Mavzu: O’zbek munshoati tarixi, uning an’analari


Mavzu: Ixtisoslikka oid matn tuzish, bunda til vositalaridan o’rinli foydalanish masalasi


Download 0.71 Mb.
bet16/32
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1315790
TuriКонспект
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
Н.М.ВА Д.Т.И.Ю. таянч

Mavzu: Ixtisoslikka oid matn tuzish, bunda til vositalaridan o’rinli foydalanish masalasi

Darsning borishi.





  1. Tashkiliy qism.

  1. Sinf xonasining tozaligini ko’zdan kechirib, navbatchi va davomadni aniqlash.

2.Talabalar bilan salomlashib, O’zbekiston madhiyasini aytish va Vatan haqida sh’er aytishni tashkil qilish .
3.Uyga vazifa va o’tilgan mavzuni so’rash .

  1. Siyosiy axbarot tinglash. Jahon va sport xabarlarini tashkil qilish.

II . O’ tgan mavzuni so’rash .

  1. Kasb-hunar so’zlarning sinonimiyasiga misol keltiring

  2. Sinonimik hodisa nima?

  3. Sinonimlarning tildagi ahamiyati qanday?




  1. Yangi mavzuning bayoni.

  1. Matn haqida ma’lumot.

  2. Ixtisoslikka oid matn tuzish qoidalari

  3. Til vositalarining o’rni

  4. Imlo me’yorlarining matndagi ahamiyati.
IV Uyga vazifa

Уаngi mavzuning bayoni


Matn bu bir necha gaplardan tuzijgan so’zlar yigmasidir. Matnlarning turlari va xillari juda ham ko’p. Matnning ichki tuzilishiga qarab , ma’no – mohiyatiga qarab uning turlarini aniqlash mumkin . Ana shulardan tilimizda eng ko’p tarqalgani bu badiiy matn va ixtisoslikka oid matnlardir . Albatta bularning o’xshash va farqli tomonlari juda ham ko’p . O’xshash tomoni , ikkala matn ham adabiy tilda yoziladi . Farqli tomoni esa , badiy matn bo’yoqdorlikka ega bo’ladi . Ta’sirchanligi kuchli bo’ladi . Badiiy matnning imkoniyatlari chegaralanmagan . Istagancha o’xshatishlardan foydalanish mumkin .
Ixtisoslikka oid matn esa real bir narsani ko’rsatishi kerak. Bu matnda bo’rttirish , bezash , bo’yoqdorlik berilmaydi . Bunday matnlarda dalillar , isbotlar talab etiladi va qonunlashtiriladi .
Ixtisoslikka oid matnlar ko’pincha hujjat tarzida namoyon bo’- ladi . Hatto shunday matnlarda ham til vositalaridan unumli foydalaniladi . Bunda eng asosiysi kasb - hunar so’zlari ko’p ishlatiladi har qanday holatlarda ham imlo me’yorlariga rioya etiladi . Masalan : Bank xodimi mutaxasisligi bo’yicha matn tuzish kerak bo’lsa , ularda eng ko’p ishlatiladigani to’lov qaydnomasi xujjati ishlatiladi . O’sha xujjatni to’ldirish , yozish uchun ham mutahasislardan ko’p narsa talab etiladi . Birinchidan , to’gri , bexato aniq qilib o’sha shaxsning ismi sharifi yoziladi . Shu tartibda hujjat to’ldirish davom etadi .
Kassirlar ham ishchilariga oylik maosh berayotganida to’lov qaydnomasini to’ldiradi .

№ Ismi sharifi oylik maoshi Imzosi


1 Hayitova . Z 30000 ------
2 Kamolov . O 25000 ------
3 Zoyirov . F 27000 ------
4 Qambarov .B 32000 ------
5 Isoyeva .G 20000 ------
6 Abuyev . C 42000 ------
7 Qilichev .B 40000 ------

Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim.


-matnning qaysi nutq uslubiga yozilishi kerakligini oldindan bilish.
-ixtisoslikka oid so’z va shartli belgilarni to’g’ri tanlay olish va o’rinli foydalashtirish.
-so’z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish.
-kasbdoshlarga unchalik tanish bo’lmagan yoki faol qo’llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish.
-Ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillarda o’zlashtirish va so’z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish.
-kasb-hunar so’zlari va atamalarini o’rinsiz takrorlanishga yo’l qo’ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o’rinli foydalanish va boshqalar.

YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH .



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling