Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza-2023
gorizont bo’yicha tuzilma xaritasi, profil kesimi) tahlil qilish asosida bajariladi.
Yaxshi o’rganilgan neftgaz qazib chiqarish rayonlari chegarasida aniqlangan tuzilmalardagi tutqichlarda D1 toifa lokallashtirilgan resurslarni baholash shu litologik-fatsial zona chegarasida joylashgan, o’rganilgan neft va gaz to’plamlari bilan o’xshashligi bo’yicha, ularni hosil bo’lish va neftgaz hosil bo’lish manbalariga nisbatan joylashish sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Lokallashtirilgan resurslarni hisoblash uchun taxmin qilingan uyumning tuzilishi, ya’ni uning geologik modeli haqida hajmiy tasavvurga ega bo’lish lozim. Qatlamli tabiiy saqlagichlardagi uglevodorod uyumlari geologik muhitda yuqoridan qoplama bilan suvneft yoki gazsuv kontaktlari yuzasini ajratib turadi. Bu yuzalar bir ma’noda uyumning geometriyasini aniqlaydi va boshqa ko’rsatkichlari bilan birgalikda lokallashtirilgan neft va gaz resurslarini hisoblashni ta’minlaydi. Taxmin qilingan uyumning ustki yuzasi seysmik qidiruv ma’lumotlari bo’yicha mahsuldor bo’lishi mumkin bo’lgan gorizontning tuzilma xaritasiga ko’ra aniqlanadi. Neftgaz-izlov ishlari amaliyotida ko’pincha tayanch qaytaruvchi gorizont, istiqbolli gorizont bilan mos tushmaydi. Koeffitsiyentlarning kattaligi neftgaz to’planish zonalari chegarasida o’rganiladigan gorizontlarning mutloq yotish chuqurliklari orasidagi bog’liqliklar grafigi bo’yicha aniqlanadi. Taxmin qilingan uyumning quyi chegarasi SNK (GSK) yuzasi bilan aniqlanadi. Bu chegaraning holati o’xshashlik usulidan foydalanib yondosh uyumlarning ma’lumotlarini o’rtachalashtirib yoki xaritalar tuzish yo’li bilan bashoratlanadi: SNK (GSK) izokontaktlari va mahsuldor qatlamning ustki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasi. Bu xaritalar ustma-ust qo’yilgan va izokontaktlarning gipsometrik ko’rsatkichlari tutqichning ustki yuzasi amplitudalari bilan taqqoslangandan keyin uchta guruh ajratiladi: 1) istiqbolli – tutqichning ustki yuzasi taxmin qilingan SNK (GNK) dan yuqori; 2) istiqbolsiz – tutqichning ustki yuzasi taxmin qilingan SNK (GNK) dan past; 3) tushunarsiz mahsuldorlikka ega – ustki yuza izokontakt bilan mos keladi (seysmik qidiruvning ruxsat etilgan imkoniyati chegarasida). Resurslarni D 1 toifa bo’yicha hisoblash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar bitta neftgaz to’planish zonasida joylashgan yondosh uyumlarning materiallari bo’yicha aniqlanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling