Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari
Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza-2023
4.5.Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash.
Noantiklinal tutqichlarning bu ob’yektlariga litologik va stratigrafik tutqichlar kiradi. Geologik-qidiruv ishlarining amaliyoti shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik noantiklinal uyumlar antiklinal ob’yektlardagi uyumlarni izlash va qidirish jarayonida ochiladi. Jahon tajribasi shuni ko’rsadiki, noantiklinal tutqichlarni maqsadli aniqlash, geofizik usullar kompleksi va chuqur quduqlarni burg’ilash bilan amalga oshiriladi. Nisbatan samarador usul regional profillar to’ri bo’yicha seysmorazvedka UChNU hisoblanadi. Vaqtinchalik seysmik kesimlarni geologik interpretatsiya qilish (seysmostratigrafik tahlil) cho’kindi qalinlikda bir qator sedimentatsion ob’yektlarni ajratish imkonini beradi. Bunda noantiklinal tutqichlarni ajratish quyidagi asosiy omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: - seysmik yozuvlar (seysmofatsiyalar) rasmi bo’yicha, to’lqinli maydonning miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlangan terrigen kollektorlar qamlamlarining mavjudligi; - tutqichning ustki va ostki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasini tuzish va kollektor qatlamning qalinligini aniqlash yo’li bilan belgilanadigan noantiklinal tutqichlarni gipsometriyasi; - ma’lum bir sinfga mansub noantiklinal tutqichlarni shakllantiradigan cho’kindi havzaning genetik turi. Erozion o’yiqlar bilan bog’liq qumtosh tanalari xarakterli rasmlar – seysmofatsiyalar bo’yicha seysmorazvedka bilan aniqlanadi (4.4A-rasm). Bu qumtosh tanalari gravirazvedka bilan ham o’yib kirgan zonasida, ayniqsa karbonat jinslarda salbiy anomaliyalar bo’yicha ajralib turadi. Elektrorazvedka ham yig’indi bo’ylama o’tkazuvchanligining yuqori ko’rsatkichi bo’yicha bunday tuzilmalarni qayd etishi mumkin. Balandligi 50 m gacha, kengligi yuzlab metrdan bir necha kilometrgacha bo’lgan, ularni o’rab turuvchi gillar, gipslar, dolomitlar oralig’ida asosan o’rta donali qumtoshlardan tashkil topgan sohiloldi dengiz tanalari – to’siqlar – sinfazalik o’qlarining suratlari bo’yicha seysmorazvedka bilan aniqlanadi: quyi qismida gorizontal akslar orasida qalinlikni kengayib ketishi va yuqori qismida qavariq shakli bilan (4.4B-rasm). Lokal ko’tarilmalarning yon bag’irlarida, monoklinallarda va boshqa tuzilmalarda uchraydigan qumtosh kollektor jinslarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tutqichlarni aniqlash har doim yotqiziqlarning tugallanish chegarasidan qaytgan to’lqinlarning sinfazalik o’qlarini qoidaga muvofiq mos kelishi va qo’shilishi bilan birga boradi. Qatlamlarning tugallanishidan, chegaralarni kuzatib borish shu qatlamning va uning ostidagi va qoplab yotuvchi yotqiziqlarning tezlik xarakteristikalariga hamda uning qalinligiga bog’liq. Agar, tugallanadigan qatlam ostidagi yoki ustidagi yotqiziqlarga nisbatan yuqori yoki past tezlikka ega bo’lsa, unda qatlamning qalinligi kamayib borishi bilan (50 dan 0 m gacha) akslarning jadalligi ularni to’liq g’oyib bo’lguniga qadar kamayib boradi. Agar, tugallanib borayotgan qatlamdagi tezlik atrofdagi tog’ jinslariga nisbatan oraliq ko’rsatkichga ega bo’lsa, qalinligi esa 15-25 m ni tashkil etsa, unda akslarning jadalligi shu qatlamdan qatlam tugallanib borgan sari qoidaga muvofiq ortib boradi. Tugallanib borayotgan qatlamning ishonchli belgisi shu qatlamning bir xil deb qaralgan chegaralarining fazalari orasidagi At vaqtning kamayishi hamda akslar amplitudasining o’zgaruvchanligi hisoblanadi (4.4-rasm). Kollektor qalinlikni gillar bilan aralashuvi bilan bog’liq bo’lgan tutqichlarni aniqlash ahamiyatli darajada o’rganilayotgan qatlamning qalinligi va uning fizik xossalarini almashinuvchi yotqiziqlarga nisbatan va almashinuvchi muhitga nisbatan keskin farq qilishiga bog’liq. Fatsial almashinuv zonasi quyidagi belgilari bilan aniqlanishi mumkin: 4.4-rasm. Terrigen yotqiziqlarning seysmofatsiyalari: A - o’yiqlarda; B – qum tanalari tugallangan holatda; V – qum vallari. - almashinish oralig’ida akslarning sinfazalik o’qlarini kuzatuvchanlik xarakterini o’zgarishi bo’yicha; - shu oraliq ichida akslarning dinamik ifodalanganligini (yaqqolligini) o’zgarishi bo’yicha; - o’rtacha tezlikning o’zgarishi bo’yicha, qumtosh kollektorlar oralig’ida yuqori, gillarda – past; - tadqiqot qilinayotgan oraliq chegaralari orasida At ko’rsatkichning o’zgarishi bo’yicha; - tadqiqot qilinayotgan oraliqning ustki va ostki yuzasidan hamda uning ichidagi chegaralardan akslarning amplitudalarini o’zgarishi bo’yicha; - kesimning tahlil qilinayotgan oralig’ida ko’rinarli chastotalarning o’zgarishi bo’yicha; - gilli zonalarda yozuvning yuqori chastotali xarakteri, qumli zonalarda esa – past chastotali (4.4G-rasm). Murakkab seysmogeologik sharoitlarda noantiklinal tutqichlarni tayyorlash seysmorazvedkaning ob’yektiv mavjud ruxsat etilgan imkoniyatlari tufayli mushkullashadi. Bu murakkablik qaytgan to’lqinlarning dinamik, spektral va kinematik xarakteristikalaridan (amplituda, energiya, ularning fazaviy o’zgarishi, chastotalari, fazalari, tezligi va boshqalar) foydalanish hisobiga ahamiyatli oshadi. Bundan tashqari, bunday sharoitlarda katta hajmda seysmorazvedka 3D, quduq tadqiqotlari (QGT) ma’lumotlari bilan kompleksda parametrik (tuzilmali) burg’ilash qo’llaniladi va shu asosda – geologik kesim bashoratlanadi. Noantiklinal tutqichlarni izlov burg’ilashga tayyorlash bo’yicha bunday ishlarning natijasi kollektor qatlamning ostki va ustki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritalarini tuzish, uning qalinligi, neft va gaz tutqichlari shakllanishiga imkoniyat yaratadigan cho’kindi to’planish sharoitlarini tiklash, hamda “uyum” turidagi anomaliyalar hisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling