Mavzu: O’rta Osiyoda qo’llanilgan og’irlik, uzunlik va hajm o'lchov birliklari


Bu – bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo‘lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir”


Download 163.74 Kb.
bet5/12
Sana02.01.2022
Hajmi163.74 Kb.
#193350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-мавзу тақдимот. Orta Osiyoda qollangan olchov birliklari

Bu – bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo‘lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib materialdir”.

“Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi. Men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida bo‘lganimda, ana shu nilomerni ko‘rib, bu ulug‘ ajdodimizning ilmiy dahosi oldida yana bir bor hayratga tushish baxtiga muyassar bo‘ldim.

Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan” –deya ta’kidlab o‘tdilar.

  “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” xalqaro konferensiya materiallari. 15-16 may, Samarqand. T: O’zbekiston- 2014.



Metrologiya-so'zi grekcha metros-kenglik va logos o'qish ma'nosini bildirib, o'lchovlar haqidagi fan demakdir. Zamonaviy tarixiy metrologiya fanining vazifasi insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida qo'llanilgan o'lchov birliklari tarixi va ularni hozirgi davr o'lchov birliklariga muvofiqligini yoritish, ajdodlarimizning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazishdan iboratdir.


Download 163.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling