. Ochilgan konni baholash, agar unda С 1 toifa zaxiralarning nisbatiga erishilgan bo’lsa, tugallangan hisoblanadi (4.1-jadval). 4.1-jadval Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling