Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari


Turli sinf zahiralari konlari bo’yicha izlash va baholash bosqichlarini


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1443317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza-2023

Turli sinf zahiralari konlari bo’yicha izlash va baholash bosqichlarini 
yakunlash uchun yetarli bo’lgan С

toifa zahiralarining ulushi 
4.7. Izlov quduqlarini burg’ilash 
Konlarni (uyumlarni) izlash va baholash bosqichidagi ishlarning asosiy ob’yekti 
geologik-geofizik tadqiqotlar kompleksi bilan harakatdagi yo’riqnomalarga muvofiq 
chuqur burg’ilash uchun tayyorlangan, С

toifa istiqbolli resurslari hisoblangan, izlov 
burg’ilashga tayyorlangan tutqichlar va konlarni (uyumlarni) ochish hisoblanadi. 
Izlovga burg’ilashning birinchi navbatdagi ob’yekti quyidagilar hisoblanadi: 
- geologik-geofizik materiallar majmuasi bilan aniqlanadigan, izlov-qidiruv 
ishlarining asosiy yo’nalishlari chegarasida joylashgan ko’tarilmalar; 
- С

toifa bo’yicha maksimal resurslari bo’lgan ko’tarilmalar; 
- konditsion jihatdan e’tirof etilgan (tan olingan), ya’ni bir nechta tayanch 
gorizontlari bo’yicha ishonchli xaritalangan hamda ob’yektlarni konditsionligi va 
tasdiqlanganlik 
mezonlari 
bo’yicha 
metodik 
ko’rsatmalar 
talablariga 
javob 
beradigan 
ko’tarilmalar. 
Ular 
bo’yicha 
geologik-geofizik 
ma’lumotlarga 
asoslangan, izlov quduqlarini optimal joylashtirish nuqtasini tanlash imkonini 
beradigan tuzilma xaritasi tuzilgan bo’lishi lozim; 
- ko’tarilmalar guruhini o’rganishda ulardan birinchi navbati o’rganish butun 
maydonning neftgazliligini tasdiqlashga imkon beradigani hisoblanadi; 



birinchi navbat ob’yektlarni tanlashda har bir ob’yektni chuqur 
burg’ilashga kiritishning rentabilliligini, texnik-iqtisodiy hisobini amalga oshirish 
lozim. Bunda maksimal hajmda neft qazib chiqarish mumkin bo’lgan sharoitlar, 
ko’tarilma 
maydonida 
izlov-qidiruv 
burg’ilashga 
xarajatlardan, 
iqtisodiy 
samaradorlikdan kelib chiqiladi. 
Izlov-baholash quduqlari izlov ishlari bilan tayyorlangan maydonlarda yangi 
neft va gaz konlarini yoki avval ochilgan konlarda yangi uyumlarni ochish va 
ularni sanoat ahamiyatida baholash maqsadida burg’ilanadi. 
Izlov-baholash 
quduqlarida 
yotqiziqlarning 
ochilgan 
kesimini 
geologik 
tuzilishi 
haqida 
ma’lumotlar olish va neftgazliligini baholash 
maqsadida 
tadqiqotlar o’tkaziladi. 
Izlov-baholash ishlari harakatdagi yo’riqnomalarga muvofiq tuzilgan va 
tasdiqlangan loyihalar bo’yicha, shu jumladan kompleks loyihalar bo’yicha amalga 
oshiriladi. 
Ishlarning hajmi va geologik-geofizik tadqiqotlarning turlari hamda ularni 
metodikasi loyiha bilan aniqlanadi, har bir quduq uchun esa – belgilangan tartibda 
tuzilgan 
va 
tasdiqlangan 
geologik-texnik 
naryad 
asosida 
olib 
boriladi. 
Konni (uyumni) ochishni ta’minlaydigan ishlarning metodikasi minimaloptimal quduqlar 
soniga 
asoslangan 
bo’lishi 
lozim. 
Tutqich 
maydonida 
quduqlarni 
joylashtirish izlash ishlarining tasdiqlangan loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Izlov 
quduqlarining 
chuqurligi 
burg’ilash 
uskunasining 
texnik 
imkoniyatlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
maydonning 
butun 
istiqbolli 
kesimini 
o’rganishni ta’minlashi lozim. 
Izlov quduqlarida kompleks tadqiqotlar va bajariladigan ishlar quyidagilarni 
o’z ichiga oladi: 
- kern olish (neftgazli gorizontlar taxmin qilingan oraliqlarda hamda stratigrafik 
bo’linmalar chegaralarida); 
-neftgazga istiqbolli gorizontlar oraliqlarida har 1-5 metrda shlam olish; 
- geologik-texnologik, geokimyoviy va kon geofizik tadqiqotlar o’tkazish; 
-burg’ilash 
jarayonida 
neftgazga 
istiqbolli 
komplekslarni 
(burg’ilash 
quvirlarida qatlam sinagich bilan, geofizik tadqiqotlar o’tkazish va karotaj kabelida 
priborlar bilan mahsuldor qatlamlarni lokallashtirish) namunalash va sinash, 
qatlam flyuidlaridan namunalar olish, zarur bo’lganda – oraliqlar bo’yicha 
namunalash va sinash; 
-neftgazli va suvli (uyumning kontur orti qismida) qatlamlarni sinash, zarur 
bo’lganda – ob’yektlarni chuqurlikda va yer yuzasida neft, gaz va suv namunalari 
olib oraliqlar bo’yicha sinash; 
-quduqlarda maxsus tadqiqotlar o’tkazish; 
-murakkab kollektorli 
qalamlardan 
uglevodorodlar oqimini 
jadallashtirish 
ishlari, quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT) usullari bilan birgalikda o’tkazish; 
-baholash 
quduqlarida 
mahsuldor 
qatlamlar 
yotgan 
oraliqlarda 
kollektorlarning sizdirish-hajmiy xossalarini, kesim va maydon (uyum) bo’yicha 
petrofizik 
ko’rsatkichlarning 
o’zgarishini 
aniqlashni 
va 
QGT 
ma’lumotlari 
bo’yicha hisoblash ko’rsatkichlarini asoslashni ta’minlaydigan hajmda kern 
olinadi. 
Kon yoki uyumlarni izlash quyidagi hollarda to’xtatilishi mumkin: 


a) 
strukturaviy 
qurilmani 
geofizik tadqiqotlar va izlashga burg’ilash 
bo’yicha 
olingan 
ma’lumotlar 
bilan 
nomuvofiqligi 
aniqlangan 
maydonda 
qo’shimcha geologik-geofizik ishlarni amalga oshirish talab qilinadi; 
b) loyihada ko’zda tutilmagan texnik vositalar yoki metodik uslublarni 
qo’llash zarurati aniqlanganda. 
Maydonda izlashga burg’ilashni yangilash zaruriy ma’lumotlar va texnik 
imkoniyatlar 
hisobga olingan 
maxsus 
loyiha bo’yicha amalga oshiriladi. 
Izlovga 
burg’ilash 
tugallangandan 
so’ng 
samaradorligi 
baholanadi 
va 
ishlarni davom ettirish yoki to’xtatish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi. 
Izlov burg’ilash quyidagi sharoitlarda tugallangan hisoblanadi: 
- ijobiy natijalar olingan, ya’ni sanoat miqyosidagi neft va gaz oqimi 
olinganda; 
- sanoat ahamiyatiga ega bo’lmagan uglevodorodlar to’plami aniqlanganda
shu tufayli izlash ishlarini davom ettirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
emasligida; 
- maydonning istiqbolli emasligi aniqlangan (tutqichlar mavjud emas, 
kollektorlar suv bilan to’lgan, UVlarning kesimda mavjud emasligi va boshqalar) 
taqdirda. 
Birinchi quduq suv bergan hollarda izlashni davom ettirish masalasi birinchi 
quduqni o’rnini tanlashga asos qilib olingan barcha geologik-geofizik materiallarni 
qayta tahlil qilish (qayta interpretatsiya), zarur bo’lganda profillarning yangi to’ri 
bo’yicha qayta yoki qo’shimcha o’tilgan seysmorazvedka ma’lumotlari quduq tubi 
zonasining neftgazliligini baholash maqsadida suvda erigan gazlar (UV), suvlar va 
boshqalarni 
gidrokimyoviy 
yoki 
boshqa 
tadqiqotlarni 
hisobga 
olgan 
holda 
yechiladi. 
Konlarni (uyumlarni) izlash va baholash davri natijalari bo’yicha geologikgeofizik 
materiallarni tizimlashtirish amalga oshiriladi va izlash-baholash ishlari natijalari haqida 
hisobot tuziladi. 
Kon (uyum) ochilgan hollarda harakatdagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq 
uglevodorodlarning geologik va olinadigan, shuningdek yuldosh komponentlarning 
(sanoat miqyosida ega bo’lsa) zaxiralari hisoblanadi: 
- neft va gazning С

va С

toifa zaxiralari hisoblanadi, ularning nisbati aniqlanadi;
- ochilgan konning va uning alohida uyumlarining zaxiralari hisobga olinadi 
(zaxiralarning kattaligi va toifalari, yotish chuqurligi, uglevodorodlarning tarkibi 
va boshqalar bo’yicha); 
- ochilgan neft va gaz koni (uyumi) zahirasi hisobot yilida davlat balansiga 
kiritiladi va hisobga qabul qilinadi; 

qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to’g’risida 
geologik-iqtisodiy xulosa beriladi; 
- konni qidirish loyihasi tuziladi yoki konni sanoat-sinov ishlatishga 
topshirish yoki konservatsiyalashga loyiha-smeta hujjatlari tuziladi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling